7-Mavzu Mustaqillikdan so’ng kompozitorlik va bastakorlik maktablarining shakllanishi
Istiqlol sharofati bilan o’tgan davrlar moboynida boshqa san’at turlari qatori musiqa san’atiga bo’lgan e’tibor kuchaydi va yangi bosqichlarga ko’tarildi. Milliy qadriyatlar, an’analar, turli marosimlar qayta tiklana boshlandi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan xalqimizning asrlar moboynida misqollab to’plagan ma’naviy merosini tiklash va odamlarni undan bahramand qilish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
O’tgan yillar davomida totalitar tuzum davrida taqiqlangan milliy mafkuramiz va tarixiy xotiramizning yorqin ifodasining ramzi bo’lgan milliy va diniy qadriyatlarimiz, urf-odatlar, an’analar, bayramlar, qariyb unitilayozgan ajdodlarimizning muborak nomlari hayotga qaytdi. Ularning ezgu ishlari e’zoz va qadr topdi. Muso Al xorzmiy, A. R. Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Farg’oniy, Imom Al Buxoriy, Abu Mansur Motrudiy, Marg’iloniy, Zamaxshariy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek Alisher Navoiy, Z.M. Bobur kabi ajdodlarimizning yubileylari munosib nishonlandi. Ayniqsa milliy san’atga bo’lgan e’tibor nihoyatda kuchaydi.
Jahon musiqa madaniyati bilan hamkorlik rishtalari yangidan bog’landi. O’zbek xalqining boy musiqa merosini, Sharq musiqa madaniyati bilan mushtarakligini nazarda tutgan muhtaram prezidentimiz I.A. Karimovning “Sharq musiqa merosining jahon madaniy merosida tutgan o’rni buyuk. Bu musiqa ming-ming yillardan beri odamlar dilini poklab, ularni ruhan yuksaltirib kelmoqda”1 - degan so’zlari buning yorqin dalilidir.
Mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab zo’r ko’tarinkilik ruh bilan o’tkazilayotgan “Mustaqillik” va “Navro’z” bayramlari shodiyonalari, musiqamiz rivojiga salmoqli hissa qo’shmoqda.
Respublika miqyosidadagi “Nihol” Davlat mukofoti ko’rik tanlovi, “Kelajak ovozi” musiqa festivali, “O’zbekiston qo’shiq bayrami”, “Yagonasan, muqaddas Vatan” ko’rik tanlovlarini o’tkazish va bu bilan iqtidorlilarni aniqlash ularning san’atini munosib baholash borasida ko’pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Har to’rt yilda Toshkent Davlat konservatoriyasida o’tkazilayotgan “Yunus Rajabiy ” nomli maqomchilar ko’rik tanlovlari har ikki yilda O’zbekiston lisey va kollejlar orasidagi o’tkazilayotgan maqomchilik ko’rik tanlovlari yoshlarimiznig milliy san’atimiz bo’lmish mumtoz kuy va qo’shiqlarni, “Shashmaqom” kabi durdona musiqa merosimizni qiziqib, o’rganishlariga katta turtki bo’lmoqda.
Bundan tashqari bugungi kunda o’zbek musiqa san’atining jahon musiqa san’atiga qo’shayotgan hissasi beqiyosdir. Turg’un Alimatov, Abduhoshim Ismoilov, Munojat Yo’lchiyeva, Nasiba Abdullayeva singari xalq sevgan mashhur san’atkorlarni, ”Yalla”, “So’g’diyona”, Milliy simfonik orkestr singari jamoalarni jahon sahnalaridagi muvofaqqiyatlari tahsinga sazovordir. Shuningdek, o’tgan yillar davomida qator iste’dodli yoshlar nufuzli halqaro tanlovlarda va festivallarning sorindorlari bo’lishdi. Pionino ijrochilari Ulug’bek Polvonov, Gulnora Alimova, Nargiza Alimova, Irina Gulrzarova, Rustam Abdullayev, komonli cholg’u ijrochilari Dilshod Nazarov, Sunnat Ibrohimov, Marina Sarkisova, Anastasiya Yudenich, Ali Izmailov shular jumlasidandir. Bunday yutuqlarga erishishlarida albatta mustaqil vatanimizda ta’lim-tarbiyaga bo’lgan e’tibor va yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlardir.
Istiqlol yillarida musiqa madaniyatini rivojlantirish maqsadida Prezidentimiz I. A. Karimovning qator farmonlari va qarorlari e’lon qilindi.
“2009-2014-yillarda yangi musiqa maktablarini rivojlantirish, ularni rekonstruksiya qilish va musiqa ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish uchun chora-tadbirlar dasturini yaratish” to’risidagi farmoni, bundan tashqari “O’zbeknavo” gastrol kosert birlashmasini tashkil etish to’g’risida (1996), “O’zbekiston- Vatanim manim” qo’shiqlar bayramini o’tkazish to’g’risida (to’g’risida 1996), “Respublikada musiqiy ta’limni, madaniyat va san’at o’quv yurtlari faoliyatini yaxshilash” to’g’risida (1996), “O’zbekistonda Estrada san’atini yanada rivojlantirish” to’g’risida (1998,2001) singari farmon va qarorlari Respublikamizda musiqa madaniyatini yanada yuksaltirish borasida qo’yilgan qadamdir.
Ayniqsa, 1997 – yildan buyon har ikki yilda Samarqanad shahrida o’tkazilayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali xalqaro maydonda yurtimiz nufuzini yanada oshirib yubordi. Ushbu nufuzli anjumanda dunyoni ko’plab davlatlarida vakillar ishtirok etmoqda. Bu festivalada o’zbek xonanda va ijrochilarining sovrinli o’rinlarni egallashi tahsinga sazovordir. Bundan tashqari, Toshkent shahrida 1998- yildan boshlab xalqaro simfonik musiqa festivalining o’tkazilishi, unda jahonning ko’zga ko’ringan dirijorlari va ijrochilarining qatnashishi, 1995- yildan boshlab, “Ilhom - XX” Xalqaro zamonaviy kamer musiqasi festivalining o’tkazilishi ham musiqiy san’atimizning nufuzini oshirmoqda.
Xalq folklor ijodiyoti, an’anviy kasbiy musiqa, harbiy Vatanparvarlik ruhidagi musiqiy yo’nalish, har bir viloyatning o’ziga xos musiqiy qirralarini o’zida mujassamlashtirgan ijrolar yuksak professionallik darajasiga ko’tarildi. Ayniqsa milliy Estrada guruhudagi qo’shiqlar, yangi-yangi estradamiz yulduzlarini kashf etdi. Shuningdek, Buxoro, Xiva, Termiz, Nukus shaharlarining yubiley tantanalariga tayyorlangan kosert dasturlari, “Avesto”ning 2700 yilligi, “Alpomish” dostonining 1000 yilligi, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Al-Farg’oniy kabi buyuk ajdodlarimizning qutlug’ sanalariga bag’ishlangan kosert dasturlari ham musiqiy ijrochiligimizning yuksalib borayotganligidan dalolat bermoqda. Ushbu barcha katta tadbirlarda yangi musiqiy dasturlar rejussurasi shakllanadi.
Mustaqillik yillarida o’zbek xalqining asrlar davomida go’zal ma’naviy boyligiga aylanib kelgan milliy musiqasiga katta e’tibor berildi. Xalq folklor musiqasi ijrochiligi yuqori darajaga ko’tarildi.
O’tgan davr moboynida ushbu yo’nalishga bag’ishlangan qator ko’rik tanlovlarning o’tkazilishi fikrimiznig dalilidir. Katta ashula ijrochiligi va oilaviy ansambllar (Qoqon 1991, Shahrisabz 1994), “Alla” ijrochilari (Toshkent 1992, 1994, 1998, 2000; Marg’ilon 1996), To’y – marosim qo’shiqlari ijrochilari (Toshkent 1993), Folklor-etnografik jamolari “Chashma” tanlovi (Toshkent 1994), “Iste’dod ” nomli yosh xonandalar (Toshkent 1995), Baxshi-shoirlar (Denov 1991, Narpay 1993, Toshkent 1995, 1997, Termiz 1999), maqom ijrochilari va xalq cholg’ulari ansambillari (Shahrisabz 1996) “Barhayot siymolar” (Toshkent 1996, 1997, 1998), oilaviy ansambllar (Jizzax 1998,1999), folklor-etnografik ansambllari (Toshkent 1999) M. Uzoqov va J. Sultonov nomidagi yosh xonandalar (Marg’ilon 1997, 1999, 2001), Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi yosh xonandalar (Samarqand 1997), Komiljom Otaniyozov nomidagi yosh xonandalar (Urganch 2001), Yu. Rajabiy nomidagi 4 - Xalqaro va 5 - Respublika Maqom ijrochilar (Toshkent 1995, 1999), telefestivallar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |