1-Mavzu: O’zbek bolalar adabiyotining fan sifatida shakllanish bosqichlari



Download 96,27 Kb.
bet16/16
Sana16.01.2022
Hajmi96,27 Kb.
#377521
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-mavzu

Mirkarim  Osim    bolalarning  tarixnavis  adibisifatidamoziysaboqlarini  yosh  avlodga 
yetkazib  kelayotir.  U  1907-yili  Toshkentda  ziyoli  oilada  tug`ildi.  1918-yili  ―Shamsulirfon‖ 
nomli  maktabda,  1921-yili  Alisher  Navoiy  nomidagi  respublika  bilim  yurtida  Oybek  va 
Homil  Yoqubovlar  bilan  birga  o`qidi.  1926-1930  yillar      Moskva  davlat  pedagogika 
institutining  tarix-iqtisod  fakultetida,  keyinchalik  Samarqand  o`qituvchilar  tayyorlash 
kursida tahsil ko`radi, xalq ta`limi jabhasida  faoliyat ko`rsatadi. 
       Tarix  bilan  tillashgan  adib  ―Astrobod‖,  ―Alisher  Navoiy  va  Darveshali‖,  ―Badarg`a‖, 
―Navoiyning  xislatlari‖,  ―Ulug`bek  va  Navoiy‖,  ―O`tror‖,  ―To`maris‖,  ―Temur  Malik‖, 
Aleksandr va Spitamen , ―Mohlaroyim va Xonposhsha‖, ―Karvon qo`ng`irog`i‖, ―Elchilar‖, 
―Zulmat  ichra  nur‖,  ―Jayhun  ustida  bulutlar‖,  ―Ibn  Sino  qissasi‖,  ―Aljabrning  tug`ilishi‖, 
―Singan  setor  ‖  kabi    o`nlab  qissa  va  hikoyalarida  o`tmish  ajdodlarimizning  nurli 
siymolarini,  milliy-ma`naviy  qadriyatlarimiz  ildizining  teranligini  badiiy  gavdalantirishga 
muvaffaq bo`lgan.  
       Tarixnavis  adib  To`maris,  Shiroq,  Spitamen,  Xorazmiy,  Beruniy,  Ibn  Sino,  Ulug`bek, 
Navoiy,  Mashrab  kabi    ulug`  ajdodlarimiz  siymosini  tarixiy  manbalar  asosida    yoritdi.  
Shonli o`tmishimiz bilimdoni  Mirkarim Osim tug`ilgan kunining 70 yilligida ―O`zbekiston 
Respublikasida  xizmat  ko`rsatgan  madaniyat  xodimi‖  unvoniga  sazovor  bo`lgan.    Taniqli 
adib 1984-yili vafot etdi. 
Mirkarim  Osimning  o`zbek  bolalar  tarixiy  nasri  taraqqiyotiga  qo`shgan  hissasi  shu  jihatdan 
beqiyos.  Adibning  tarixiy-biografik  xarakterdagi  ―Jayhun  ustida  bulutlar‖,  ―Zulmat  ichra 
nur‖,   ―Yulduzlar sayri‖ qissalari  alohida turkumni tashkil etadi. Ularning  aksariyati O`rta 
asrlardagi  buyuk  mutafakkirlar,  olim  va  ijodkorlar  hayot  yo`liga  bag`ishlangan.  Bunday 
asarlar zamondosh kitobxonni tarixiy shaxslar qismati, boy adabiy-ilmiy merosi, faoliyatlari 
bilan tanishtirishga xizmat qiladi. Natijada, Abu Rayhon Beruniy,  Abu Ali Ibn Sino, Alisher 
Navoiy, Mashrab singari buyuk siymolar obrazi badiiy inkishof etilganligi tahsinga sazovor. 
Adib  qissalarining  g`oyaviy-badiiy  mundarijasi  shu  jihatdan  kengqamrovli.  Yozuvchining 
―Shiroq‖, ―To`maris‖ singari tarixiy hikoyalarida esa  ajdodlarimiz qahramonliklari  yorqin 
aks etadi. 
                                                 
8
 Anorboyev S. Tarixdan saboqlar. –―Guliston‖, 1977 yil, 12-son, 15-bet. 
9
 Sharafiddinov O. Vatanni tanitib. – ―Sharq yulduzi‖,-2002, 2-son, 136-bet. 

95 
 


Mirkarim  Osim  Vatanimizning  uzoq  o‘tmishiga  bag‘ishlangan  asarlari  bilan 
adabiyotimiz  tarixida  yorqin  iz  qoldira  oldi.  O‘zbek  adabiyotida  tarixiy  mavzu  
shakllanishida Oybek, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov xizmati katta bo‘lsa, shular qatorida 
M.Osimning  ham  ―To‘maris‖,  ―Shiroq‖,  ―Jayhun  ustida  bulutlar‖,  ―Ibn  Sino  qissasi‖, 
―Temur  Malik‖,  ―Zulmat  ichra  nur‖,  ―Singan  setor‖  kabi  qissalari  tarixiy  mavzudagi  nasr 
durdonalaridir.  Zotan,  atoqli  adibimiz  o‘z  ijodiy  faoliyati  davomida  xalqimiz  o‘tmishini 
sinchiklab  o‘rganib,  avlodlar  qalbida  g‘urur  va  iftixor  tuyg‘ularini  alangalatadigan  asarlar 
yarata oldi.
 
 
Istiqlol  sharofati  bilan  tarixiy  haqiqat  va  milliy  qadriyatlar  tiklanayotgan  bir  paytda 
Mirkarim Osim ijodiga murojaat etish dolzarb ahamiya kasb etayotir. Chunki adib murakkab 
bir  davrda  yashab,  ijod  qildi.  Lekin    shunga  qaramay  o‘z  xalqi  tarixini  yozishdan 
cho‘chimadi. Yaqin o‘tmishda tarixiy shaxslarni o‘rganish, jaholatni qo‘msash deb noto‘g‘ri 
baholab kelindi. Shu bois, tarixiy mavzuda qalam tebratgan   yozuvchilar ijodi kamsitilardi. 
Istiqlol tufayli biz tarixiy o‘zlikka  qayta boshladik. Qadim dunyodagi ulug‘ siymolar ijodini 
o‘rganishga  keng  imkoniyatlar  ochildi.  Bu  haqda    dastlab  mamlakatimiz  prezideni 
I.A.Karimov  shunday  degan  edi:  ―Asrlar  davomida  aqlu  zakovati  ila    bunyod  etgan  boy 
ma‘naviyati  tufayli  xalqimiz  mag‘rur  yashadi,  mehnat  qildi,  doimo    hurriyat  va  erk  sari 
intildi. 
Ana  shu  milliy  ong,  ana  shu  milliy  g‘urur  bugungi  istiqlolikmizning  oltin 
poydevoridir. Bu poydevorga Shiroq va To‘maris,  Beruniy va Farobiy, Abu Ali ibn Sino va 
Al-Xorazmiy,  Amir  Temur  va  Bobur,  Navoiy  va  Ulug‘bek  kabi    yuzlab  zotlar  asos 
solganlar‖.

8-Mavzu: N.Fozilov-realistik o'zbek bolalar nasrining yetakchi vakili

Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlugʻ dargohiga oʻtgan asrning 50-yillarning ikkinchi yarmida kirib kelgan. Hozirgacha yetmishdan ortiq kitob chop ettirdi. Ularning aksariyati tarjima asarlardir.

U 1929 yili Qozogʻistonning Chimkent viloyatiga qarashli Turkiston tumanidagi Qoriz qishlogʻida tavallud topdi. Ota-onasi dehqonchilik bilan shugʻullangan, buvasi Tursunmuhammad Aʼlam “Gʻurbatiy” taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Kamiy, Xislat, Sidqiy-Xondayliqiylar bilan hamnafas, hamfikr boʻlib ijod qilgan. Toshkentda uning uchta sheʼriy kitobi chop etilgan.

Nosir Fozilovning bolaligi urush davriga toʻgʻri kelganligi uchun ham oʻqib, ham ishlashiga toʻgʻri keldi. Shu tufayli u oʻz tengdoshlaridan ancha kech, yaʼni, 1949 yilda oʻrta maktabni tugatgan. Soʻng Toshkentga kelib, Oʻrta Osiyo Davlat universitetiga oʻqishga kiradi. Uni 1954 yilda tugatadi. Shundan soʻng “Gulxan”, “Sharq yulduzi” kabi jurnallarda, nashriyotlarda turli lavozimlarda ishlaydi.

Adibning birinchi hikoyasi 1953 yilda bosilgan. Ilk kitobi 1959 yilda “Irmoq” nomi bilan chop qilingan. Soʻngra “Oqim” (1962), “Robinzonlar” (1964), “Qush qanoti bilan” (1965), “Qorxat” (1968), “Koʻklam qissalari” (1970), “Joʻxori tuzoq” (1971), “Saraton” (1975), “Kichkina demang bizni” (1977), “Diydor” (1979), 2 jildlik “Tanlangan asarlar” (1982–1983), “Shum bolaning nabiralari” (1985), “Bolaligim ‒ poshsholigim” (1989), “Bir otar toʻpponcha”, “Toshkentning nosi”, “Said Ahmad noming baland” (1995), “Munavvar lahzalar” (1998), “Eslasang koʻngling yorishur” (2003), “Ustoz soʻzlaganda” (2007), “Topdimu yoʻqotmadim” (2010) kabi oʻnlab kitoblari nashrdan chiqdi.

Nosir Fozilov tarjimon sifatida ayniqsa samarali ijod qildi. Sh. Husainovning “Nurli tosh” (pyesa, 1952), S. Muqonovning “Hayot maktabi” (qissa, 1954), “Choʻpon oʻgʻli” (qissa, 1960), “Choʻloq polvon” (qissa, 1970), B. Mustafinning “Qaragʻanda” (roman, 1956), Q. Abduqodirovning “Xojimuqon” (qissa, 1959), Gʻ. Musrepovning “Qozoq soldati” (roman, 1960), “Choʻlqor” (qissa va hikoyalar, 1960), “Qiron qush qoʻshigʻi” (qissa, 1970), Muxtor Avezovning “Qarash-qarash voqeasi” (qissa, 1960), “Abay ‒ xalq farzandi” (pyesa, 1970), M. Avezov, L. Sobolevning “Abay” (tragediya, 1970) asarlarini tarjima qilgan. Shuningdek, rus, turkman, qirgʻiz adiblarining ham asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Ayni paytda N. Fozilovning ham rus, turkman va qozoq tillarida kitoblari chop etilgan, shuningdek, asarlari arman, latish, gruzin, hind, arab, ozarbayjon tillariga tarjima qilingan.



Uning ana shunday samarali mehnatlari zoye ketmadi. 1985 yilda u “Shum bolaning nabiralari” kitobi uchun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Gʻ. Gʻulom nomidagi, 1986 yilda esa qozoq adabiyotidan qilgan tarjimalari uchun Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasining Bayimbet Maylin nomidagi mukofotlar sohibi boʻldi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Nosir Fozilov 1999 yili “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. 2011 yili “Topdimu yoʻqotmadim” kitobi uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Download 96,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish