1-mavzu: O'rta asrlarga kirish. O'rta asrlar tarixi manbalari.
I-topshiriq.
Quyidagi savollarga javob bering:
1.O'rta arlar deganda nimani tushunasiz?
2.O'rta asrlar tushunchasi qachon paydo bo'ldi?
3.Medivistlar deganda kimlarni tushunasiz?
4.O'rta asrlar davri qaysi asrlarni o'z ichiga oladi?
5.Ilk o'rta asrlar davri. Bu davrning xarakterli xususiyati.
6.Natural xo'jalik deganda nimani tushunasiz?
7.Rivojlangan o'rta asrlar davri. Uning xarakterli xususiyati.
8.O'rta asrlar tarixi manbalarni turkumlang.
9.V-XI asrlarYevropa tarixiga oid manbalarni muhimlarini ko'rsating.
10.O'rta asrlar tarixining kishilik jamiyati taraqqiyotidagi o'rnini ko'rsating.
II-tposhiriq.
1.Quldor va feodalning o'xshash va farq tomonlarini qiyosiy tahlil qiling.
2.Qul va dehqon o'rtasidagi o'xshash va farq qiluvchi tomonlarini qiyosiy tahlil qiling.
Javoblar.
1. Oʻrta asr, oʻrta asrlar — tarix fanida jahon tarixining qadimgi dunyo tarixi bilan yangi tarix oraligʻidagi davrni ifodalash uchun qabul qilingan atama. Oʻrta asr tushunchasi 15—16-asrlarda italyan tarixchilari asarlarida vujudga kelgan, fanda 18-asrdan qaror topgan. Dastlab Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari tarixiga nisbatan ishlatiladi.
2. Oʻrta asrlar- lotinchadan “medium aeuum” (oʻrta asr) tarzida ilk bor ilmiy adabiyotlarga Italiya gumanistlari tomonidan kiritilgan. 15- asrda yashagan tarixchi Flabio Biondo oʻzining “Rim imperiyasining qulashidan buyongi tarixi” asarida 410-1410- yillarni “oʻrta asr” deb nomlab, uni gumanistlarning ilhom manbai boʻlgan antik davrdan ajratgan
3. Medivist- o‘rta asrlar tarixini o‘rganuvchi.
4. Oʻrta tarix yoki koʻproq oʻrta asrlar tarixi deb atalgan tarixning xronologik chegaralari turli vaqtlarda turlicha belgilanib kelgan.Ba'zi tarixchilar oʻrta asrlar tarixi Konstantin Buyuk podsholik qilgan davrdan ya'ni 4 asr boshlaridan boshlanib, 1453-yilda Konstantinapol qulashi tamom deb hisoblaganlar.19-asr tarixchilari oʻrta asrlar tarixining xronologik chegaralari 476-yildan Gʻarbiy Rim imperiyasi qulagan yildan boshlanib, 1492-yil Amerika kashf etilgan yil bilan tugaydi deb hisoblaganlar.
5. Ilk oʻrta asr- V asrdan boshlab taxminan XI asr oxirlarigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi,bu davr feodal tuzumining tashkil topishi, feodal jamiyatning asosiy iqtisodiy hujayrasi boʻlgan feodal pomestesining vujudga kelishi, feodallar tabaqalarining va feodal iyerarxiyasi deb atalgan iyerarxiyaning tashkil topishi, oʻrta asr feodal Yevropasida asosiy ideologik kuch boʻlgan katolik cherkovi ta'sirining butun Gʻarbiy Yevropaga yoyilishi davridir.
6. Natural xoʻjalik sharoitidagi iqtisodiy munosabatlar ham sodda boʻladi, ular uzoq vaqt, hatto asrlar davomida, hech bir oʻzgarishsiz saqlanib qoladi. Natural xoʻjalikning eng muhim belgisi uning bozordan ajralgan boʻlishidir. Bu xoʻjalikda pul munosabati boʻlmaydi, yaratilgan mahsulotni xoʻjalikning oʻzi xonaki qayta ishlaydi. Natural xoʻjalik ibtidoiy davr va oʻrta asrlarda rivoj topgan. Tovar xoʻjaligiga asoslangan bozor munosabatlariga oʻtilgach, u oʻz ahamiyatini yoʻqotadi.
Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi Natural xoʻjalik miqyosini qisqartiradi, soʻngra amalda toʻliq siqib chiqaradi. Lekin uning ayrim unsurlari jahon iqtisodiyotida saqlanib kelmoqda. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda uning ahamiyati katta emas. Aholi turmush darajasi past, ilmiy-texnika potensiali yuqori boʻlmagan, ijtimoiy-qtisodiy munosabatlar rivojlanmagan mamlakatlarda Natural xoʻjalik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, uy-joy qurilishi, hunarmandchilik va boshqalarda ham muayyan rol oʻynab kelmoqda.
Natural xoʻjalikning ayrim koʻrinishlari 21-asr boshlarida ham Osiyoning togʻli hududlarida, Afrika va Lotin Amerikasining (Amazonka) oʻrmonzor va chakalakzorlarida ovchilik va terimchilik bilan shugʻullanadigan qabilalarda saqlanib qolgan
7. Rivojlangan oʻrta asrlar - XI-XV asr oʻrtalarini oʻz ichiga oladi.Bu davrda feodal ishlab chiqarish usuli qishloqda toʻla rivojlanibgina qolmay, balki sex hunarmandchiligiga va oʻziga xos shahar ijtimoiy tuzumiga ega boʻlgan oʻrta asr shaharlari ham rivojlanib , muvaffaqiyatga erishdi.Bu tuzumning xususiyati shaharlarning feodallar hukumronligidan ilk xalos boʻlishi, erkin shahar deb atalgan shaharlarning yoki respublika-shaharlarning vujudga kelishidir.Markazlashgan yirik davlatlar tashkil topdi.
8. O'rta asr tarixiy manbalarining turkumlari:
1) Tabiiy - geografik manbalar. Ular orqali atrof -muhit, ekologiyaning oʻsimliklar va inson faoliyati ta'siriga uchragan yoki aniq geografik xususiyatlarini ifodalaydigan jihatlari oʻrganiladi.
2) Moddiy manbalar. Ularga asosan oʻrta asrlardan saqlanib qolgan saroylar , ibodatxonalar , qasrlar, qal'alar yoki ularning qoldiqlari kiradi.
3) Etnografik manbalar.Ular qatoriga bizga qadar saqlanib qolgan an'anaviy texnologiyalar , uy- joylar, kiyim-kechaklar, taomlar, idishlar yoki ular haqidagi yozma malumotlar kiradi.
4) Badiiy- tasviriy ashyolar sirasiga oʻz davrining badiiy asarlari, meʼmorchilik inshootlari bezaklari, rasmlar, haykallar va amaliy sanʼat buyumlari kiradi.
5) Yozma manbalar: yilnomalar , solnomalar, turli matnlar, yozma hujjatlar, hisobotlar, yozishmalar va boshqalar kiradi.
9. Yangi davrning boshlangani ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti, shaharlarning yuksalishi, markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi, yer egaligiga asoslangan jamiyat va madaniyat taraqqiyoti manbalar mazmunida ham nomoyon boʻladi.Ular faqat son jihatdan yuksalibgina qolmasdan, turlari koʻpayib , murakkablashib boradi.Ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, pul tovar munosabatining taraqqiyoti, shartnoma va oldi-sotdi ishlarini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish, boshqaruv maʼmuriyatini takomillashtirish, uning vakolatlarini kengaytirish ehtiyoj lari rasmiy ish yuritish va uni hujjatlashtirishga ham oʻz taʼsirini oʻtkazdi.
Oʻrta asrlarning yozma merosi ham yuz minglab, turli xil va mazmundagi rasmiy, diplomatik yozishmalar va maktublardan tortib, badiy mazmundagi yozishmalargacha boʻlib, ular ham maʼlum qiymatga egadir.
Adabiyotga oid manbalar- ritsarlar jangnomalari, trubadur va vagantlar she'rlari, xalq qoʻshiqlari va qissalaridan iborat boʻlib, ular ham oʻzining xilma-xilligi bilan ajralib turadi.
10. Bir vaqtlar burjua tarixchilari oʻrta asrlar tarixiga nafrat bilan qaragan edilar.Ular oʻrta asrlarni boshdan oyoq "varvarlik", "jaholat", "fanatizm" hukm surgan zamon deb tushundilar.Oʻrta asrlar tarixiga boʻlgan munosabat fransuz revolyutsiyasidan keyin oʻzgardi."Romantizm" maslagi deb atalgan maslagdagi tarixchilar oʻrta asrlar jamiyati aksincha " buzilgan", " sivilizatsiyali", "yangi" jamiyatga qarama- qarshi boʻlgan ideal jamiyat deb hisobladilar.Feodalizm davrida ijtimoiy sharoitlar ishlab chiqaruvchi kuchlarning oʻsishi uchun, binobarin, pirovard oqibatida madaniyatning rivojlanishi uchun ham ilgari vaqtdagiga, ya'ni ibtidoiy jamoa va quldorlik tuzumi vaqtidagiga qaraganda ancha qulay boʻlgan. Gʻarbiy Yevropada oʻrta asrlar tarixining yana boshqa bir qiziq tomoni ham bor.Bu tarix bizni hozirgi Yevropa xalqlarining kelib chiqishi va millat-millat boʻlib tarkib topishining konkret tarixi bilan tanishtiradi. Fransuzlar, inglizlar, nemislar, ispanlar, italyanlarni va Yevropadagi boshqa hozirgi xalqlarni hamda ularning barcha milliy belgi va xususiyatlarini, bu xalqlarning dastlabki tarixi bilan tanishib chiqilgan vaqtdagina to'g'ri tushunish mumkin. Ularning dastlabki tarixi xuddi shu o'rta asrlarga to'g'ri keladi. Sharqiy, g'arbiy va janubiy slavyan xalqlari-ruslar, chexlar, pyklar, bolgarlar, serblar va boshqalar to'g'risida ham xuddi shunday demoq kerak.
II- topshiriq.
1. O'rta asrlar kishilik jamiyati Yevropada "Feodal", O'rta Osiyoda esa "yer egaligi jamiyati" deb ataladi. "Feodal" lotincha "feod" so'zidan olingan. Ma'lum xizmat evaziga qirol tomonidan berilgan va meros bo'lib qoladigan yer-mulkka "Feod" deyilgan. Feod egasi esa feodal deb atalgan. Feodal jamiyati-yer egaligiga asoslangan jamiyatdir. Yevropada yer-mulk egasi feodal deb atalgan. Feodal o'z yerlarining bir qismini dehqonlarga chek yer qilib bo'lib bergan. Buning evaziga dehqonlar feodallarning yerlarini ishlab berganlar. Dehqonlar o'zlariga berilgan chek yerlarida yetishtirgan hosildan ma'lum qismini feodalga soliq sifatida to'laganlar...
2. O'rta Osiyoda yer egaligi jamiyati Yevropadagidan farq qilgan. Osiyoda davlat hukmdori yerlarning oliy egasi hisoblangan. Yer maydonlarining ma'lum qismi bevosita davlat mulki hisoblangan. Davlat hukmdorlari va katta yer egalari yerlarini dehqonlarga ishlash uchun ijaraga bo'lib berganlar. Ijarachilar o'sha yerlarda yetishtirgan hosilning belgilab qo'yilgan ma'lum qismini soliq sifatida topshirganlar.
Osiyoda Yevropadagidek yer egasining yerini ishlab berish majburiyati bo'lmagan. Yevropada yong'ingarchilik ko'p bo'lganligi uchun dehqonchilk rivojlangan. Osiyoda esa bunday imkoniyat bo'lmagan. Yog'ingarchilik tanqisligi sababli, yerlarning namlik miqdori ancha past bo'lgan. Bunday sharoitda sun'iy sug'orishga ehtiyoj bo'lganligi tabiiy. Shuning uchun ham Osiyoda yer egalari uchun yerlarning hammasini dehqonlarga ijaraga bo'lib berish foydali bo'lgan. Negaki bu bilan sug'orish inshootlarini doimoiy tozalab turish imkoniyati ham dehqonlar zimmasiga tushadi.
Osiyo va Afrika mamlakatlarida o'troq dehqon va ko'chmanchi qabilalar, xalqlar oradidagi munosabatlar muhim o'rin tutgan. Chunki ushbu mamlakatlarda ko'chmanchi chorvachilik xo'jaligi asrlar davomida saqlanib kelgan. Agar dehqonlar bilan chorvadorlar o'rtasida ayrboshlash bo'lsa, jamiyat yuksalgan......
Tarix yo'nalishi 19.74-guruh talabasi
XAMIDOV SHUKURULLOH
Do'stlaringiz bilan baham: |