Savol va topshiriqlar
1. Oila quradigan inson qanday mas’uliyatlarni
zimmasiga olishi kerak?
2. Oila qurish uchun nimalarga ega bo‘lish kerak?
3. Quyidagilardan qaysi biri bo‘lmasa ham oila
qurish mumkin: moddiy imkoniyatlar, ma’naviy
tayyorgarlik, ruhiy tayyorgarlik, jismoniy
(biologik) tayyorgarlik?
4. Sizningcha, oilada turmushning qiyinchiliklari
ko‘proq kimning zimmasiga tushadi?
Fikringizni asoslang.
Ota onalar hamda bolalarning huquq va majburiyatlari Reja: 1.Nikohda bo’lish er bilan xotin o’rtasida oddiy munosabatlarning huquqiy munosabatlariga aylanishiga olib kelishi. 2. O’zbekiston Respublikasi oila munosabatlarini tartibga solish to’g’risidagi qonunlarga er va xotinning mol-mulkining shartnomaviy asoslarini ko’rsatgan
Nikohda bo’lish er bilan xotin o’rtasida oddiy munosabatlarning huquqiy munosabatlariga aylanishiga olib keladi. CHunki nikoh er va xotin o’rtasida huquq va burchlar o’z mazmuniga ko’ra shaxsiy va mulkiy tusga ega bo’ladi. Bunda shaxsiy munosabatlar juda muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki bu munosabatlar oiladagi birdamlik, oila tarbiyasi, o’zaro hurmat, ittifoq sifatidagi nikohning mohiyatini belgilaydi. SHaxsiy munosabatlarga: er-xotinning teng huquqliligi, familiya tanlash, ro’zg’or tengligi, kasb tanlashdagi tengligi, turarjoy tengligi, bola tarbiyasida teng qatnashish, nikohni bekor qilish masalalarini hal qilish huquqi va boshqalar kiradi.
Mulkiy huquqiy majburiyatlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin: er va xotinning umumiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish, er va xotinning hadya qilgan mulklari.
O’zbekiston Respublikasi oila munosabatlarini tartibga solish to’g’risidagi qonunlarga er va xotinning mol-mulkining shartnomaviy asoslarini ko’rsatgan. Bunga ko’ra nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo’lgan davrda yoki nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi kelishuv nikoh shartnomasi tuzish mumkin. Bu shartnoma ham mulkiy munosabat huquq va majburiyatlarni vujudga keltiruvchi omil bo’la oladi.
Nikohni tugatish asoslari
Er va xotin o’rtasidagi nikoh tugatilishi O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksida ko’rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Nikoh tugatilish asoslari er-xotindan birining vafoti yoki sud ulardan birini vafot etgan deb ehlon qilishi natijasida vujudga keladi.
Nikoh er-xotinning biri yoki har ikkalasining ariza- siga mufoviq nikohdan ajratish yohli bilan, shuningdek sud tomonidan muomilaga layoqatsiz deb topilgan er yoki xotinning vasiysi bergan arizasiga mufoviq tugatilishi mumkin.
Nikohdan ajratish sud tartibida va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida amalga oshiriladi.
Sud tartibida nikohdan ajratishda er-xotinga yara- shish uchun olti oygacha muhlat beriladi. Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashga va oilani saqlab qolishga imkoniyati yuk deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.
Voyaga yetmagan bolalari bo’lmagan er-xotin nikohdan ajratishga o’zaro rozi bo’lsalar, ular nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etish organlarida ajratiladi.
FHDYo organlarida er-xotinning birining arizasi bo’yicha quyidagi holatlarda nikohdan ajratish mumkin: a) agar er-xotinning biri bedarak yohqolgan deb topilgan bo’lsa, b) er-xotinning biri sud tomondan ruhiyati buzilganligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo’lsa, d) sodir qilgan jinoyati uchun er- xotinning biri uch yildan kam bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan bo’lsa.
Nikoh ayrim holatlarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Soxta nikoh, yahni er-xotin ulardan biri oila qurish maqsadini ko’zlamay tuzilgan nikoh, nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan tuzilgan nikoh, bo’lajak er-xotinning o’z roziligi bo’lmagan asosida tuzilgan nikoh, ruhiy kasal, nasl-nasab shajarasi qoidasi buzilgan, boshqa nikohda turgan shaxslar o’rtasida tuzilgan nikoh, nikohlanuvchi shaxslarning biri tanosil kasalligi yoki odam imuniteti taqchilligi (OITS infeksiyasi) borligini boshqasidan yashirganligi tufayli tuzilgan nikohlar haqiqiy emas deb topiladi. Nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
Oila tushunchasi. Oila ahzolarining huquq va majburiyatlari
Oila bu ota-ona, farzandlar, qarindosh-urug’lar tomonidan tuzilgan uyushma bo’lib, bir-birlariga nisbatan huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi. Huquq va majburiyatlar shaxsiy va mulkiy turlarga bo’linadi. Ota-onalarning bolalari oldidagi huquqlariga: bolaga ism, familiya, ota ismini berish, jamiyatga yetuk, barkamol inson qilib tarbiyalash, uni turarjoy bilan tahminlash, bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, voyaga yetmagan bolalarga tahminot berish va hokazolar kiradi.
Oila ahzolari bir-birlarini hurmat qilishlari, moddiy yordam berishlari oila farovonligiga ko’maklashishlari kerak. Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o’z ota-onasini bilish, ularning g’amxo’rligidan foy- dalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega. Bola o’z ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, o’z manfaatlari tahminlanishi, har tomonlama kamol topishi insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi huquqiga ega.
O’z navbatida ota-ona o’z bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatga egadirlar. Har bir ota-ona o’z bolalarining sog’lig’ini, jismoniy, ruhiy, mahnaviy va axloqiy kamoloti haqida g’amxo’rlik qilishlari shart. Bolalarga qonun hujjatlarida ko’rsatilgan va belgilangan zarur darajada bilim olishni tahminlash ota-onaning burchi. Ota-ona o’z farzandlarining qonuniy vakillari sifatida har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo’lgan munosabatlarda, sudda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqiga egadirlar.
Agar ota-ona o’z huquq va majburiyatlarini bajar- masalar yoki uzrsiz sababli bundan voz kechsalar, ota-onalik huquqini suiistehmol qilsalar, farzandlariga shafqatsiz muomalada bo’lsalar, muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo’lgan bo’lsalar, o’z bolalarining hayoti yoki sog’lig’iga yoxud er (xotin) ning hayoti yoki sog’lig’iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo’lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilish mumkin. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi.
Oila ahzolarining va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari
Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga tahminot berish- lari shart. Voyaga yetmagan bolalariga tahminot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)- dan sudning hal qiluv qarori asosida aliment undiriladi.
Agar ota-ona o’rtasida voyaga yetmagan bolalariga berilgan tahminot miqdori kelishilmagan bo’lsa, ularning tahminoti uchun aliment sud tomonidan har oydagi ish haqi va boshqa daromadlardan undiriladi. Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqining uchdan bir qismidan kam bo’lmasligi kerak. Agar bola kasal bo’lsa, nogiron bo’lsa qo’shimcha tahminot talab qilish mumkin.
Ayrim vaqtlarda voyaga yetgan, mehnatga layoqatsiz bolalar o’z ota-onalaridan aliment talab qilish huquqiga egadirlar. Aliment miqdorini sud belgilaydi.
Ota-onasi qariganida mehnat qobiliyatini yohqot- ganda, kasal bo’lganligi va boshqa sabablarga ko’ra voyaga yetgan bolalaridan aliment talab qilish huquqiga egadirlar. Bunday tahminot miqdori sudning hal qiluv qaroriga asosan belgilanadi.
Qonunda er-xotin sobiq er-xotinlar bir-birlariga aliment bemrish majburiyalari ko’rsatilgan. Bunday yordam berishdan bosh tortilgan taqdirda yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz er yoki xotin, shuningdek, xotin homiladorlik davrida va o’rtada bola tug’ilgan kundan boshlab uch yil davomida o’rtadagi nogiron bola o’n sakkiz yoshga to’lguncha yoki bolalikdan birinchi guruh nogironi bo’lgan o’rtadagi bolaga qaragan yordamga muhtoj er (xotin)dan sud tartibida tahminot olish huquqiga ega.
Farzandlikka olish
Oila huquqi ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni himoyalash tartiblarini o’rnatgan. Ularni farzandlikka olish, vasiylik, homiylik belgilash mumkin.
Farzandlikka olish faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va ularning manfaatlarini ko’zlab yohl qo’yi- ladi. Farzandlikka olish uchun farzandlikka oluvchi- larning istagi to’g’risidagi arizasiga binoan hamda vasiylik va homiylik organi tavsiyasiga ko’ra tuman, shahar hokimi qarori bilan amalga oshiriladi.
Har bir voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar bo’lishi mumkin. Ota- onalik huquqidan mahrum bo’lganlar, ota-onalik hu- quqi cheklanganlar, muomalaga layoqatsizlar, asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida ro’yxatda turuvchilar farzandlikka olish huquqiga ega emaslar.
Farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchi shaxslar o’rtasidagi yosh o’n besh yoshdan kam bo’lmasligi kerak. Farzandlikka olish sir saqlanadi. O’n yoshga to’lgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi. Agar bola shu oilada o’sib, farzandlikka oluvchilarni o’z ota-onasi deb ehtirof etsa, bolaning roziligi talab qilinmaydi. Bolani farzandlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining roziligi talab qilinadi. Agar ota-onaning kimligi nomahlum bo’lsa, ota-onalik huquqidan mahrum bo’lgan bo’lsa, muomalaga layoqatsiz, bedarak yohqolgan yoki vafot etgan deb ehlon qilinsa, ota-ona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolasidan uzrli sababsiz xabar olmagan bo’lsa, ota-onasining roziligisiz bolalarni farzandlikka olishga yohl qo’yilmaydi. Farzandlikka olingan bola shu oilada tug’ilgan bola bilan teng huquqli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |