3.SHAMOLNING O‘SIMLIKLARNI TARQALISHIGA TA’SIRI
Atrof muhit havosining harakati o‘simliklar qoplamiga ta’sir qiladi. Shamol namlik yoki qurg‘oqchilik, issiq yoki sovuq olib kelishini har birimiz bilamiz. Shamol katta hududlarni qoplagan o‘simliklarga, alohida joylarga ham ta’sir qiladi. Tog‘larda shimoliy yonbag‘irliklarda janubga xos o‘simliklarning turlarini o‘sishiga olib keladigan havo massasining ta’siri bo‘lib, bunday xolatni ro‘y berishiga fen o‘simliklari atamasi qo‘llaniladi.
Shamol doimo ro‘y berib turadigan hududlarda masalan dengiz qirg‘oqlari, orollar yoki tog‘larning yuqorisidagi o‘simliklarda suv rejimi, transpiratsiya o‘zgaradi. Dovullar doimo ro‘y berib turadigan joylarda daraxtlarning o‘sishi sekinlashadi. Daraxtning ko‘rinishida anomaliya sodir bo‘ladi.
Okeanlar yaqinidagi orollar qirg‘oq bo‘yida dovul shuncha kuchli bo‘ladiki, daraxtlar o‘sishdan to‘xtashdan tashqari o‘simliklar qoplamining tarkibiga ham katta ta’sir qiladi. Bunday hududlarni taniqli mutaxassis Shimper “Shamollisahrolar” deb atagan.
Shamol ko‘plab o‘simliklarning tarqalishiga ta’sir etuvchi omil hisoblanadi. Shamol o‘simlikni ko‘payishi uchun hosil bo‘ladigan spora, urug‘ va mevalarni atrofga tarqatadi. O‘simliklarni atrof muhitda tarqalishini eng samarali usuli-shamol yordamidagisi hisoblanadi. Bunday anemoxoriya tarzida tarqaladiganlarikeng, tekis maydonlardagi o‘simliklar jamoalarida (fitotsenozlar), sahrolar va tog‘larda ko‘p. Ular nam tropiklarda ham bor.
Sporalarni shamol ta’sirida sochilib ketishi quruqlik o‘simliklarning dastlabki usuli. Quruqlikda eng birinchi o‘saboshlagan o‘simliklar sporalari yordamida ko‘payib tarqalishgan. Bu usul bilan quruqlikdagi moxlar, zamburug‘lar, paparotniklar, plaunlar, qirqbo‘g‘inlar tarqaladi. Anemoxorlik ochiq urug‘lilar va yopiq urug‘li o‘simliklarning ko‘pchiligida ham uchraydi.
O‘simliklarning ko‘payishi, ularni tarqalishida xizmat qiladigan mayda urug‘ va sporalar massasining kichikligi, kukunsimonligi tufayli shamol ta’sirida atrofga oson tez tarqaydi. Salabdoshlar (Orchidaecae), Erikadoshlar (Ericaceae), Pirolodoshlar (Pyrolaceae), drozeradoshlar (Draseraceae), chirmovdoshlar (Orobanchaceae) oilalarida shu bilan birga tropiklarda tarqalgan Sarraseniyadoshlar (Sarraceniaceae), rafleziyadoshlar (Rafflesiaceae), burmanniyadoshlar (Burmanniaceae)va boshqalarida chang tarzida urug‘lar hosil bo‘ladi: bitta bunday urug‘ning og‘irligi bir grammning milliondan birini tashkil qiladi. Salabdoshlarga mansub o‘simliklarning ayrimlarini urug‘lari 0,0000003-0,0000004 gramm. Bu urug‘larning havodan erga tushish tezligi 2-40 sm/s bo‘lib, ko‘plab o‘simliklarning chang donasiday urug‘lari ham shu tezlikda erga tushadi. Shu boisdan, ular shamol ta’sirida uzoqlarga ketib qoladi.
Shuning uchun urug‘lari shamol ta’sirida tarqaladigan o‘simliklarning areallarini chegaralari ular tushgan joyda o‘sib rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |