Buterbrodlar — mahsulotlari tekis kesilib, non ustiga to‘g‘ri qo‘yilgan bo‘lishi, yuzida qurigan yoki shamol tekkan joylari bo‘lmasligi, mahsulotlarga xos hid va mazaga ega bo‘lishi kerak.
Salatlar — tarkibidagi mahsulotlar har bir mahsulotning uziga xos shaklda to‘g‘ralgan bo‘lishi, nami qochmagan, sarg‘aygan, qoraygan, qurib qolgan, shamol tekkan joylari bo‘lmasligi kerak. Hidi, mazasi, rangi tayyorlangan mahsulotlarning tabiiy holatiga mos bo‘lishi kerak. Qizil o‘zakli karam salatida havorang izli ranglar bo‘lmasligi kerak. Bodring yangi bo‘lishi, puchog‘i va urug‘lari bo‘lmasligi lozim.
Baliqli sovuq taom va gazaklar. Baliqning terisi suyagi tozalangan lahm bo‘lishi kerak. Burchak ostida kesib portsiyalangan, chiroyli bezalgan, tashqi ko‘rinishi, rangi uziga xos bo‘lishi lozim. Ilvira holda tayyorlangan baliqlar jelesi och sariq rangda, tiniq, mazasi sezilarli baliq turinikiga o‘xshash. Ustiga sardak quyib tayyorlangan va marinad bilan tayyorlangan baliq taomlari mazasida ziravor sezilarli darajada bulmog‘i lozim. Baliqlarni tashqi ko‘rinishi yaxlit, yumshoq pishgan, uvalanmaydigan bo‘lmog‘i lozim. Chopilgan syeld bir xil yumshoq surkaluvchanlikdagi holatga ega bulmog‘i lozim.
Go‘shtli sovuq taomlar. Go‘sht va go‘sht mahsulotlari to‘qimasiga ko‘ndalang holda yupqa kesilib tayyorlanadi. Rangi ishlov berilgan holatiga mos ko‘rinishda, mazasi qovurilgan, dudlangan, pishirilgan holatdagiga mos egiluvchan, uziga xos qattiqlikda, uvoqlanmaydigan, sabzavotlari yumshoq pishgan bo‘lishi kerak. Rostbif kesimidagi rangi pushtiroq bo‘lishi mumkin.
Ilvira yaxshi qotgan bo‘lishi, rangi kul rang, ta'mi ilvira tayyorlangan mahsulotlar tamiga xos, ziravor va sarimsoq piyoz hidiga ega bo‘lishi kerak. Tarkibi quyuq, egiluvchan mahsulotlari yumshoq.
Pashtetlarning shakli uziga xos bo‘lib, rangi och jigar rangdan tuq jigar ranggacha, mazasi va hidi mahsulotga xos, ziravor ta'miga ega. Yumshoq, egiluvchan, uvalanmaydi.
Sovuq taom va gazaklar tez buziluvchan mahsulotlardan tayyorlanishi sababli ularni tayyorlagan zahoti iste'molga tarqatish zarur. Ilvira ustiga sardak Qo‘yilgan go‘sht 12 soat davomida, pashtet-'24 soat, qovurilgan go‘sht - 48 soat, qovurilgan baliq 12 soat, chopilgan syeld 24 soat davomida tarqatilishi kerak. Sovuq taom va gazaklar tayyorlangandan so‘ng qayta issiq ishlovga qo‘yilmasligini hisobga olib ular iste'molga tarqatilgunga qadar 6-8°C haroratli joyda saqlanishi lozim. Yoz oylarida esa ilvira, pashtet kabi taomlar zarur moslamalar bor joydagina va tibbiyot epidimiologiya markazi bilan kelishgan holda tayyorlab tarqatishga ruxsat etiladi.
Takrorlash uchun savollar.
1.Sovuq, taom va gazaklarni tayyorlash sifatiga qo‘yilgan talablar qanday?
2.Buterbrod uchun qo‘yilgan talablarni sanab uting, ularning tavsifini ayting?
3.Balik, sovuq, taomlari va gazaklari turlariga quyshlgan talablarni sanab uting?
4.Sovuq taom va gazak tayyorlash uchun kanday dengiz mahsulotlari ishlatilishi kerak?
5.Sovuq, taom va gazaklarni saqlanish muddatlarinn ayting?
Do'stlaringiz bilan baham: |