Leksik neologizmlar
Leksik neologizmlar tilda yangi paydo bo'lgan va yangilik bo'yog'ini yo'qotmagan so'zlar: internet, marketing, litsenziya va b. Har qanday neologizm dastlab ayrim shaxs nutqida voqe bo'ladi, bunday paytda u individual nutq neologizmi sanaladi. Masalan; «Bek akangkoYmmay qoldi-ku? dedi qesakpolvon labiga sigaret qistirib. Humkalla cho'ntagidan chaqqonlik bilan yoqqich olib unga olov tutdi...» (T.M.) Bu gapda yoqqich so'zi ruscha zajigalka so'zining kalkasi tarzida qo'llangan, uni asar muallifi (Tohir Malik) o‘zi yasagan va o'zi individual nutq neologizmi sifatida birinchi bo'lib ishlatgan. Demak, bu so'z hozircha umumtil neologizmi darajasiga ko'tarilmagan, chunki u nutq ixtiyoridan til ixtiyoriga o'tmagan. Ba’zan ancha ilgari yaratilgan individual nutq neologizmilari ham umumnutq neologizmiga aylanmay qolib ketadi. Buni atoqli yozuvchi Abdulhamid Cho'lpon tomonidan o‘z vaqtida yasalgan ozitqi so'zi misolida yaqqol ko'rsa bo'ladi: «...Har bir ona suti og'zidan ketmagan tentak gimnazistni bir «ozitqi» deb bilardi»]2s. Abdulhamid Cho'lpon bu gapdagi ozitqi so'zini achitqi, qichitqi tipidagi yasalmalai modeliga (qolipiga) suyanib yasagan va uni «yo'ldan ozdiruvchi» (ruscha «soblaznitel») ma’nosida qo'llagan. Bu nutqiy parchada ozitqi so'zining yangi lisoniy-badiiy topildiq sifatida alohida estetik qiminat kasb etganligi shubhasiz, ammo u shu matndan tashqariga, umumtil doirasiga chiqqan emas, demak, umumtil neologizmi holatiga o'tmagan. Bunday holat Oybekning «Nur qidirib» povestidan keltirilgan quyidagi gapda ham kuzatiladi: «... chorrahada, balandlikda qizil sallali, qisqa ishtonli qopqora regulirovshchik-yo'lbon qo'llarini ohangdor o'ynatib, ko'cha harakatini boshqaradi» (22-bet) (individual neologizm - yo'lbort, regulirovshchik — yoibon).
Umumtil neologizmi til hodisasi, individual neologizm esa uslubiy hodisa sanaladi. Leksikologiyada, asosan, umumtil neologizmi o'rganiladi. Umumtil neologizmi ham nisbiy hodisadir: til taraqqiyotining ma’lum birbosqichida neologizm boMgan so'z keyinroq neologizmlik «bo'yog'i»ni yo'qotib, zamonaviy leksik qatlam birligiga aylanishi mumkin. Masalan, telefon, televizor, trolleybus, radio so'zlari dastlabki paytlarda neologizm bo'lgan, hozir esa ularning birortasida yangilik bo'yog'i saqlanmagan, demak, bu so'zlar allaqachon neologizmlik holatidan chiqib, qo'llanishi odat tusiga kirgan leksemalarga aylangan. Bunday holat ba’zan qisqa davr ichida ham yuz berishi mumkin: keyingi 5-10 yil ichida o'zbek tili leksikasida paydo bo'lgan test, litsey, ball, grant, kontrakt kabi yangi so'zlarda, shuningdek, hokim, tadbirkor, ishbilarmon so'zlarining yangi ma’nolarida «yangilik bo'yog'ini yo'qotish», «odat tusidagi so'zga yoki ma’noga aylanish» sur’ati shu daraja tezlashganki, natijada ularni ko'pchil'ik qiynalmay anglaydigan va qo'llaydigan bo'lib qolgan. Demak, bu so'zlar neologizmlik holatidan zamonaviy qatlam birligi holatiga o'tib bo'lgan yoki o'tish jarayonini boshidan kechirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |