1-mavzu. O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi reja


Fanning vazifalari quyidagilardan iborat



Download 2,15 Mb.
bet3/151
Sana31.12.2021
Hajmi2,15 Mb.
#207920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151
Bog'liq
Ma`ruza matni strategiya 1

Fanning vazifalari quyidagilardan iborat:

-jahon tajribasi va milliy voqeliklarni o‘rganish asnosida fuqarolik jamiyatiga doir klassik va zamonaviy konsepsiyalar mazmun-mohiyatini ochib berish;

-talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir nazariyalarni o‘rganishda har tomonlama ko‘maklashish, ularning jamiyatga doir qarashlarini boyitish; O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining asosiy yo‘nalishilari bo‘yicha to‘liq tasavvurga ega bo‘lish;

-fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida talabalarda shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish;

-talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo‘ladigan muammolar va ularning echimlariga doir bilimlarni singdirish;

-talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko‘mklashish;

-taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik asoslariga doir bilimlarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish;

-talabalarga huquqiy davlat vafuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va o‘zaro ta’sir etish mexanizmlariga doirtushunchalar, bilimlar berish;

-fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy asoslarini ochib berish;

-fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi –davlat va xususiy mulkchilik, tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirishga doir bilimlar berish;

-talabalar ongini fuqarolik jamiyatining ma’rifiy va ruhiy asosi – milliy ma’naviyatni tiklash va uni rivojlantirishga doir bilimlar bilan boyitish;

“Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining mazmun-mohiyatini tushuntirish;

-“Adolat – qonun ustuvorligida” tamoyilining mohiyati va ahamiyatiga doir bilimlar berish;

-Inson manfaatlarining hamma narsadan ustunligi;

-Harakatlar strategiyasida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga doir konseptual maqsadlarning mazmun-mohiyati;

-Prezidentning “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qiladi” degan g‘oyasini ahamiyatini ochib berish;

-saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyatining muhim mezoni ekanligini asoslash;

-fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishida jahon tajribasining o‘rnini ochib berish;

-ijtimoiy innovatsiyalarning fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri to‘g‘risida bilimlar berish;

-siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarni erkinlashtirish islohotlarini fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish;

-jamiyatda fuqarolar manfaatlari muvozanatini ta’minlash masalasi haqida tushunchalar berish;

-fuqarolarning moddiy farovonliginioshirish bo‘yicha “xalq boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi” tamoyilining mohiyatini tushuntirish;

-fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda siyosiy partiyalarning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish;

-nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi o‘rnini ochib berish;

-ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirishga doir bilimlar berish;

-fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yoritib berish;

-ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida;

-jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlanish masalalarini yoritish;

-yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish mexanizmlariga doir bilimlar berish.

-talaba yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash intelektlarini shaklantirish.

Fuqarolik jamiyati fanini talabalar tomonidan o‘zlashtirish jarayonida ularda quyidagi bilim, ko‘nikma shakllantirish mo‘ljallanadi:

-fuqarolik jamiyati to‘g‘risida nazariy bilimlar va ularning O‘zbekistondagi islohotlar jarayonida amal qilishi, namoyon bo‘lishining o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida; talabalarda fuqarolik jamiyatiga doir nazariy bilimlar va ko‘nikmalar; rivojlangan davlatlarda fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanishi tajribalari; fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishi va faoliyat yuritishi to‘g‘risida; o‘tmish, bugun va kelajak voqealarini baholashda ilmiy bilishning turli uslublaridan foydalanish; fuqarolik jamiyatini rivojlanishiga uyg‘un ravishda davlat boshqaruv organlarini demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari; davlat hokimiyati organlari tizimi va fuqarolik jamiyati o‘zaro munosabatlari; fuqarolik jamiyati institutlari va davlat boshqaruvining o‘ziga xos jihatlari; fuqarolik jamiyati qurish islohotlarining mazmun-mohiyatiga doir muayyan bilimlarga ega bo‘lishi;

-fuqarolik jamiyat qurishning milliy va umuminsoniy demokratik tamoyillarini; fuqarolik jamiyat qurishga doir ilg‘or tajriba va usullarni; rivojlangan davlatlarda mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari hamda ularning “O‘zbek modeli” tamoyillari bilan qiyosiy tahlilini amalga oshirishni; fuqarolik jamiyatini qurishning huquqiy asoslarini; taraqqiyotning “O‘zbek modeli” tamoyillari mohiyatini bilishi va ulardan erkin ravishda foydalana olishi, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyatini bilishi va uni amalga oshirish jarayonida ishtirok etishga moyillik tuyg‘ularini uyg‘otish;

-markazlashgan rejali iqtisodiyot va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining bir-biridan farqli tomonlarini anglab etish; mamlakatni demokratlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‘tishining inqilobiy va tadrijiy (evolyusion) yo‘llarining yutuq va kamchiliklarini baholay olish; mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishning mohiyati va bosqichlari; mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, kuchli ijtimoiy siyosatning mohiyatini anglab etish, ularni amalda qo‘llay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

-talabalarning mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini anglagan holda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ulardan samarali tarzda foydalanish; “O‘zbek modeli” asosida erishilgan natijalarni bilish va ularni aholi o‘rtasida targ‘ib etish; Harakatlar strategiyasi vazifalarini amalga oshirish, unga doir islohotlarning mohiyatini o‘zlashtirish, mamlakatda fuqarolik jamiyatini qurish jarayoniga doir o‘z mustaqil munosabatlarini bildira olish qobiliyatini egallash; mamlakatimizning jahon integratsiyasiga kirib borish jarayonlari, bu sohadagi yutuqlarni erkin tahlil qila olish malakalariga ega bo‘lishi ko‘zda tutiladi

Barcha fanlar qatori O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati fanining ham o‘ziga hos qonuniyatlari, tushunchalari mavjud. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi umume’tirof etilgan qonuniyatlarni 2 guruhga ajratish mumkin.

1-guruh. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishiga doir umume’tirof etilgan qonuniyatlar.

-mulkiy munosabatlarning qaror topishi va rivojlanishi;

-inson haq-huquqlari va erkinliklarining real va amalda ta’minlanishi;

-davlat hokimiyati boshqaruv organlarining nomarkazlashuvi;

-jamiyatning plyuralistik g‘oyalar asosida rivojlanishining ustuvorligi;

-fuqarolarning davlat boshqaruviga oid qarorlarni qabul qilishda ta’siri va mavqeining oshib borishi;

-fuqarolik jamiyati intitutlarining ijtimoiy hayotidagi mavqeining oshib borishi;

-fuqaroviylik va fuqaro faolligining jamiyat hayotiga ta’sirini kuchayib borishi va b.q.

2-guruh. Har bir mamlakatlarning milliy va tarixiy rivojlanishidagi o‘ziga xos jihatlarini xisobga oladigan qonuniyatlar.

-O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi asosiy yo‘nalishilarining tizimli rivojlanishi;

-o‘rta mulkdorlar qatlamining shakllanishi;

-o‘z-o‘zini boshqarish institutlarining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va rolining oshib borishi;

-ijtimoiy himoyaning manzilli tashkil etilishi va amalga oshirilishi;

-ma’naviy etuklikka erishish imkoniyatlarinning oshirib borishi va yoshlarning bunyodkor kuchga aylanishi va b.q.


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish