1-mavzu. О‘simlikdagi suv muvozanati reja


Barglarda suv bug‘lanishi ikkita asosiy omilga bog‘liq



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/31
Sana02.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#730807
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
1.Маърўза

 
Barglarda suv bug‘lanishi ikkita asosiy omilga bog‘liq.
 
1.
Suv bug‘lari konsentratsiyasining atmosfera va barg havo bо‘shliqlaridagi tafovuti. 
2.
Suv yо‘lining qarshilik ko’rsatish kuchi. 
Dastlab suv bug‘lari konsentratsiyasining transpiratsiya jarayoni tezligiga ta’sirini kо‘rib 
chiqamiz.
 
Suv bug‘latilishini hosil qiluvchi kuch suv bug‘lari bosimi hisobiga amalga oshadi. Bug‘lar 
bosimi farqlari (
c
(barg) kо‘rinishida ifodalanadi. Ammo barg tarkibidagi suvning bosimini о‘lchash 
ancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Barg ichki havo bо‘shliqlari hajmlari kam bо‘lsa suv bug‘latiladigan nam 
yuza shuncha katta bо‘ladi. (Xavo bо‘shliqlari xvoy о‘simligi uchun umumiy barg hajmining 5% ini, 
makajо‘xorida 10%, arpada 30%, tamakida 40% ni tashkil qiladi). Havo bо‘shliqlari hajmlaridan farqli 
ravishda suv bug‘latiladigan ichki yuza maydoni 7 dan to 30 martagacha kо‘p bо‘lishi mumkin. bu uzaro 
tafovut barg ichki qismlarida suvning tezda muvozanatga kelishini ta’minlaydi. Shulardan xulosa qilish 
mumkinki, bargning havo bо‘shliqlari suv muvozanati potensialligi suyuq kо‘rinishdagi suvning hujayra 
devorlari yuzalarida bug‘latilish potensialligiga teng.
 
Suv bosimining tafovutlari, tajriba о‘tkazilayotgan barglarda suvning sizib chiqishi о‘rganilganda 
( barglardan 2.0MPa bosimda suv sizib chiqadi), barglar tо‘yingan suv bosimi bilan biroz farq qiladi. Bu 
haroratga bog‘liq bо‘lib barg bо‘ylab suv konsentratsiyasini о‘lchash imkoniyatini beradi.
 


 
Suvning barg mezofilidagi harakati
 
Suv bug‘i konsentratsiyasi transpiratsiya yо‘lida bir necha marta о‘zgaradi. Jadvaldan kо‘rinib 
turibdiki, suvning bu kо‘rsatkichi hujayra devorlari bо‘ylab bargning havoga bevosita chegara qismlariga 
tomon kamayib boradi. Suv yо‘qotilishining asosiy sababi ham konsentratsiyalar farqi hisoblanadi. Bu 
barg va uning atrofidagi haroratga ham bevosita bog‘liq.
 
Suv yо‘qotilishi karshilik kuchi bilan ham boshqariladi.Suv yо‘qotilishining ikkinchi omili 
transpiratsiya yо‘lidagi diffuz qarshiliklar hisoblanadi va u 2 ta har xil tarkibdan iborat.
 
1.
Ustitsa teshiklaridagi qarshilik kuchi. 
2.
Barg yuzasidagi harakatsiz havo qatlamining qarshiligi. Bu qatlam Tashqi havo qatlamiga 
aralashishga moyil bо‘lmaydi. 
Ikkinchi qarshilik kuchi barg qatlamlari chetlarining qarshiligi deb ham yuritiladi. Biz hozir shu 
qarshilik kuchi haqida tо‘xtalib о‘tamiz.
 
Barg chetlari qatlamlari qalinligi shamol tezligi yordamida aniqlanadi. Barg atrofidagi havo 
qatlamining harakatsizligi natijasida barg yuzasidagi aralashmaydigan havo qatlami qalinlashadi va suv 
bug‘lanishini kamaytiruvchi asasiy kuchlardan biri sifatida xizmat qiladi. Bunday sharoida Ustitsa 
teshiklarining kengayishi transpiratsiya amalga oshishi uchun kam ahamiyatli bо‘lib qoladi. 
(ustitsalarning tо‘liq yopilishi ham transpiratsiyani kamaytirsa ham)
 
Shamol tezligining oshishi bilan chegara qatlamlari о‘lchami kamayadi va bu sharoitda qatlam 
qarshiligi ham kamayadi va suv yо‘qotilishining nazorati izdan chiqadi transpiratsiya tezlashadi.
 
Bargning har xil morfologik va anatomik tuzilishi chegara qatlamiga ta’sir qilishi mumkin. Barg 
yuzasidagi tuklar mikroskopik sinishlarga uchrashi mumkin va bu siniqchalar barg ustitsalarini tо‘sib 
qо‘yadi. Barg о‘lchamlari va shakli ham shamol ta’sirining turlicha bо‘lishiga olib keladi. Bu omillarning 
barg chegara qatlamlariga soatlab yoki ku davomida ta’sir etsada, ular kam ahamiyatli deb hisoblanadi. 
Hujayralar tizimi yordamida ustitsa teshikchalarining nazorati barg transpiratsiya jarayonlarida muhim 
ahamiyat kasb etadi.
 
Barglarda suv bug‘lanishining ustitsalar yordamida nazorati va uning barg fotosintezigi 
ta’siri.Barg ustki qismlarining kutikulasi suv о‘tkazmaqsada, suv transpirayiyasi barg ustitsalari orqali 
amalga oshadi. Mikroskopik ustitsalar epidermis va kutikula orqali gazlar diffuziyasi uchun kam 
qarshilikka uchrovchi yо‘l hisoblanadi. YA’ni ustitsa teshikchalari barglardan suv yо‘qotilishi diffuziyasi 
uchun qarshilikni kamaytiradi. Bu qarshilikning о‘zgarib turishi barglarda suvning bug‘latilishi va 
fotosintez jarayonlari uchun zarur bо‘lgan havodagi karbonad angidrid gazi yutilishi uchun muhim 
ahamiyatga ega.
 
Barcha yer usti о‘simliklari suv yо‘qotishni oldini olish bilan birga, havodagi karbonad angidrid 
gazini о‘zlashtirish uchun raqobatlashadilar. Ularning tashqi qavatini о‘rab turuvchi qatlamlari nafaqat 
suv yо‘qotilishining oldini oladi, balki ularni tkrli xil tashqi ta’sirlardan himoyalaydi, ularni qurib 


qolishdan asraydi. О‘simliklar havodan karbonad angidridni yutmasdan suvning tashqi diffuziyasini 
tо‘xtata olmaydilar chunki karbonad angidrid yutilish bosimi gradiyenti suv yо‘qotilishi gradiyent 
bosimigi nisbatan biroz kam bо‘ladi.
 
Suvning ustitsalar orqali harakati faqatgina kunduzi yuz beradi chunki kechasi ustitsa 
teshikchalari yopiladi. Tungi paytda fotosintez jarayoni ham sodir bо‘lmaydi, karbonad angidrid gaziga 
ehtiyoj yoо‘qoladi va ustitsalar teshikchalari qisqarishi evaziga ortiqcha suv yо‘qotilishi kamaytiriladi. 
Erta tongda tuproqda suv harakati boshlanadi va quyosh nurlari ta’sirida fotosintetik faollik oshadi, 
karbonad angidridga bо‘lgan ehtiyoj kо‘payadi. Ustitsalar teshikchalari kengayadi va ustitsalarning 
karbonad angidrigiga nisbatan turg‘unligi kamayadi. Bu usuldagi suvning transpiratsiyasi о‘simliklar 
о‘sishi va kо‘payishi uchun zarur fotosintez mahsulotlari hosil bо‘lishiga yordam beradi.
 
Boshqa tomondan, quyoshli kunlarda ham tuproqdagi suv miqdorining kamligi sharoitida 
ustitsalar teshikchalari kam ochiladi yoki umuman yopiq holatda bо‘ladi. Bu usul yordamida о‘simliklar 
suvsizlanib qolishdan himoyalanadilar. Ustitsalar qarshiligi ustitsalar teshikchalarining ochiqligi va 
yopilishi evaziga ham nazorat qilinishi mumkin. Bu biologik nazorat hujayralarni tutashtiruvchi, 
ustitsalarni о‘rab turuvchi maxsus epidermal hujayralar tomonidan amalga oshiriladi.
 
Hujayralarni tutashtiruvchi hujayra devorlari maxsus tuzilishga ega.Tutashtiruvchi hujayralar 
barcha yashil о‘simliklar qatori kurtaklilar va mozlarda ham uchraydi.Sigler hujayralari sezilarli 
morfologik tafovutga ega. Ulr ikki asosiy turga ajratiladi: Bir turi о‘simliklar va palma kabi bir urug‘li 
о‘simliklarga xos, ikkinchi turi esa barcha ikki urug‘li о‘simliklar va mox, paparotnik va ochiq 
urug‘lilarga ham xos.
 
О‘simliklarda tutashtiruvchi hujayralar shishsimon oxirgi qismlarda joylashadi va gantelsimon 
kо‘rnishdagi shaklga ega. Aytib о‘tilayotgan teshikchalar ikkita tutashtiruvchi gantelning qо‘lchalarida 
joylashadi. Bu tutashtiruvchi hujayralar yon tomonlaridan tutashtiruvchi hujayralarga ustitsa 
teshikchalarini nazorat qilishga yordam beruvchi ikkita differensiyalangan epidermik hujayralar bilan 
himoyalanib turadi. Tutashtiruvchi hujayralar, yordamchi hujayralar va teshikchalar birgalikda ustitsa 
tizimi deb ataladi.
 
Ikki urug‘li о‘simliklarda, bir urug‘li о‘simliklarda, kurtaklilarda tutashtiruvchi hujayralar 
teshikchalardan markazga qarab elliptik konturga ega bо‘ladi. Kurtakli о‘simliklarda ikki jinsli hujayralar 
kam uchraydi ba’zida esa umuman uchramaydi. Bu holatda himoyalovchi hujayralar epidermisning 
odatiy hujayralaribilan о‘ralgan bо‘ladi.
 
Tutashtiruvchi hujayralarning asosiy ajralib turuvchi xususiyati ularning devorlarining maxsus 
tuzilishga ega bulganligi bilan ifodalanadi. Bu devorlarning ayrim qismlari qalinlashgan bо‘ladi va oddiy 
qismlaridan 1-2 rm dan ba’zida 5 rm о‘lchamgacha farq qiladi. Kurtakli о‘simliklarda tutashtiruvchi 
hujayralar juda qalik ichki va tashqi devordan, yupqa tayansch devori (epidermis hujayralarigi tutashgan 
holda), va biroz qalinlashgan teshikchalar devorlaridan iborat bо‘ladi.
 
Muhim omil hisoblanuvchi va о‘simliklarning barcha hujayralarini devorlarini mustahkamlovchi, 
hujayra shaklini hosil qiluvchi sellyuloza mikrotolalarining silliqlanishi, ustitsa teshikchalarining ochilishi 
va yopilishi jarayonida asosiy rol о‘ynaydi. Silinda shaklidagi odatiy hujayralarda sellyuloza mikrofibril 
tolalari hujayraning uzun о‘qiga nisbatan kо‘ndalang joylashgan bо‘ladi. Natijada hujayra о‘z о‘qi 
uzunasi yо‘nalishiga qarab kengayadi. Chunki skllyuloza tolalari tо‘g‘ri burchak bо‘ylab tushadigan ta’sir 
kuchini kamatstiradi.
 
Tutashtiruvchi hujayralar mikrofibrillalari tuzilishi bir- biridan farqlanadi. Kurtaksimon 
tutashtiruvchi hujayralar teshikchalardan radial yо‘nalishda mikrofibril tolalarga ega bо‘ladi. Shu usulda 
hujayraning tashqi о‘rab turuvchi qavati va ustitsalar ochilgan paytda tutashtiruvchi hujayralar egiluvchi 
qismlari mustahkamlanadi. О‘simliklarda gantelsimon tutashtiruvchi hujayralar shishgan barg qismlari 
bilan birgalikda tutib turuvchi asoslarni hosil qiladi va nayzasimon katakchalar xajmi oshadi va shishadi. 
Qopchalar bir-biridan uzoqlashadi va ular orasidagi tirqishlar kengayadi.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish