Mahoratli pedagog bo‘lishning faoliyat yo‘nalishlari
1. O‘quv pedagogik faoliyat yo‘nalishi. O‘qituvchi ta’lim yo‘nalishidagi qonunlarni, Respublika Prezidenti farmonlari va qarorlarini, Hukumati qarorlarini, Xalq ta’limi vazirligining me’yoriy hujjatlarini, mamlakatning iqtisodi va siyosatiga doir ma’lumotlarni, mutaxassislik fani, uni o‘qitish metodikasi, pedagogika, psixologiya va yondosh fanlar asoslaridan etarli darajada bilimlarni uzluksiz ravishda o‘qib o‘rganishlari talab etiladi.
2. SHaxsiy faoliyat yo‘nalishi. Bu yo‘nalishda o‘qituvchi o‘zining kasbiy-shaxsiy faoliyatiga, hamkasblariga, o‘quvchilariga va ularning ota-onalariga munosabatining loyiqligi va munosibligi ustida tinimsiz izlanishda bo‘lishi, yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslik, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarining oldini olish va yutuqlarini oshirib boorish ustida doimiy tanqidiy ijodiy izlanishda bo‘lmog‘i darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |