Retikulyar formatsiya va uning ahamiyati. Retikulyar formatsiya yirik nerv hujayralari chigali va turidan iborat bo`lib, juda ko`p sinapslarga ega. Retikulyar formatsiya hujayralari orqa miya bo`yin qismining yon va orqa shoxlari orasidan boshlanib, uzunchoq miya va Varoliyev ko`prigida tugaydi. Retikulyar formatsiya uxlash, uyg`onish va boshqa his —hayajonli jarayonlarda ishtirok etadi. Unda nafas olish, yurak urishi, ovqat hazm qilish, yo`tal, aksa urish, vestibulyar va eshitish nerv markazlari bo`lib, butun ichki organlar ishini boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |