Morfemik antonimiya. Morfemik antonimiya derivatsion morfema orasidagina mavjud. Unga misol sifatida -li va -siz affiksini keltirish mumkin: andishali-andishasiz, barakali-bebaraka, baxtli-baxtsiz kabi.
Morfema variantlari. Morfema nutqda turli variantga ega bo‘ladi. Misol sifatida qaratqich kelishigi invariant shaklining variantini kuzataylik:
a) poetik variant: bog‘in mevasi;
b) tarixiy variant: manim;
d) dialektal variant: kitobing;
e) fonetik variant: mening.
Кelishik paradigmasiga kirish huquqiga faqat invariant shakl (ning) gina ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |