1-mavzu. O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmatlar o‘quv fanining predmeti, uslublari va ahamiyati


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari



Download 107,5 Kb.
bet8/14
Sana22.01.2021
Hajmi107,5 Kb.
#56302
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Yuridik xizmatlar ma'ruza

4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 8 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni yuridik xizmat to‘g‘risidagi qonunchilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Chunki, unda birinchi marta Adliya vazirligiga yuridik xizmat xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil qilish vazifalari yuklatildi.



 

5.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuridik xizmat to‘g‘risidagi qarorlari

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 12 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining faoliyatini takomillashtirish masalalari to‘g‘risida”gi 523-sonli Qarori bilan Adliya vazirligi haqidagi Nizom tasdiqlandi. Nizomda respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralarining yuridik xizmatlariga uslubiy yordam ko‘rsatish, ushbu idoralarning ularga qarashli respublika korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini huquqiy ta'minlash Adliya vazirligining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilandi. Shu munosabat bilan bu sohada Adliya vazirligining huquq va vakolatlari kengaytirildi. Masalan, unga boshqaruv idoralari va korxonalarning yuridik xizmatlari huquqiy ishi va faoliyati ahvolini tekshirish huquqi berildi. Unda Adliya vazirligining yuridik xizmat faoliyatini va huquqiy ishlarni yaxshilash borasidagi yo‘riqnoma va ko‘rsatmalari majburiy xususiyatga ega ekanligi belgilab qo‘yildi.



O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to‘g‘risida” 1998 yil 4 martdagi PF-1938-son Farmonining bajarilishini ta'minlash chora-tadbirlari haqida”gi 177-son Qarorida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xo‘jalik sudi va Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar rahbarlarining shartnoma intizomiga rioya qilishi uchun shaxsiy javobgarligini kuchaytirish yuzasidan joylarda amaliy ishlar olib borilishini ta'minlash, bunda yuridik xizmatlar o‘rnini mustahkamlashni, barcha qonun hujjatlarining amal qilishini va xo‘jalik sudlari qarorlarining so‘zsiz ijro etilishini nazarda tutishlari lozimligi ta'kidlandi. Mahalliy hokimiyat organlarining ishini huquqiy ta'minlash maqsadida tuman va shahar hokimlari apparati tuzilmasida shtatda belgilangan xodimlar soni doirasida yurist lavozimi nazarda tutilishi va yuridik xizmat xodimlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining adliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda tegishli hokimlar tomonidan tayinlanishi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 27 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 370-sonli Qarori bilan yuridik xizmat xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish hamda yuridik xizmatga idoralararo rahbarlikni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi bo‘lmish Adliya vazirligining yangi tahrirdagi Nizoming tasdiqlandi. Vazirlikning yangi tahrirdagi Nizomini qabul qilinishi bevosita uning respublikada huquqiy ishlarni yo‘lga qo‘yish va huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan vakolatlarining kengaytirilib borilishi bilan bog‘liq. Mazkur Nizom bilan Adliya vazirligining yuridik xizmat faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan funksiya va vazifalari batafsil belgilab qo‘yildi.

Ijro etuvchi hokimiyat bo‘lmish Vazirlar Mahkamasining yuridik xizmati “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Yuridik bo‘limi to‘g‘risida”gi Nizom asosida tartibga solinadi. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 2 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining funksional bo‘limlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 564-son Qarori bilan tasdiqlangan. Mazkur Nizomga muvofiq, yuridik bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga bo‘ysunadi. Nizomda yuridik bo‘limning huquqiy maqomi va vakolatlari aniq va ravshan o‘z ifodasini topgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 2 dekabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Yuridik bo‘limi to‘g‘risida”gi Nizomda o‘z ifodasini topgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12 bobi “Jamiyatning iqtisodiy negizlari” deb nomlanadi. Mazkur bobning 53-moddasida bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etishi, davlat iste'molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlashi o‘z ifodasini topgan. Konstitutsiyaning 54-moddasida esa mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qilishi, undan foydalanishi va uni tasarruf etishi belgilab qo‘yilgan. Mazkur qoidalar bevosita xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarga taalluqlidir. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning yuridik xizmati esa yuridik xizmat tizimining tarkibiga kiradi. Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning iqtisodiy faoliyati asosan shartnomalarga asoslanganligi tufayli ularning yuridik xizmati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri shartnoma hamda talabnoma-da'vo ishlarini huquqiy jihatdan ta'minlashdan iborat.

 


Download 107,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish