Topshiriq. Quyidagi paronim so‘zlarning yozilishi va ma’nolarini eslab qoling. Ushbu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
Xalq – el, ulus Halq – halqum
Xam – egik, quyi solingan Ham – (men) ham
Xol – badandagi qora nuqta Hol – ahvol
Xosiyat – xususiyat Hosiyat – his etish
Xoli – bo‘sh, band emas Holi – ahvoli
Xush – yaxshi, ma’qul Hush – aql, es-hush
Xil-xil – turli-tuman Hil-hil – juda pishgan
Topshiriq. Quyidagi Yusuf Xos Hojib qalamiga mansub she’rni yod oling va so‘zning inson hayotidagi o‘rni haqida matn tuzing.
Donolik ramzi — so‘z, bilib so‘zlansa,
Nodonning o‘zi ham so‘zi qo‘lansa.
Ko‘p so‘zlab topmadim ochunda bir naf,
Ko‘zlangan bu naf ham so‘z ko‘pidan daf.
Erkim so‘z vajhidan taxtga egadir,
So‘zkim, er boshini pastga egadir.
Bor so‘zni keltirsam, sig‘dirmas naql,
O‘zida bor odam bilar: So‘z — aql,
Mendan ulush qolsa, yumushdan o‘zga,
Oltin-u kumushni teng ko‘rma so‘zga.
Antonimlarni belgilash mezonlari haqida
Tilshunoslikda antonimlarni belgilash mezonlari bo'yicha munozarali qarashlar ham bor. Xususan, ayrim manbalarda opa va singil, aka va uka"A
tog'a va xolau* kabi so'zlar antonimlar deb baholanadi. Shu soha bo'yicha maxsus ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan B.lsabekov esa ularni antonimlar emas, korrelativ so'zlar deb baholaydi, buni yuqoridagi leksemalarning ma’nolari qarama-qarshi emas, balki bir-biriga juda yaqindir deb asoslaydiM(\ Fc’lning bo'lishli va bo'lishsiz shakllari (bordi va bormadi, boray va bormay, ko'rgan va ko'rmagan kabi formalari) ayrim adabiyotlarda «antonimlarning alohida bir tipi...» deb qaraladi" , biroq tilshunos Sh.Rahmatullayev bu fikrga qo'shilmaydi. Uningcha, «Oddiy inkorning o'zi hali antonim emas. Masalan, ayt va aytma, ayfar va aytmas kabilar biri ikkinchisining inkori. Ammo ularni o'zaro antonimlar deb bo'lmaydi. Asli bular ikki leksema emas, balki ayni bir leksemaning ikki (bo'lishli va bo'lishsiz) shakllaridir. Antonimiya esa ikki leksema orasidagi ma’no munosabatidir...» |27, -I22|. Antonimiyani ayni shunday tushunish ayrim ilmiy manbalarda ham borlls. Mazkur darslikda ham antonimiyaga shu pozitsiyadan yondashildi. Antonimiya mezonini belgilashda Sh. Rahmatullayev, N. Mamatov va R.Shukurovlar tomonidan tavsiya etilgan mantiqiy markaz prinsipiga tayanish yaxshi natija beradi. Bu prinsipga ko'ra ikkita ma’no o'rtasidagi oraliq tushuncha (mantiqiy markaz) aniqlanadi va shu markazning ikki tomonidan okrin olgan tushunchalar okzaro antonimik munosabatlarda deb qaraladi. Masalan, kuz bilan bahor orasida qish bor, demak, kuzva bahor leksemalari okzaro antonimlar deb qaraladi, ammo kuz bilan qish — antonim leksemalar emas, chunki bu ikki leksema orasida oraliq tushuncha (mantiqiy markaz) yokq; shuningdek, qish bilan /wAoratnonim emas (oraliq tushuncha yokq), qish bilan yoz ~ antonimlar (oraliq tushuncha — «bahor»); kecha bilan bugun — antonimlar emas (oraliq tushuncha yokq), kecha va ertaga - antonimlar (oraliq tushuncha — «bugun»); o'tmish va hozir antonimlar emas (oraliq tushuncha yokq), o'tmish va kelajak - antonimlar (oraliq tushuncha — «hozir») kabi. Bunday munosabatlarni quyidagi sxema (chizma) tarzida ifodalash mumkin (mantiqiy markaz okrnida M harfi qo'llangan). I antonim M
Antonimik munosabatda bo'lgan ayrim leksemalar orasida mantiqiy markaz bo'ladi-yu, ammo uni nomlovchi so'zning o'zi bo'lmaydi. Masalan, kulgi va yig'i leksemalari orasidagi mantiqiy markazni bildiruvchi maxsus so'z tilda yo'q, ammo oraliq hodisaning o'zi bor: u kishining kulmasdan, yig'lamasdan turgan normal holatidir, demak, ana shu holat (ckstralingvistik omil) mantiqiy markaz sifatida tasawur qilinadi 1113, -9—12|.
Do'stlaringiz bilan baham: |