VI. EKOLOGIYA EKSPERTIZASI
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Davlat ekologiya ekspertizasi
Davlat ekologiya ekspertizasi xo‘jalik qarori qabul qilinishidan oldin o‘tkazilishi shart bo‘lgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish tadbiridir.
Davlat ekologiya ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
(24-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 949-sonli “Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
25-modda. Davlat ekologiya ekspertizasining obyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ekologiya ekspertizasi obyektlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(25-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat ekologiya ekspertizasining ijobiy xulosasisiz loyihalarni ro‘yobga chiqarish man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 31-avgustdagi 125-II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 7-8-son, 217-modda)
27-modda. Jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasi
Jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasi jamoat birlashmalarining tashabbusiga ko‘ra ularning mablag‘lari hisobidan yoki jamoatchilik asosida mutaxassislarning mustaqil guruhlari tomonidan amalga oshiriladi.
Jamoatchilik asosidagi ekologiya ekspertizasining xulosalari tavsiya tamoyiliga ega bo‘ladi.
VII. EKOLOGIK NAZORAT
28-modda. Atrof tabiiy muhit monitoringi
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslarini kuzatish, hisobga olish, ularga baho berish va ularning istiqbolini belgilashni ta’minlash maqsadida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Atrof tabiiy muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish ustidan kuzatuv maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek faoliyati atrof tabiiy muhitning holatini yomonlashtiradigan yoki yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek aytib o‘tilgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar o‘z kuzatuvlariga doir materiallarni tegishli davlat idoralariga bepul berishlari shart.
Monitoring tuzilishi, mazmuni va uni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |