4-Mavzu “Sharq taronalari xalqaro musiqa festivalining tashkil etilishi”
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINIIG QARORI
«SHARQ TARONALARI» XALQARO MUSIQA FESTIVALINI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA.
Sharq mamlakatlari xalqlari milliy musiqa va qo‘shiqchilik san'atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, milliy musiqa an'analarini avaylab-asrash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida san'atga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirish, go‘zallikni, chin insoniy qadriyatlarni tarannum etish, shuningdek, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik rishtalarini yanada mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma'naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi
QAROR QILADI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi, «O‘zteleradio» va Bastakorlar uyushmasi hamda Samarqand viloyat hokimligining «Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish
to‘g‘risidagi taklifi ma'qullansin.
Belgilab qo‘yilsinki:
festival har ikki yilda bir marta Samarqand shahrida, birinchisi esa 1997 yilning 25 avgustidan 2 sentyabriga qadar o‘tkaziladi:
festivallar oralig‘idagi tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirishni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi amalga oshiradi.
2. «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi tarkibi, festivalni o‘tkazish tartibi haqidagi nizom, festivalning sarf-xarajatlari smetasi tasdiqlansin.
Tashkiliy qo‘mita tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda:festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tadbirlari rejasini; festival bosh direksiyasi tuzilmasi va shtatlar jadvalini;
Festival dasturini ishlab chiqib, tasdiqlasin hamda xomiylar ro‘yxatini aniqlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Samarqand viloyat hokimligi va YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi bilan birgalikda «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini YUNESKOning xalqaro madaniyat tadbirlari rejasiga kiritish masalasini belgilangan tartibda hal qilsin.
5. Toshkent shahar hokimligiga poytaxtda to‘xtab o‘tadigan festival qatnashchilarini kutib olish, joylashtirish va jo‘natishni tashkil etish topshirilsin.
6. Samarqand viloyati hokimligi:festival bosh direksiyasining faoliyatini ta'minlash tadbirlarini ko‘rsin; 1997 yil 1 avgustgacha festival tadbirlari o‘tkaziladigan sahna maydonlari va zallarni tayyorlasin; shaharda tegishli obodonchilik ishlarini amalga oshirsin.
7. «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi:Festival qatnashchilari va mehmonlari uchun bosh direksiya buyurtmasiga muvofiq mehmonxonalardan joy ajratsin;
xorijiy qatnashchilar va mehmonlardan yashash haqini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan narxlarda so‘mlarda qabul qilsin.
8. «O‘zbekiston xavo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat-aksionerlik kompaniyasi festival qatnashchilari va mehmonlarini bosh direksiya buyurtmasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tarif asosida so‘m hisobida avia va temiryo‘l chiptalari bilan ta'minlasinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va «O‘zbekiston Havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi xorijiy ishtirokchilar va ularning yuklarini bojxona,viza va aeroport to‘lovlaridan ozod etsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi festival o‘tadigan joylarda xavfsizlikni ta'minlasin.
11. «Mahalliy sanoat» korporatsiyasi va «O‘zbekengilsanoat» uyushmasi festivalga bag‘ishdangan sovg‘a buyumlari chikarishni yo‘lga qo‘ysinlar, festivalda ishtirok etuvchi mamlakatlarning 11davlat bayroqlarini tayyorlab bersinlar.
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarning respublika byudjetidan va homiylar hisobidan 70:30 nisbatda qoplanishini nazarda tutgan holda mablag‘ ajratsin hamda tegishli mablag‘larni festival bosh direksiyasi hisobiga o‘tkazib bersin.
Belgilab qo‘yilsinki, festival ishtirokchilarining kelib-ketishi bilan bog‘liq transport xarajatlari 50 foizdan 100 foizgacha qoplanadi.
Homiylarning foydadan to‘laydigan soliq bo‘yicha bazasi ularning festival hisobiga o‘tkazadigan mablag‘i miqdoriga monand qisqartirilishi nazarda tutilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Xalqaro festival ehtiyojlari uchun zarur so‘mlarni erkin muomaladagi valyutaga ayirboshlashni ta'minlasin.
14. «O‘zavtotrans» korporatsiyasi, «Toshshahar yo‘lovchitrans» uyushmasi va «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi festival bosh direksiyasi buyurtmasiga muvofiq transport xizmati ko‘rsatsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi xalqaro festival ishtirokchilariga tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi festivalga bag‘ishlangan reklama nashrlarini o‘z vaqtida chop etsin.
17. O‘zteleradiokompaniya, O‘zA va boshqa ommaviy axborot vositalariga festivalga tayyorgarlikning borishini va o‘tkazilishini muntazam yoritib borish tavsiya etilsin.
Vazirlar Mahkamasining raisi
I. KARIMOV
Toshkent shahri,
1997 yil 11 mart
– Mavzu: Mustaqillikdan so’ng professional musiqa taraqqiyoti
Do'stlaringiz bilan baham: |