1-mavzu: “O’qituvchi nutqi madaniyati” fanining maqsad va vazifalari Reja: «O’qituvchi nutqi madaniyati»



Download 480,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana31.12.2021
Hajmi480,83 Kb.
#220722
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MARUZA. (2)

«Muzlar  eridi,  kunlar  isib  ketdi»  shaklida  o’zgartirib  ko’rilsa,  yana  har  bir  gap 

ifodalagan  fikr  ham,  so’zlarning  birikishi  ham  to’g’riligicha  qolaveradi.  Biroq 

mantiq  buziladi.  Demak,  bu  qo’shma  gap  qismlarining  o’rinlashish  tartibi  faqat 

birinchi holatdagi kabi bo’lishi lozim. 

Ko’rinadiki, lisoniy vositalarni yuqoridagi kabi noto’g’ri qo’llash, birinchidan 

nutqni  buzsa,  ikkinchidan  mantiqiylikka  va  ta’sirchanlikka  ta’sir  qiladi.  Demak, 

adabiy til me’yorining buzilishi, nutq sifatiy xususiyatiga salbiy ta’sir qiladi. Ana 

shuning  uchun  ham  nutq  madaniyati  sohasi  tilshunoslik  fani  bilan  –  me’yoriy 

grammatika bilan chambarchas bog’liq holda bo’ladi va unga tayanadi.  

Nutq  madaniyati  sohasining  leksikologiya  va  semasiologiya  sohalari  bilan 

uzviy  bog’liqligi  hech  shubhasizdir.  Nutqiy  aniqlik  va  mantiqiylikni  tilning  so’z 

boyligini  egallamasdan,  har  bir  so’zning  ma’nolarini  aniq  bilmasdan  turib 

ta’minlash  mumkin  emas.  Jumladan,  tildagi  sinonimlarning  yaxshi  bilmasdan 

turib,  tushunchalarni  aniq  ifodalab  bo’lmaydi.  Masalan,  yuz  so’zi  anglatgan 




tushuncha  bilan  bashara  so’zi  anglatgan  tushuncha  bir  xil  emas:  Basharangga 

odam  qarab  bo’lmaydi,  yuzingga  odam  qarab  bo’lmaydi  gaplarini  olib  qaraylik. 

Bu  ikkala  gap  ma’nosida  go’yo  farq  yo’qdek.  Biroq  birinchi  gapda  shaxsning 

butun  gavdasi,  ust-boshi  ko’zda  tutilsa,  ikkinchi  gapda  yuzi  ko’zda  tutiladi. 

Demak,  yuz  va  bashara  so’zlari  o’zaro  sinonim  bo’lsa-da,  ular  anglatayotgan 

tushunchalar bir-biridan farq qiladi. 

Tilning so’z boyligini, uning sinonimlar, antonimlar, omonimlar sistemasini, 

har  bir  so’zning  o’ziga  xos  ma’no  va  grammatik  xususiyatlarini,  ularning  o’zaro 

munosabatlarini  yaxshi  bilish  –  nutqning  tozaligi,  ta’sirchanligi,  ifodaliligi, 

qisqaligi kabi ko’pgina boshqa aloqaviy sifatlarni ham ta’minlaydi. 

Demak,  tilning  lug’at  tarkibini  yaxshi  bilmasdan  turib,  boy  nutqga  erishib 

bo’lmaydi. Nutq madaniyati ilmiy tarmoq sifatida lug’atshunoslik (leksikografiya) 

bilan  uzviy  aloqadorligipi  ko’rsatadi.  Shu  o’rinda  S.Akobirovning  quyidagi  fikri 

juda  ahamiyatlidir:  «Fikrni  qisqa,  aniq  va  to’g’ri  ifodalash  uchun    muvofiq  so’z 

topish kerak bo’lgan hollarda ham lug’atlardan foydalaniladi». 

Nutq  madaniyati  sohasining  tekshirish  ob’ekti  nutqning  aloqaviy  sifatlari 

yig’indisi  va  tizimini,  ularni  ta’minlovchi  shart-sharoitlar,  shu  sifatlarning 

takomillashuvi,  rivoji    yoki  qoloqlashishi,  pasayishi  kabilarni  o’z  ichiga  olsa; 

uslubiyat  sohasining  ob’ekti  til  va  nutq  uslublarini  o’rganishdir.  Modomiki, 

uslubiyat nutq uslublarini ham o’rganar ekan, xuddi shu holatda nutq madaniyati 

bilan uning munosabati vujudga keladi. Chunki nutq madaniyati haqidagi ta’limot 

o’z-o’zidan  til  uslublarini  batafsil  aks  ettirish,  har  bir  uslubning  o’ziga  xos 

tomonlarga  ega  ekanligi  imkoniyatlarining  yoritilishiga  ehtiyoj  sezadi.  Chunki 

nutqning  aloqaviy  sifatlari,  odatda  har  bir  uslub  doirasida  o’zgarishi,  biri  bir 

uslubda yaxshiroq namoyon bo’lgani holda, ikkinchisi boshqa bir uslubda sustroq 

namoyon  bo’ladi.  Masalan,  publitistik  uslubda  aniqlik,  to’g’rilik  birinchi  o’ringa 

chiqsa  va  yaxshiroq  namoyon  bo’lsa,  badiiy  uslubda  ifodalilik,  tasviriylik, 

obrazlilik, mantiqlilik kabi sifatlar birinchi o’ringa chiqadi. Badiiy uslubda badiiy 

tasvir vositalaridan keng foydalaniladi. Shuning uchun ham ba’zan, badiiy uslubda 

eskirgan  va  lahjaviy  so’zlardan  ham  foydalaniladi,  ba’zan  so’z  shakllarining 

o’zgartirilishiga  ham  ruhsat  etiladi.  Nutq  madaniyati  haqidagi  ta’limot  nutq 

uslublarining  nutq  aloqaviy  sifatlariga  ba’zan  ijodiy,  ba’zan  salbiy  ta’sir  qilishi 

bilan  bog’liq  bo’lgan  masalalarni  ham  o’rganadi.  Chunki  kishilar  har  qanday 

sharoitda va o’z faoliyatlarining hamma sohalarida bir-birlari bilan aloqada bo‘lar 

ekanlar,  ularning  har  biri  o’z  tilidagi  lug’aviy  grammatik  va  boshqa  vositalarni 

tanlab ishlatishga harakat qiladi. 

Ko’rinadiki,  uslubiyat  va  nutq  madaniyati  bir-birini tamomila  inkor  etmaydi 

aksincha,  bir-birini  to’ldiradi,  alohida-alohida  soha  bo’lishlariga  qaramay,  bir-biri 

uchun xizmat qiladi. 




Nutq madaniyati ilmiy soha sifatida mantiqshunoslik va ruhshunoslik fanlari 

bilan chambarchas aloqada bo’ladi. Ma’lumki, mantiqiy tushunchalar va hukmlar 

bilan  ish  yuritadi.  Madomiki,  tushunchalar  so’z  bilan;  fikrlar,  hukmlar  gap  bilan 

ifodalanar  ekan,  ana  shu  so’zlar  va  gaplar  bilan  ular  ifodalagan  tushunchalar  va 

hukmlarning  bir-biriga  mos  kelgan-kelmaganligi,  ular  o’rtasida  zidlikning  bor-

yo’qligi muhimdir. 

Ma’lumki,  so’zlar  ko’p  ma’noli  bo’ladi  va  ular  bir  necha  tushunchani 

ifodalashi mumkin: oyoq – odamning oyog’i, stulning oyog’i, mashinaning oyog’i 

kabi.  Shuningdek,  so’z  o’zgarmay  qolgani  holda  tushuncha  o’zgarib  ketishi 

mumkin: domla tushunchasi o’zgargan, so’z o’sha-o’sha. 

Xuddi shuningdek, har bir hukm albatta ma’lum bir gap orqali ifodalansa-da, 

ba’zan  gap  bilan  hukm  bir-biriga  mos  kelmay  qolishi  ham  mumkin.  Masalan, 

farzandni  kim  sevmaydi,  deysiz?  gapi  so’roq  gap,  inkor  shaklida,  biroq  undan 

tasdiq hukmi anglashiladi. Ritorik so’roq gaplar ana shunday xususiyatlarga egadir. 

Bir hukm ba’zan bir necha gap orqali ham ifodalanishi mumkin. Buning natijasida 

sintaktik  sinonimiya  vujudga  keladi.  Men  bu  kitoblarni  ukam  yaxshi  o’qisin  deb 




Download 480,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish