1-Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Organizm va muhit. Asosiy savollar



Download 26,31 Kb.
bet1/2
Sana12.07.2022
Hajmi26,31 Kb.
#780454
  1   2

1-Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Organizm va muhit.
Asosiy savollar:

  1. O‘sish va rivojlanishning yoshga bog‘liq davrlari.

  2. Geteroxroniya, akseleratsiya, irsiyat.

Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar: o‘sish, rivojlanish, geteroxroniya, akseliratsiya, irsiyat, pubertat, tuxum hujayra, xramasoma, pusht, urug‘lanish, jinsiy hujayralar, spermatozoid.
Birinchi asosiy savol bayoni.
O‘sish - tana massasi va hajmining undagi xujayra tuqimalarning ko‘payishi hisobiga oshib borishidir. O‘sish bola sog‘lig‘i va jismoniy holatlarining eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘sish natijasida organizmning rivojlanishi ham yuzaga keladi.
Rivojlanish - organizm tuzilishining murakkablashishi yoki to‘qima va a’zolarning morfologik differensiyalashuvi demakdir. Rivojlanish tufayli butun bir organizmlarning funksiyalari va xulq atvori mukammallashadi.
O‘sish va rivojlanish bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib, ular tufayli organizmdagi barcha son ko‘rsatkichlari ma’lum va vaqt o‘tishi bilan sifat ko‘rsatgichiga aylanadi. Bola organizmining o‘sishi anatomik jarayon bo‘lib, bu vaqtda oziq moddalarni is’temol qilish ularni sarflashdan ustun bo‘ladi.
O‘sish jarayoni bola organizmining bo‘yiga va vazniga oshishi bilan xarakterlanadi. Bir organizmdagi turli a’zo va tizimlarining o‘sishi tezligi ham turlicha bo‘ladi.
O‘sish emadigan bolalarda eng kuchli bo‘lib, tug‘ilganidan keyin 12 oy ichida ayniqsa sezilarli bo‘ladi.
Bolalarda tana va bosh o‘sishi turli xil bo‘ladi. Endi tug‘ilgan bolalarda bu nisbat 1:4 ni tashkil qilsa, katta odamlarda 1:8 ni tashkil qiladi. Bir yoshlik bola bosh miyasining vazni katta odam bosh miyasi vaznini 23 qismini tashkil qiladi.
Miya vazni tana vazniga nisbatan tezroq ko‘payadi. Shuning bilan birga tana vazni va uning yuza qismi nisbatlari ham o‘zgaradi. Bu fiziologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Katta odamlarga nisbatan endi tug‘ilgan bolalarda vaznga nisbatan to‘g‘ri keladigan tana sathi 3 marta katta, bir yoshli go‘daklarda esa 2 marta ko‘p, 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan davr ichida bola organizmining o‘sish tezligi endi tug‘ilgan davrga nisbat ikki barobar kamayadi. O‘g‘il va qiz bolalarda o‘sish tezligi 10 yoshgacha bir xil bo‘lsa, shu yoshdan keyin qiz bolalarda jinsiy rivojlanishning boshlanishi bilan bo‘y o‘sishi ham ancha tezlashadi:
- qiz bolalarning eng tez o‘sishi 12 yoshda bo‘lib, bir yilda o‘rta hisobda 8 sm.ni tashkil etadi.
- O‘g‘il bolalarda odatda 15 yoshda ba’zida bo‘y jihatdan qiz bolalarni quvib yetadi, 16 yoshdan keyingi o‘sish ancha sekinlashadi, qiz bolalarda 18 yoshga kelib, o‘g‘il bolalarda esa 20 yoshga kelib to‘xtaydi.
Ba’zi xotin-qizlarda 21-22, erkaklarda 24-25 yoshgacha bo‘y o‘sishining davom etishini ko‘rish mumkin. Bola organizmining o‘sishi yil davomida bir xil bo‘lmaydi. M: yilning bahor va yoz fasllarida qolgan fasllarga nisbatan o‘sish ancha tezlashadi. Bola organizmining o‘sish tezligini aniqlash muhim amaliy ahamiyatga ega.
Bola organizmining rivojlanishining yana muhim ko‘rsatkichlaridan biri tana vaznining o‘zgarrishidir. O‘sish dinamikasi yosh oshishi bilan o‘ziga xos belgilarga ega bo‘ladi. Endi tug‘ilgan bolaning vazni dastlab kamayadi, ayniqsa tug‘ilgandan keyin 3-4 kunlar orasida ancha kamayadi.
Buning asosiy sababi, bola tug‘ilgandan keyin ichaklarning bo‘shashi va tanadan boshqa suyuqliklarning ajralib chiqishidir. Hamda bolaning kerakli oziq moddalarni yetarli miqdorda qabul qila olmasligidir. Bola o‘z vaznini 2-3 hafta davomida tiklab oladi. Tug‘ilgan bola tanasi qancha kichik bo‘lsa, uning vazni shunchalik sezilarli daraja tez o‘sadi. Tana vaznining tez ortishi yilning kuz va qish fasllariga to‘g‘ri keladi, bahor va yozda sekinlashadi. Tana vaznining ortib borishi qator faktlarga bog‘liq, bunda tanadagi suv va yog‘ miqdori muhim ahamiyatga egadir.
Butun bir organizmda ayrim a’zolar vaznining oshishi har xil bo‘ladi. Chunonchi markaziy asab tizimi, miya qutisi va ichki a’zolar 1-2 yosh orasida juda tezlik bilan o‘sib, keyin birdan sekinlashadi.
O‘sish va rivojlanish davrida barcha a’zo va a’zo tizimlarining morfologik differensiyasi hamda funksional takomillashuvi davom etadi. Skelet suyaklari takomillashadi, haqiqiy va sut tishlari rivojlanadi, organizm tarkibidagi suv miqdori o‘zgaradi. Balog‘atga yetish davriga kelib, o‘sish va rivojlanish to‘xtaydi. Amalda bu vaqtga kelib bolalik davri tugaydi.
Organizmning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi faktorlar. Organizm o‘sishi va rivojlanishi bir qator endogen va ekzogen faktorlar yordamida nazorat qilib turiladi.
- Endogen faktorlardan - genetik faktorlar, gormonlar, asab tizimi faoliyati, kerakli oziq, moddalarning mavjud bo‘lishi.
- Ekzogen faktorlarga - onaning chekishi, ichishi, har xil infeksion kasal bilan og‘rishi va h.k.
Bolaning normal rivojlanishi uchun ovqat tarkibida yetarli miqdordagi oqsil, yog‘, uglerod moddalari va vitaminlar bo‘lishi shart.
-Asab tizimining ta’siri bola ona qornida rivojlanayotganda, emizish davrida sezilarlidir.
- Endokrin tizimi orasida o‘sish va rivojlanishga eng yaqindan ta’sir etadigan tizim gipotolomo-gipofizar tizimidir. Bundan tashqari qalqonsimon gipofiz, bez ham oshqozon osti bezlarining gormonlari o‘sish va rivojlanishni boshqa- ruvchi bezlar bo‘lib hisoblanadi.

Download 26,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish