Savol va topshiriqlar:
1. Matnni ifodali o‘qing.
2. Notanish so‘zlarni ajrating va o‘quv tilingizga tarjima qiling.
3. Qadriyat deganda nimani tushunasiz?
4. Qadriyatlarni jamiyat, millat hayotidagi o‘rni, ijtimoiy xarakteriga qarab qanday turlarga bo‘linadi?
5. Milliy qadriyat va umuminsoniy qadriyatlarni farqlaysizmi?
6. Matn tarkibidagi qo‘sh undosh va qator undoshli so‘zlarni ikki ustunga ajrating va imlosini eslab qoling.
Topshiriq. Quyidagi so‘zlarni o‘quv tilingizga tarjima qiling.
qadriyat - millat - umuminsoniy -
madaniyat - ma’naviyat - ongi-shuuri –
milliy g‘oya - o‘zlikni anglash - milliy tiklanish –
ijtimoiy adolat - milliy ong - milliy iftixor -
O‘zbek tilining lug‘at boyligi. Omonimlar va sinonimlar
Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar va iboralar yig‘indisi leksika deyiladi. Ular shu tilning lug‘at boyligini tashkil etadi. Leksikologiyada so‘zlar va ularni atash (lug‘aviy) ma’nosi o‘rganiladi. Tilimizdagi so‘zlar mustaqil ma’no va grammatik ma’nolarga ega bo‘ladi. So‘zdan nima anglatilishi, bu uning atash (lug‘aviy) ma’nosi deb yuritiladi. So‘zning ma’lum bir grammatik shaklda bo‘lishi, grammatik vazifani bajarishi so‘zning grammatik ma’nosi hisoblanadi.
Shakldosh so‘zlar - (Omonimlar yunoncha homos – “bir xil”, onoma yoki onyma – “nom” dеgan ma'nolarni bildiradi) talaffuzi va yozilishi bir xil, ammo ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlardir: yuz (ot) – yuz (son), tut (daraxt)–tut (harakat).
Shakldosh so‘zlar bir so‘z turkumiga (yosh – ko‘z yoshi, yosh – umr o‘lchovi), ikki xil so‘z turkumiga (och – sifat, och - fе'l), uch xil so‘z turkumiga (oshiq – ot, oshiq – fе'l, oshiq – sifat; hur – ot, hur – sifat, hur - fе'l) ham oid bo‘lishi mumkin. Bir turkum doirasidagi shakldoshlik asosan ot va fе’llarda mavjud. Bunday shakldosh so‘zlar qo‘shimchalar qabul qilganda ham shakldoshligini saqlab qolavеradi.
Topshiriq. Quyidagi Jomiy qalamiga mansub hikoyani o‘qing va daftaringizga husnixat asosida ko‘chiring. Shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlarni topib tagiga chizing.
Agar och bo‘lsang, qanday osh, non ko‘rsang senga qattiq ishtaha qo‘zg‘atadi. Sen bilan o‘tirgan ulfatlaringda esa ishtahang senga nisbatan nafrat uyg‘otadi.
Quyuq, suyuq har na topsang uyingda,
To‘yib yeb olganing yaxshidir be shak.
O‘zgalar taomin havas aylama,
Pastlar atosidan qoqib ket etak.
“BAHORISTON”
Topshiriq. Quyidagi matnni ifodali o‘qing va shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlarnigina daftaringizga ma’nolari bilan ko‘chiring.
Qog‘oz oq bo‘lgani uchun unga So‘z bitadilar. Paytava kir bo‘lgani uchun unga So‘z yozib bo‘lmaydi. Qog‘oz pok bo‘lgani uchun zarracha cho‘g‘ tushsa, yonib ketadi. Paytava kir bo‘lgani uchun tutaydi-yu, yonmaydi. Yozuvchi bo‘lish uchun iste’dodning o‘zi kamlik qiladi.
Qalbi qog‘ozdek oppoq, qog‘ozdek lovillab yonadigan odamdangina chinakam adib chiqadi.
“DAFTAR HOSHIYASIDAGI BITIKLAR”
Do'stlaringiz bilan baham: |