1. Mavzu: O‘qituvchi kasbiy faoliyatining mazmuni va xususiyatlariga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar (2-soat). Reja


Pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishga ega bo‘lishi



Download 53,87 Kb.
bet8/30
Sana31.12.2021
Hajmi53,87 Kb.
#198347
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
1-maruza matni

Pedagog shaxsining insonparvarlik yo‘nalishga ega bo‘lishi-ta’lim oluvchi shaxsini hurmat qilishi, ayrim muammolarni o‘zini ta’lim oluvchi o‘rnida sezib hal etishi, adolatli bo‘lishi, pedagogik faoliyatning bosh maqsadini – jamiyat, davlat va oila oldida o‘zining mas’uliyatini chuqur anglaydigan, erkin fikrlovchi, ma’naviyati yuksak, Vatanparvar, elparvar, barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat deb bilishi kerak. Buyuk mutafakkir bobokolonimiz Ibn Sino o‘qituvchi shaxsida halollik, adolat, poklik, mehnatsevarlik, fidoyilik, odamgarchilik kabi xislatlarni qadrlagan.

Insonparvar bo‘lish, mahoratli pedagog faoliyatining barcha jihatlarini qamrab oladi va uning aniq vazifalarini belgilab beradi. Insonparvarlik deganimizda, ta’lim

oluvchilarning dini, irqi, millati, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, ularning barchasiga bir xil munosabatda bo‘lish tushuniladi. Har bir ta’lim oluvchiga insonparvarlik nuqtai nazaridan yondoshish darkor.

Bolalarni seva olish, ularga o‘z ota-onalaridek mehribonlik ko‘rsata bilish, mohir pedagogning muhim insonparvarlik fazilatlaridan biridir. Pedagog har doim, hamma vaqt ta’lim oluvchilarga mehribonlik ko‘rsata olishi lozim. O‘z ta’lim oluvchisi to‘g‘risida, shoshma-shosharlik bilan xulosa chiqarmasligi kerak.

Ta’lim oluvchilar orasida o‘qituvchining “sevimli” yoki “yomon” ko‘radigan tarbiyalanuvchilarning bo‘lishi, o‘quvchilarda ustozga bo‘lgan hurmatni so‘ndiradi. Har qanday bo‘sh va past o‘zlashtiradigan, “tarbiyasi qiyin” ta’lim oluvchi bilan ishlaganda pedagog o‘quvchidagi bilinar bilinmas, lekin eng muhim ijobiy fazilatlarni topa olishi va undagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda ulardan mohirlik bilan foydalanishi kerak.

Pedagog shaxsiy fazilatlari tizimida pedagoglik faoliyatga bo‘lgan ehtiyoj nomli muhim kasbiy yo‘nalish mavjudki, u pedagogik mahoratni egallashda alohida rol’ o‘ynaydi. Ehtiyoj arab tilida zarurat, zaruriyat, muhtojlik, ichki undovchi ma’nolarini anglatadi. Bunday professional xususiyatlarni olimlarimiz S.Baranov va boshqalar shunday izohlaydilar: pedagogik faoliyatga bo‘lgan ehtiyoj professional mahoratdagi pedagog shaxsiy fazilatlarini belgilovchi qimmatli bahodir, u o‘zida: “...bolalarga qiziqish va muhabbatni; pedagogda ishga havasni; psixologik-pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlikni mujassamlashtiradi”.

Pedagogning ta’lim oluvchilarga nisbatan mehribonligi, hayrixohligi, bolalarni sevishi, insoniy talabchanlik asosida ko‘rilmog‘i lozim. Insonparvarlikka asoslangan talabchanlik ta’lim oluvchilarni intizomga chaqiradi, o‘z hulq-atvori to‘g‘risida o‘ylashni, o‘ziga boshqalar ko‘zi bilan qarashni, salbiy xususiyatlarini qayta tarbiyalashni, ijobiy fazilatlarini takomillashtirishni yo‘lga qo‘yishga da’vat etish muddaosiga erishadi. Buning uchun pedagog talabning me’yorini bilishi lozim. Talab istiqbolli bo‘lib, bolaning kelajak hayoti, faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.

SHu bilan birga, pedagogning o‘zi milliy qadriyatlarning mohiyat mazmunini chuqur anglashi, ularga hurmat e’tiqodili bo‘lishi, islom odabiga rioya etishi zarur.

Ijtimoiy hayot qonunlarini aniq tushunish, milliy-axloqiy qadriyat, mafkura mazmunini anglash, ta’lim oluvchilarda ajdodlar ruhiga hurmatni, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

SHunday qilib, pedagog shaxsiy fazilatining muhim omili, o‘tmish merosini mukammal bilish, qadriyatlar, urf-odatlar mazmunini anglash, ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini tushunish orqali ilmiy dunyoqarashni o‘zida tarbiyalay olgan bo‘lishi kerak. Uluglarimiz ta’biri bilan aytganda, tarbiyachining o‘zi tarbiyalangan bo‘lmog‘I darkor.




Download 53,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish