Fuqarolik jamiyati quyidagi prinsiplarga tayanib faoliyat ko‘rsatadi: - Fuqarolik jamiyati quyidagi prinsiplarga tayanib faoliyat ko‘rsatadi:
- siyosiy sohada hamma odamlarning huquq va erkinliklarining tengligi;
- jahon hamjamiyatida yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlar asosida fuqarolar huquq va erkinliklarini kafolatlangan huquqiy himoyasi;
- individlarni mulkka ega bo‘lish va halol mehnati uchun adolatli haq olish huquqiga asoslangan iqtisodiy mustaqilligi;
- qonun bilan kafolatlangan fuqarolarni manfaatlari, kasbiy belgilari bo‘yicha davlatdan va partiyadan mustaqil ijtimoiy birlashmalarga birlashish imkoniyatlari;
- partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi;
- fuqarolarni erkin, madaniyatli, ma’naviy va ijtimoiy faol, jamiyat a’zolarini qonun oldida ma’suliyatli qilib shakllantiradigan fan, madaniyat, ta’lim va tarbiya uchun zaruriy moddiy va boshqa sharoitlarni yaratish;
- faqat qonun bilan cheklangan davlat senzurasidan tashqari OAV yaratish va faoliyat yurgizish erkinligi;
- davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatni barqarorlashtiradigan mexanizmni (konsensus mexanizmi) mavjudligi hamda fuqarolik jamiyatini ishlashini davlat organlari tomonidan xavfsizligini ta’minlanishi. Bu mexanizm qonun hujjatlarini, xalq vakillarini demokratik saylov bilan davlat hokimiyati, o‘z-o‘zini boshqarish organlariga tayinlash kabilarni o‘z ichiga oladi.
Shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyati quyidagi funksiyalarni bajaradi: - Shu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyati quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- Fuqarolik jamiyati qonunchilik asosida fuqarolarning shaxsiy hayoti davlat hokimiyati organlari va boshqa siyosiy strukturalarning asoslanmagan qat’iy muvofiqlashtirishidan himoya qilinishini ta’minlaydi.
- Fuqarolik jamiyati uyushmalari asosida ijtimoiy (jamoatchilik) o‘zini-o‘zi boshqarish mexanizmlari yaratiladi va rivojlantiriladi.
- Fuqarolik jamiyati davlatning demokratik organlarini, uning siyosiy tizimi shakllanishiga ko‘mak beradi (saylov kampaniyalarida va referendumlarda, biror bir talablarni qo‘llab-quvvatlash tadbirlarida, muayyan masalalar bo‘yicha jamiyatni shakllantirishda faol ishtirok etish orqali);
- Fuqarolik jamiyatining institutlari insonlarning huquq va erkinliklarini real kafolatlaydi, davlat va jamoat ishlarida teng ishtirokini ta’minlaydi;
- Fuqarolik jamiyati o‘z a’zolariga nisbatan ijtimoiy nazorat funksiyalarini bajaradi (u davlatdan mustaqil ravishda vosita va sanksiyalar berishga ega bo‘lishi mumkin hamda insonlarni jamoa talablariga rioya qilishlariga majburlashi, fuqarolarning ijtimoiylashuvini va tarbiyalanishini ta’minlanishi mumkin);
- Fuqarolik jamiyati kommunikativ funksiyani bajaradi (davlat organlarini fuqarolarning muayyan manfaatlari haqida xabardor qilib turadi);
- Fuqarolik jamiyati o‘z institutlari bilan barqarorlashtiruvchi funksiyani bajaradi. U inqiroz holatlarida davlatga yordam beradi, jamiyat hayotini yaxshilashga xizmat qiladigan tuzilmalar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |