Sudlov amaldagi qonunlar doirasida olib borilsa-da, sodir etilgan jinoyat yoki qonunbuzarlikka munosabat bildirishda ishtirok etayotganlarning manfaatlari bir-biriga zid keladi va ular qoralovchi-oqlovchi mazmunida ikki qutbga ajraladilar. Oraliq pozisiyada qonun va adolat pozisiyasida turgan sudya esa sodir etilgan voqyea-hodisa yuzasidan barcha dalillar va davolarni tahlil qiladi va tegishli hukm chiqaradi. Mana shu jarayonda xizmat vazifasi va manfaatidan kelib chiqib, ularning har birining oz nutqi shakllanadi. Bu nutqlar quyidagicha nomlanadi: prokuror nutqi, jamoatchi-qoralovchi nutqi, advokat nutqi, sudlanuvchining oz-ozini himoya qilish nutqi va hukm shaklidagi sudya nutqi kabilar.
Odil sudlovni amalga oshirishda sudya bilan bir qatorda prokuratura va advokatura organlari zimmasiga ham katta vazifalar yuklatiladi. Chunki bu organlarning vakillari sudlov jarayonida koplab jinoiy va fuqarolik ishlarini korib chiqishda bevosita ishtirok etishib, tomonlar manfaatini himoya qilishadi.
Prokurorning vazifasi ishni korib chiqish jarayonida sudlanuvchining aybini isbotlashdan iborat bolsa, advokat jinoiy javobgarlikka tortilayotgan kishiga huquqiy yordam korsatishni ozining asosiy ishi deb biladi. Ularning ikkalasi ham sud muhokamasida muhim ahamiyatga ega bolgan malum jinoyat va qonunbuzarlikka oid oz munosabatlarini ogzaki nutqi orqali bayon qilishadi hamda shu yol bilan malum faktlarga oid masalalarning oydinlashishiga, binobarin, sudning togri va obyektiv xulosaga kelishiga, qonuniy va asosli hukm chiqarishiga komaklashadi.
Ayblovchi ham, himoyachi ham jinoyat tarkibini qarab chiqar ekan, uning davlat manfaati uchun va ijtimoiy xavflilik darajasini, qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini chuqur tahlil qiladi. Bularning barchasi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bolib, sudlanuvchi uchun ham, sud auditoriyasi uchun ham tasir qiladi. Ana shuning uchun ham sud jarayonida ijro etiladigan nutqlarga faqat ishni korib chiqish jarayonidagi xizmati nuqtai nazaridan emas, balki tarbiyaviy ahamiyati nuqtai nazaridan ham baho berilishi lozim boladi. Har ikkala tomonning nutqlari qanchalik batafsil va yorqin bolsa, sudda ishtirok etuvchilar ongida chiqarilgan hukm haqida, sudning odilligi haqida tasavvur ham shunchalik oydin boladi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, Vatanimizga mustaqillik bergan buyuk nematlardan biri demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat qurish va bunda sud faoliyatini mustaqil qilish, uni har qanday tazyiqlardan xalos etish bolgan ekan, odil sudlov jarayonida sodir etilgan jinoyatning mohiyatini ochish yolidagi bahslar ana shu demokratiyaning bir korinishi sifatida baholanadi. Shunday ekan sud jarayonidagi nutqlarning goyatda mazmunli va savodli, aniq va ishonarli bolishi odil sudlovning mezoni sifatida qaralishi lozim.
Ayni paytda, suddagi bazi nutqlar yuqoridagi talablarga javob berish bilan birga uzundan uzoq davatlardan iborat bolib, jinoyatning haqiqiy mohiyatini ochishga yordam berishdan kora, koproq kishilarning vaqtini olishi mumkin. Bu esa sud nutqi oldidagi masuliyatning naqadar katta ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Sud jarayonida ishtirok etishi lozim bolgan tomonlar tabiiyki, unga tayyorgarlik korishadi. Nutqiy tayyorgarlik ham shular jumlasiga kiradi. Masalan, sudya ham, prokuror va advokat ham dastlab korib chiqiladigan materialini sinchiklab organib chiqishadi. Guvohlar korsatmalarini tahlil qilishadi va qonun hamda prosessual talablar asosida oz pozisiyalarini aniqlab olishadi, sodir etilgan voqyea yoki jinoyatga baho berishib, uning yuridik va axloqiy jihatlarini hisobga olgan holda munosabat bildirishga tayyorgarlik korishadi. Har bir fikr qonuniy aktlar bilan taqqoslanadi, asoslanadi va ular ketma-ket tarzda joylashtiriladi. Shu tarzda nutq rejasi va sxemasi tuziladi va bunda nutq xulosasiga alohida ahamiyat beriladi.
Suddagi nutqni ijro etish jarayoni esa goyatda masuliyatli bolib, nutqlar bu jarayonning sudlanuvchi taqdirini hal qiladigan, kulminasion nuqtasi hisoblanadi. Tinglovchilar diqqatni tortish, aqli va hissiyotiga tasir qilish oson ish emas, albatta. Munozara, bahs, masala talashish (polemika), isbotlash, rad etish juda katta mahorat, bilim va mehnatni talab etadi.
Sud notiqligi notiqlik sanatining eng qadimgi korinishlari dan bolib, bahs va munozaralar asosiga qurilganligi bilan ajralib turadi. Garchi har ikkilalari ham sudda javobgarlikka tortilayotgan kishini yoki guruhni obyekt qilib olgan bolsalar-da, takidlaganimizdek, undagi prokuror va advokat nutqlari, jamoatchi-qoralovchi va jamoatchi-oqlovchi nutqlari mazmun-mohiyati va axloqiy-huquqiy yo’nalishi bilan bir-biridan farq qiladi va bu narsa bahs-munozaraga sabab bo’ladi. Bu bahs-munozaralar haqiqatning ro’yobga chiqishiga, sud hay’atining adolatli hukm chiqarishiga ko’maklashadi. Ђoyatda xolisonalik, obyektivlik, ayblanuvchi yol qoygan har bir holatni mayda-chuydasigacha tahlil qilish va dalillash, asoslash va huquqiy baho berish bu nutqlarga muvaffaqiyat keltiruvchi jihatlardir. Sodir etilgan jinoyatga va uni sodir etgan ayblanuvchiga aniq va togri tavsif berish va bunda ruhiy holatlarni hisobga olish ana shu xolisonalikning garovi bolib xizmat qiladi.
Sud jarayonida prokuror va advokatning umumiy manfaati adolatning royobga chiqishi mazmunida bir-birilariga mos kelsa-da, xususiy holatlarda ularning nutqi bir-biriga qarama-qarshi turadi va malum manoda ular sud jarayonida musobaqalashayotgandek tuyuladi.
Harqalay, sudda gapirish prokurorga yengilroq kechadi. Chunki u davlat nomidan gapiradi va bunda amaldagi qonunlarga tayanib ish koradi. Prokuror nutqining tuzilishi quyidagicha: sudlanuvchining sodir etgan jinoyatiga oid aniqlangan faktlar, tahlillarga asoslanib, uning barcha xatti-harakatlariga, agar mavjud bolsa, jamiyat oldidagi xizmatlariga, xullas axloqiy qiyofasiga tayanilib, korib chiqilayotgan ishga tavsif beriladi va bu nutq jazo chorasi yoki jazodan ozod etish haqidagi tavsiya bilan tugallanadi. Mustaqil ozbek davlati qonunchiligining oliy namunasi bolganligi uchun ham prokuror nutqida sudlanuvchining shaniga tegishi mumkin bolgan gaplarning qollanishi munosib emas. OzRning «Prokuratura togrisida»gi Qonuniga muvofiq juda katta huquq va imtiyozlar berilgan prokurorga, ayni paytda, katta huquqiy masuliyat ham yuklangan. Ana shuning uchun ham u oz huquqini suiistemol qilishi, sudda ayblanuvchini mensimagan holda nutq sozlashi uning obrosiga jiddiy putur yetkazadi.
Prokurordan farqli olaroq sud jarayonida nutq sozlash va sudlanuvchini himoya qilish, garchi u ham qonun himoyasida bolsa-da, advokatga qiyin kechadi. Advokat bor kuchi va imkoniyatini jazoni yengillatishga qaratadi. Shu yolda u diqqatni sudlanuvchining avval qilgan xizmatlariga, jamiyatda va oilasida tutgan mavqyei va obrosiga qaratadi, uni aybdor deb topishning prosessual jihatlarining togri yoki notogri amalga oshirilganiga etibor beradi. Uning nutqi insonparvarlik tuygusi bilan sugorilgan boladi.
Jinoyat tarkibiga, sudlanuvchiga bolgan munosabat nutqning ruhini belgilaydi. Qoralovchi yoki oqlovchida sodir etilgan faktning togriligi yoki notogriligi haqida ishonch bolishi kerak. Butun bir maruzaning mohiyatini va ruhini ana shu ishonch va qatiyat belgilaydi.
Sud munozarasida ishtirok etadigan jamoatchi-qoralovchi va jamoatchi-himoyachi nutqi sud jarayonidagi ikkinchi darajali nutq hisoblanadi hamda kamdan-kam holatlarda jinoyatdan jiddiy moddiy zarar korgan tashkilot manfaatini yoki bolmasin, bilmasdan jinoyat sodir etib qoygan, ammo jamoa ortasida obroga ega bolgan kishini himoya qilish zarurati paydo bolgan paytlarda sozlanadi. Ular oz mohiyatlariga kora prokuror va advokat nutqidan jiddiy farq qilmaydi. Shu bilan birga, ularning nutqlari jamiyatning axloqiy mayorlari bilan koproq sugorilgan boladi.
Oz-ozini himoya qilish nutqi sud jarayonidagi nutq korinishlaridan biri bolib hisoblanadi. Advokat nutqiga mazmunan yaqin turadigan bu nutqning ham sudlanuvchining suddagi mavqyei va ahvolidan kelib chiqib, ogir kechishi tabiiy. Chunki sudlanuvchining jinoyati isbotlanib turgan bolsa, uning suddan shafqat sorashdan boshqa imkoni bolmasligi mumkin.
Ular nutqining qaysi biri hayot va qonun mantiqiga togri keladi, qaysi birining sozi jozibali va sud hukmiga kuchliroq tasir qiladi, kabi savollar sud jarayonida mavjud bolib turadi. Lekin bugungi kunda bu nutqlar oldiga qoyiladigan talablar mohiyati ham ozgardi. Sud hukmiga tasir korsatish masalaning bir tomoni bolsa, ikkinchi tomondan, ular jamoatchilik ongiga va dunyoqarashiga ham tasir otkazish vazifasini ado etadilar. Mana shu manoda Ozbekiston Respublikasining mustaqillik davri sud jarayoni xalq manfaatini himoya qilishga qaratilganligi bilan boshqa davrlardagidan prinsipial farq qiladi. Uchinchi hokimiyat sifatida etirof etilayotgan sud hokimiyati adolat va haqiqatni bosh vazifasi deb qarash bilan birga oz faoliyatlarini tarbiya va ibrat maktabiga aylantiradilar.
Korinadiki, sudlovning insonlar taqdiri bilan bogliq goyatda murakkab jarayon ekanligi bu nutqlarni shakllantirishning notiqlik deb ataladigan oziga xos yolini belgilab beradi. Bu notiqlikning har biri oz tili va uslubiga ega bolgan notiqlikning alohida korinishlari bolib, yuqorida takidlaganimizdek, sud notiqligi tushunchasi ularni umumiy nom ostida shunchaki birlashtiradi, xolos. Shuning uchun ham ularning har birini alohida-alohida organish maqsadga muvofiq boladi.
Bu nutqlarning oziga xos jihatlari togrisida keyingi mavzuda batafsil toxtalamiz. Ushbu mavzuda diqqat qaratilishi lozim bolgan masala esa sud jarayonidagi ularning umuminsoniy, umummilliy manaviyat va etikaga togri keladigan tomonlari - munozara madaniyati xususidadir.
Notiq etikasi uning axloqiy meyorlari, xulqi, oz vazifasiga va tinglovchilarning munosabatiga bogliq boladi va notiqning shaxsini va jamiyat, xalq, qonun va himoya qilayotgan kishisi oldidagi burchini belgilaydi. Shuning uchun ham etika nutqqa tayyorgarlikdan tortib, uni ijro etishdan oldiga qoygan maqsadiga erishgunga qadar bolgan faoliyatini qamrab oladi. Bu faoliyatda notiqning nazariy tayyorgarligi, manaviy dunyoqarashi, salohiyati, prinsipialligi, axloqiy qiyofasi, Prezident va davlat olib borayotgan siyosatdan xabardorligi, hatto oz fikrini bayon qilishdagi metodik konikmasi namoyon boladi. Ana shu fazilatlarga ega bolgan notiqqina kishilarda qonun ustuvorligiga, adolatga bolgan ishonchni mustahkamlay oladi va, aksincha, bulardan xabardor bolmagan notiqning oz tinglovchisi aqli va yuragiga tasir etishi gumon.
Sud munozarasi jarayonida odoblilik va fikrni ifoda etishda, soz va iboralarni tanlashda namoyon boladigan xushmuomalalik asosiy oringa chiqadi. Bosiqlik, mulohazalarini hayajonlanmasdan, ehtiroslarga berilmasdan bayon etish notiqqa muvaffaqiyat keltiradi. Gapirish yozilgan nutqni oqib berishga qaraganda birmuncha qiyin jarayon bolgani uchun ogzaki nutqqa hamisha ruhiy tayyor turish kerak boladi. Chunki hamma vaqt ham yozilgan narsalarni oqib berib, bahsga kirishib bolmaydi.
Nutqiy etiket murojaat notiqning sud jarayonidagi faoliyatida muhim orin tutadi. Sud hayatiga va, umuman, nutq qaratilgan shaxsga nisbatan muhtaram, hurmatli, etiboringiz uchun rahmat yoki tashakkur kabi soz va iboralarni ishlatish munozara iqlimini motadillashtiradi, jarayon ishtirokchilari ortiqcha asabiylashishdan saqlanadi. Bu jarayon faqat yuridik til va yurisprudensiyaga oid terminlar bilan sozlashni taqozo qiladi. Unda prokurorni qoralovchi, advokatni oqlovchi, sudyani qozi, ozodlikdan mahrum etishni kesish, afv etishni oqlash, nomusga tegishni zorlash, suiqasd qilishni oldirish deb bolmaydi.
Hatto notiq bu sud jarayonida harakat akti bolgan jestga - tana, yuz va qol harakatiga ham befarq bolmasligi kerak. Chunki jest kommunikativ jarayonning tarkibiy qismi sanaladi va ular maqsadli nutq sozlanayotganda, tasir otkazish asosiy muddao bolib turganda nutqni kuchaytiruvchi, ishontirish kuchini oshiruvchi vositaga aylanadi. Aslida milliy va individual xarakterga ega bolgan jest sozga va fikr ifodasiga aniqlik kiritadi. Masalan, nutq jarayonida birgina sharqona harakat notiqning qolini koksiga qoyishi vaziyatga qanchalik ijobiy tasir korsatishi mumkinligini koz oldimizga keltiraylik. Ammo tinglovchilarda teskari reaksiya beradigan, notiq haqida notogri fikr uygotadigan harakatlardan qochish kerak. Odatda bazi notiqlar oz harakatlarini nazorat qilishni unutishadi. Buyuk Siseron takidlagan ediki, nutq ijrosi yuz ifodasi, tana va qol harakatlarini ham, tovush va ovoz ottenkalarini ham taqozo qiladi.
Demak, suddagi nutqning monologik va dialogik xarakteri ohang, ovoz, diksiya, tembr, tepm, mantiqiy urgu, pauza, talaffuz, urgu, kutilmaganlik (spontannost) hamda sozlashuv uslubiga xos jihatlarni keltirib chiqaradiki, ularga etibor berish notiq uchun zaruratga aylanadi.
Sanab otilganlarning barchasi sud jarayonidagi bahs va tortishuvlarda muhim omillardan hisoblanadi.
Jinoyatning sodir bolish jarayonida huquqiy organlar vakili bolgan tergovchi va prokuror ham, sudya va advokat ham ishtirok etmagan boladi. Ular faqat voqyeaga aloqador bolgan dalillarni taqqoslash natijasida, agar guvohlar bolsa, ularning korsatmalariga tayanib haqiqiy jarayonni baholaydilar va amaldagi qonunlar doirasida tegishli xulosaga keladilar. Shunday bolgandan keyin sud jarayonida ishtirok etayotgan masul kishilarning mantiqiy tafakkuri va uni tilda ifodalash mahoratining ahamiyati naqadar katta ekanligini payqash qiyin bolmaydi.
Shu orinda atoqli rus yuristi, taniqli sud arbobi va notigi akad. A.F.Konining (1844-1927) quyidagi sozlarini keltirish maqsadga muvofiq: 70-yillar oxiridagi huquqshunoslik bilim yurti bitiruvchi sinf tarbiyalanuvchilari bilan jinoiy prosess boyicha oqigan maruzamdan keyin bolib otgan suhbatni eslamasdan otolmayman. Ular sud faoliyatiga tayyorgarlik korishda notiq bolish uchun nima qilish kerak, deb soradilar.
Notiqlik uquviga bir qancha talablarni bajargandan keyin erishiladi. Bu talablar va shartlar mening kuzatishlarim va shaxsiy tajribam boyicha uchta: gapirilayotgan predmetni aniq va mukammal bilishing hamda uning ijobiy va salbiy xususiyatlarini ozing uchun aniqlab olishing; oz ona tilingni bilishing va uning nozikligi, boyligi hamda oziga xos gap qurilishidan adabiyot durdonalari bilan tanish bolgan holda foydalana olishing; nihoyat, aldamasliging kerak, dedim.
Ogzaki soz hamisha yozmaga qaraganda samaralidir: u tinglovchi va sozlovchini tetik qiladi. Lekin notiq gapirayotganlariga ozi ishonmasa va soglom fikr orniga ichki mazmundan mahrum bolgan jarangdor sozlarga murojjat qilib, buni sezdirib qoysa, soz hayotbaxsh kuchdan bebahra boladi.
hyech narsani ayta olmagandan kora hyech narsani aytmagan maqul.
balandparvoz sozlar ketidan quvish kerak emas. Ammo yaxshi gapirishga intiling, xalqingizning buyuk boyligi bolgan tilini seving va organing65.
Taniqli huquqshunoslar A.Saidov va G.Sarkisyanslar ham takidlaydilarki, har bir yurist, eng avvalo, oz nutqida korib chiqilayotgan muammolar, ishni mufassal bilishi (lozim boladi), barcha aniq materiallar, barcha dalillarning chuqur tahlili, dalil-isbotlarga boyligi, xarakteristikalarning aniqligi, ijodiy fikrlarning toliqligi, haqiqatning dalil izlash bilan farqlanishi, yana, albatta, talqin etilayotgan masala qanchalik murakkab, korib chiqilayotgan ishning magzi qanchalik ogirroq bolsa, ular yuristdan shunchalik kop aqliy harakat qilishni talab etadi, nutq mazmuni ustida ham, uning shakllari ustida ham koproq berilib ishlashini, ozining har bir fikri, har bir dalil-isbot, har bir tezisning aniq, tushunarli bolishi, ogzaki va yozma shaklini goyat darajada aniq gavdalantirilgan holda puxta tanlash va qayta ishlashni talab etadi. Bunday nutq tinglovchilar diqqatini oziga jalb qiladi, shuningdek, amaliy samaraga muhokama etilayotgan masalaning, korib chiqilayotgan ishning qonun normalari va ijtimoiy adolat prinsiplariga qatiy rioya qilingan holda togri hal qilishga erishishga qodir boladi66.
Shuning uchun odil sudlov mutasaddilari va uning taqdirini hal qiluvchilarning ozlari til jihatdan savodli bolishlari, tilga masuliyat bilan munosabat bildirishlari va zarur nutqiy madaniyatni egallagan bolishlari lozim. Filologiya fanlari doktori Z.Tarlanov internetga berilgan «Nutq madaniyati va odil sudlov» maqolasida M.V.Lomonosovning «yurisprudensiya grammatikasiz shubhalidir», degan fikrini keltirib, bu yerda nafaqat grammatikaning ozini, balki nutqiy madaniyatni nazarda tutganligini eslatib o’tadi. Ushbu maqolada keltirilishicha, XIX-XX asrning taniqli rus advokati P.Sergeich (P.S.Poroxovщikov) shunday degan ekan: «Faqatgina tushunadigan qilib gapirmang, shunday gapiringki, sizni sudyaning tushunmasligi mumkin bolmasin. Bunday mukammallikka erishishning ikki tashqi: uslubning tozaligi va aniqligi hamda ikki ichki: predmet va tilni bilish sharti bor». Korinayaptiki, ularning uchtasi tilni bilishga aloqador.
Z.Tarlanovning yana malumot berishicha, Angliyada «Sud lingvistikasi» nomi bilan maxsus xalqaro jurnal nashr etilib kelinmoqda. Bunday nashrlarning bizda - Ozbekistonda ham bolishi huquqiy savodxonligimiz-ning mukammalligiga, yuridik til va nutq madaniyatiga oid juda koplab munozarali, bahstalab masalalarning omma aralashuvi va komagida hal bolishiga komaklashar, ayni paytda, xalqimizning huquqiy bilimlari doirasining kengayishiga yordam berar edi.
Notiqlik mahorati togrisidagi nazariy qarashlarni talabalar ongiga singdirib borish bilan bir qatorda, ular taniqli ozbek sudyalari, prokurorlari va advokatlarining nashr etilgan namunaviy nutqlari bilan taminlash maqsadga muvofiq. Chunki on marta eshitgandan bir marta korganning tasiri va foydasi koproq bolishi hammaga malum. Mana shu manoda «Advokat» jurnali tahririyatining ish tajribasi tahsinga loyiq.
Xullas, notiqlik axloqi va madaniyati sud jarayonida alohida mazmun kasb etadi. Chunki bu jarayondagi munozara va tortishuvlar, rad etish va qollab quvvatlashlar, isbotlash va asoslashlar faqatgina til vositalari yordamida reallashadi. Uning komagi bilan tafakkur mantiqi shu darajada aniq boladiki, sud xulosasida ikkidan biri tanlanadi, uchinchisiga hojat qolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |