Shartli va shartsiz reflekslar
Nerv sistemasining faoliyati reflektor printsipida amalga oshadi. Reflekslar ikki xil bo`ladi: shartli va shartsiz.Shartsiz reflekslar tug’madir, uning hosil bo`lishida markaziy nerv tizimining pastki qismlari, ya'ni orqa, uzunchoq, o`rta, oraliq miyadagi nerv markazlari ishtirok etadi. Bu reflekslar odam organizmidagi muhim hayotiy jarayonlarni ta'minlashga qaratilgan. Masalan: emish, yutish, hazm qilish, siydik ajratish, nafas olish, qon aylanishi va boshqalar. Shartsiz reflekslar odam hayoti davomida o`zgarmaydi. Bu reflekslar nasldan — naslga o`tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |