SHaroit yaratish. Strategiyani amalga oshirish imkoniyatini to‘g‘diradi. Strategik rejaning mavjudligi hali muvoffaqiyatli amalga oshishini kafolatlamaydi. Strategik boshqaruv jarayonida dastur va rejani amalga oshirish uchun tashkiliy sharoit yaratilishi lozim. Ular mustahkam tashkiliy struktura, rag‘batlantirish tizimi va boshqaruv tizim samaradorligini oshirishga qaratiladi.61
Mazkur tamoyillar hokimiyat organlari faoliyatidagi ijro intizomining past so‘‘ratlariga, shaxsiy mas’uliyatsizligiga barham beradi, kadrlar layoqati darajdasini oshirishni talab qiladi, murakkab va chigal ish tartiblarini sodda hamda tezkor yondashuvlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Eng muhimi strategik yo‘nalishlarni belgilashning mavhum va noma’lum jihatlarini oydinlashtirish orqali tartiblashtirishga xizmat qiladi. Bu masalalar quyidagi tamoyillar bilan aniqlashtiriladi:
• Maqsad – nega u yoki bu harakatlar birlamchi bo‘lib hisoblanadi. YA’ni nima uchun dolzarb va real vaziyatda, turli ijtimoiy ehtiyojlar talabida, qo‘rquv va ikkilanish sharoitida muhim vazifalarni ajratib olish kerak?
• Tashqi sharoit - qaysi nuqtada maqsadga erishish ko‘zda tutilmoqda. Zarur resurslar mavjudligini aniqlash va amalga oshishi lozim bo‘lgan hozirgi va kelgusidagi sharoitlar taqoza qiladimi? Hukumat ana shu ikki nisbat o‘rtasidagi omillarni qanday me’zonlar bilan tanlashi lozim?
• Yo‘nalish – nimaga erishishni hoxlaymiz, belgilangan, istalgan maqsad va natijalar qanday? Bu o‘z navbatida keyingi harakatni belgilaydi:
• Harakat – hukumat va idoralar belgilangan maqsadga erishishning qanday rejasiga ega: strategiyada ifodasini topgan tamoyillar qanday qonunlar va dasturlarda kafolatlanmoqda, jamiyatni qanday omillar etaklaydi, rag‘batlantiruvchi kuch nimada? Mazkur harakatlar ko‘tilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lganligi uchun strategiya ta’limga bog‘liq bo‘ladi:
• Ta’lim – jamiyat tasavvurlarini shakllantirish tizimi sifatida tanlangan yo‘nalishni va shuningdek, maqsadni qayta ko‘rib chiqish, imkoniyatlarni belgilash asosida qanchalik amaliy natijalarga erishilayotganligi hamda qaysi sohalarda imkoniyatlar boy berilayotganligini aniqlash, taqqoslash, qiyoslash indekatorlarini (ilmiy uslublarni)joriy etish talab etiladi.62
Davlatning strategik boshqaruvi tizimi belgilangan maqsaddan kelib chiqilgan yangi yo‘nalishlarni tanlashdan, shunga muvoffiq hokimiyat organlarining qayta tashkillashtirilishidan hamda umum ijtimoiy-madaniy ahamiyatga molik maqsad yo‘lida jamiyat kuchlarini safarbar etish bilan belgilanadi. Davlat strategik boshqaruvi tizimi indekatorlari mazmuni quyidagi savollarga javob topishga qaratiladi.
1. Qachon, qaerda va nega?
2.Ijtimoiy va madaniy ahamiyatga molik maqsadlarni aniqlash (nimaga?).
3.Insoniy, tabiiy, texnik-texnologik, moliyaviy, ishlab chiqarish resurslarini aniqlash (nima uchun, qanday qilib, nima bilan?).
4.Aholi bunyodkorligi va tashabbuskorligini oshirishda tegishli moddiy ta’minot asoslarini yaratish (qancha va qanday sifatda?).
5.Malakali mutaxassislarni tayyorlash (qancha, qanday harajat va qiymatda?).
6. Ijtimoiy institutlar va davlat hokimiyati organlarini o‘z vaqtida isloh etish (qanday qilib va qanday vositalar bilan?)63
Davlat strategiyasining funksional vazifalari turli bo‘lishga qaramasdan, ularning mazmun-mohiyati uchta asosiy funksiyaning elementlari hisoblanadi. Ularsiz boshqaruv tizimlari, ayniqsa, strategik rahbarlik va boshqaruv tizimlari to‘liq samarali ishlay olmaydi. Bular strategik rejalashtirish, strategik rag‘batlantirish hamda strategik monitoring va nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: |