Xalqaro huquq - davlatlararo munosabatlarni, tinchlik va hamkorlikni tahminlashni tartibga solib turuvchi muayyan yuridik normalar tizimidir.1
Xalqaro huquq normalari vositasida faqat bitta davlat ichidagi va ushbu davlatning milliy qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlar emas, balki uning doirasidan chetga chiqadigan, yahni turli davlatlar o’rtasidagi, shuning bilan birga davlat milliy qonun- qoidalariga bevosita taalluqli bo’lgan asoslar va ularda nazarda tutilgan munosabatlar tartibga solinadi .
Bunday asoslar qatoriga davlatlarning mustaqilligi ehtirof etilishi, xalqaro nizolarning tinch yohl bilan hal qilinishi, ichki ishlarga aralashmaslik, inson huquqlarining barcha davlatlar tomonidan hurmat qilinishi, xalqaro majburiyatlarning vijdonan, bekam- ko’st bajarilishi va boshqa xalqaro huquqning umum tan olingan tamoyil va normalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |