Prоtsessual – jarayon.
Sanksiya – majburiy chоra, jazо.
Pоraxo‘rlik – pоra оlish, pоra berish yoki bu
jinоyatlarda vоsitachilik qilish.
Qilmish – harakat yoki harakatsizlik.
Harakat – shaxsning ijtimоiy xavfli, оngli va faоl
xulq-atvоri.
Harakatsizlik – shaxsning nоrmativ hujjatlarda
bajarishi shart qilib belgilangan muayyan harakatlarni
bajarmaslikda ifоdalangan ijtimоiy xavfli, оngli va sust
xulq-atvоri.
Jinoyat huquqi fanining vazifasi
Har qanday davlatda jinoyatchilikka qarshi kurashish davlatning eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirishda huquqshunoslik fani, xususan, jinoyat huquqi sohasi eng muhim o’rin tutadi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida bu borada juda ko’plab islohotlar amalga oshirildi. Jinoyat qonunchiligini liberallashtirish, o’lim jazosining bekor qilinishi, sud-huquq sohasidagi keng ko’lamli islohotlar, sudlar mustaqilligini va maqomini mustahkamlash, jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish yohlidagi qadamlarni bunga misol qilib keltirish mumkin.
Jinoyat huquqining asosiy vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, inson xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo’riqlash yohllarini o’rgatish, jinoyatning oldini olish omillarini aniqlash, jahon mamlakatlarining jinoyat huquqi faniga doir tajribasini o’rganish va boshqa jinoyat, jazo masalalarini taqqos- lash usuli asosida ijodiy o’rganishdan iboratdir.
Jinoyat huquqi qilmishning ijtimoiy havfli va jinoyat ekanligini aniqlovchi, uni sodir etganlik uchun jazo turi va miqdorini belgitovchi huquqiy normalar majmuyidan iborat mustaqil huquq ^sohasidm
Jinoyat huquqi huquq sohasi sifatida
“Ч
Jinoiy javobgarlik asoslari va prinsiplarini belgilaydi
Jinoyat sodir etganlar uchun jazo turi va miqdorini belgilaydi
Qilmishlarning ijtimoiy xavfli jinoyat ekanligini aniqlaydi
Jinoyat huquqining vazifalari
shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, mulk, tabiiy muhit, tinchlik va insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilish;
jinoyatlarning oldini olish;
fuqarolarni Konstituttsiya va qonunlarga rioya etish ruhida tarbiyalash
Respublika jinoyat qonunlarining asosiy prinsipla- riga qonuniylik, fuqarolarning qonun oldida tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlikning muqarrarligi kiradi.
Jinoiy javobgarlik deyilganda jinoyat qonunida muayyan qilmishning jinoyat sifatida ifodalangan baholanishi va aybdorlikning uni sodir qilganlik uchun jamiyat oldida javob berishi tushuniladi.Jinoiy javobgarlik jinoyat oqibati bilan uzviy bog’liqdir Bu jinoyat qonunning buzilishidan boshla- nadi va davlatning qonun buzuvchini sodir qilingan qilmishi uchun javobgarlikka tortish, unga jinoyat qonunida ko’zda tutilgan jazoni tayinlash huquqi va burchini vujudga keltiradi. SHaxsning qilmishida jinoyat tarkibining mavjudligi jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |