Kitobdan savol so'rash
Savol ilmning kalitidir. Aytadilarki: «Savol so'rash ilmi hayotimizda uchraydigan bir yo'ldir. Savol kitobni, mavzuni yoki darsni yaxshi anglab yetishni ta'minlaydi. Savol ilmimizni oshiradi. Chunki, so'rab javobini izlaymiz. Savol so'rash o'zimiz sezmagan holda bizni bilim egasiga aylantiradi».
Abu Yusufdan: «Bu bilimni qayerdan qo'lga kiritding?», - deb so'rashganida, «Kichik-katta, deb ajratmasdan, bilmaganimni so'rash bilan», - deb javob bergan edilar. Savol beraman, deb aqlga kelgan bo'lar-bo'lmas narsalar so'ralmasligini unutmaslik lozim. Savol insonning saviyasini ham ko'rsatadi. Mantiqli va qiziqarli savollar berish kerak.
Topshiriq.
1. Matnni ifodali o‘qib chiqing .
2. Matndan qiyin sozlarni aniqlang.
3. “Yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishi” mavzuida do‘stingiz bilan suhbat matni tayyorlang.
Topshiriq. Matnni o‘qing va affiksatsiya usuli orqali yasalgan so‘zlarni toping va daftaringizga husnixat asosida ko‘chiring.
Savol ilmning kalitidir. Aytadilarki: “Savol so‘rash ilmi hayotimizda uchraydigan bir yo‘ldir. Savol kitobni, mavzuni yoki darsni yaxshi anglab yetishni ta'minlaydi. Savol ilmimizni oshiradi. Chunki, so‘rab javobini izlaymiz. Savol so‘rash o‘zimiz sezmagan holda bizni bilim egasiga aylantiradi”.
Abu Yusufdan: “Bu bilimni qayerdan qo‘lga kiritding?”, - deb so‘rashganida, “Kichik-katta, deb ajratmasdan, bilmaganimni so‘rash bilan”, - deb javob bergan edilar. Savol beraman, deb aqlga kelgan bo‘lar-bo‘lmas narsalar so‘ralmasligini unutmaslik lozim. Savol insonning saviyasini ham ko‘rsatadi.
O‘zbek tilida so‘z tarkibi. So‘z yasalishi
Tilda oldin mavjud bo‘lgan so‘zga ma’lum yasovchi vositalar qo‘shish bilan yangi so‘z hosil qilinishiga so‘z yasalishi hodisasi, shunday hodisani o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limiga esa so‘z yasalishi deyiladi. Demak, so‘z yasalishi atamasi ikki ma’noda: a) so‘z yasalishi hodisasi ma’nosida va b) so‘z yasalishi hodisasini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi ma’nosida qo‘llaniladi.
So‘z yasashga asos qismning qanday xususiyatga ega ekanligiga ko‘ra so‘z yasalishining bir necha usullari bor:
1) yasashga asos qismga qo‘shimchalar qo‘shish orqali (affiksatsiya);
2) so‘zlarni qo‘shish orqali (kompozitsiya). Masalan, ishla so‘zi ish qismiga (yasashga asos) -la qo‘shimchasini qo‘shish yo‘li bilan hosil bo‘lgan. Mehnatsevar, ishlab chiqarish singari so‘zlar esa ikki so‘zni bir-biriga qo‘shish asosida hosil qilingan.
Hozirgi o‘zbek tilida so‘z yasashning mahsuldor usuli qo‘shimchalar qo‘shish yo‘li bilan so‘z yasash - affiksatsiyadir. Bu usul tilda mavjud bo‘lgan muayyan so‘z yasash qoliplari asosida yuzaga chiqadi. Shuning uchun ham so‘zlovchi xotirasida so‘z yasashning qoliplari mavjud bo‘ladi. Masalan, ot+chi “shaxs oti yasovchi” (ishchi, temirchi, suvchi); ot+li “belgining mavjudligi yoki ortiqligi” (suvli, mevali) va boshqalar. Ana shu so‘z yasash qoliplari asosida turli-tuman yasama so‘zlar hosil qilinadi. Masalan:
traktorchi yig‘la binokor
kombaynchi sizla g‘allakor
suvchi qo‘lla paxtakor
ekskavatorchi oqla o‘ymakor
tikuvchi ishla sholikor
Do'stlaringiz bilan baham: |