3. Huquqiy asoslar – ozodlik, tenglik, adolat qadriyatlarining qaror topishi; qonun ustuvorligi, qonun va huquqiy hujjatlar oldida tenglik. - 3. Huquqiy asoslar – ozodlik, tenglik, adolat qadriyatlarining qaror topishi; qonun ustuvorligi, qonun va huquqiy hujjatlar oldida tenglik.
- Inson qadrining o‘sishi va teng huquqli shaxsga aylanishi fuqarolik jamiyati shakllanishining muhim sharti hisoblanadi.
- Mamlakatimizda “Adolat – qonun ustuvorligida” tamoyilini ro‘yobga chiqarish demokratik islohotlarning o‘zagini tashkil etadi. Davlat va fuqarolar o‘zaro huquqlar va burchlar orqali uzviy bog‘liq. Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarining muhofazasini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bo‘limi inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. Konstitutsiyada fuqarolarning barcha huquqlari (shaxsiy huquq va erkinliklar; siyosiy huquqlar; iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar) belgilangan.
- Konstitutsiyamizning 19-moddasiga binoan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas.”.
- Shaxsning huquq va erkinliklarini ta’minlaydigan huquqiy davlatchilik sharoitida insonning xulqi uning manfaatlari bilan belgilanadi va har qanday xatti-harakati uchun mas’uliyat uning zimmasiga tushadi. Bunday shaxs o‘z erkinligini barcha narsadan ustun qo‘ygan holda, ayni vaqtda boshqalarning qonuniy huquqlarini ham hurmat qiladi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2017. – B. 9.
4. Ma’naviy asoslar – insonlar o‘z qadr-qimmatiga, jamiyatning asosiy qadriyatlari himoyasiga tura oladigan zaruriyat tug‘ilganda ular uchun kurasha oladigan bo‘lishlari, vijdon erkinligi, ahloqiy normalarga rioya qilish, yagona mafkura dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud emasligi, ijtimoiy jarayonlarni demokratlashtirishda bevosita va bilvosita ishtirok etishlari, fuqarolik pozitsyasiga ega ekanligi. “Tafakkur ozod bo‘lmasa, ong va shuur tazyiqda, qullikdan qutulmasa,inson to‘la ozod bo‘lolmaydi. Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi”. - 4. Ma’naviy asoslar – insonlar o‘z qadr-qimmatiga, jamiyatning asosiy qadriyatlari himoyasiga tura oladigan zaruriyat tug‘ilganda ular uchun kurasha oladigan bo‘lishlari, vijdon erkinligi, ahloqiy normalarga rioya qilish, yagona mafkura dunyoqarashning yakka hokimligining mavjud emasligi, ijtimoiy jarayonlarni demokratlashtirishda bevosita va bilvosita ishtirok etishlari, fuqarolik pozitsyasiga ega ekanligi. “Tafakkur ozod bo‘lmasa, ong va shuur tazyiqda, qullikdan qutulmasa,inson to‘la ozod bo‘lolmaydi. Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi”.
- Fuqarolik jamiyati shaxslar o‘zini o‘zi namoyon etishining oliy shaklidir. U xalqning farovonligi, madaniyati va ongining o‘sishi, mamlakatning iqtisodiy, siyosiy rivojlanishiga mos ravishda yetuklik darajasiga chiqadi. Karimov.I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. - T.: O‘zbekiston, 1996. 3-jild. – B. 34.
Do'stlaringiz bilan baham: |