Himoya nutqi. Sud jarayonida shakllanadigan eng muhim nutqlardan biri advokatning himoya nutqi hisoblanadi. Chunki bu nutq sud jarayonida taqdiri sud hukmiga bogliq bolib turgan, qanday jinoyatni sodir etganligi yoki qonunni buzganligidan qatiy nazar, sudlanayotgan kishini insonparvarlik tamoyillariga kora himoya qiladi. Sudlanuvchi oz qilmishiga yarasha qanday jazo olishiga qaramasdan, himoya nutqi uning hayotida katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bolishi mumkin. Bunday nutqning nafaqat sud jarayonida, balki ijtimoiy hayotda ham kishilarga tasiri bolganligini takidlash joiz. Shuning uchun ham bu nutqning axloqiy va ruhiy jihatlariga etiborsizlik bilan qarab bolmaydi.
Himoyachi uchun vaziyatning murakkabligi va noqulayligi shundaki, u sud jarayonida biron bir jinoyatni sodir etgan yoki aybdor deb topilgan kishining manfaatini himoya qiladi. Mutlaqo gunohsiz odamni himoya qilish holatlari sud tajribasida kam-kam uchrashi mumkin bolgan hodisadir. Shuning uchun ham uning nutq ohangida talabdan kora iltimos ohangi ustun boladi. Aybdor deb topilgan kishining ayblari qanchalik kam va tergov jarayonida prosessual qonunlar qanchalik kop buzilgan bolsa, iltimos ohangi talab ohangiga qarab osib boraveradi. Binobarin, bu holat advokat nutqining shakllanishiga, ayni paytda masalaning sudlanuvchi va advokat foydasiga hal bolishiga ijobiy tasir korsatishi mumkin.
Masalaning yana murakkabligi shundaki, advokatning sud jarayonida prokuror bilan davlat va qonun nomidan ish korayotgan mansabdor shaxs bilan bahslashishiga togri keladi. Prokurorning har bir daliliga qarshi qoyiladigan asosli dalillarni keltirish advokat uchun oson emas, albatta. Ammo u ish manfaati nuqtai nazaridan shunday qilishga majbur. Bu esa oqlovchidan tinimsiz izlanish, chuqur bilim va jarayon davomidagi katta notiqlik mahoratini talab qiladi.
Lekin advokat nutqining afzallik tomoni shundaki, u nutq jarayonida tilning tasviriy imkoniyatlaridan unumli foydalanish, sud jarayoni ishtirokchilarining hissiyotiga tasir qilish imkoniyatiga ega. Yani u sodir etilgan jinoyatga beriladigan jazo va uning oqibatlari qanday manaviy-ruhiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkinligiga etiborni qaratadi. Masalan qadimgi Rimning buyuk notigi Siseron aybdorni himoya qilib ijro etgan bir nutqining oxirida sozini bexosdan toxtatib, xuddi artist kabi rolga kirib, gunohkorning bolasini baland kotargan holda yiglamsirab, xorsinib-xorsinib, sud hayatidan bolaga va uning otasiga rahmi kelishlarini yalinib soraganligi tarixdan malum73. Unga qarama-qarshi bolgan prokuror nutqi esa, yuqorida takidlaganimizdek, odatda har qanday ehtiroslardan holi boladi va unda fikr-mulohazalar faqat davlat va qonun manfaatini himoya qiluvchi vosita bolib hisoblanadi.
Sud jarayonida boladigan munozaralar muhim bir narsaga adolatni qaror toptirishga qaratilgan boladi. Advokat ham ana shu jarayonning faol ishtirokchisi hisoblanadi. Sud jarayonida oddiy insonlar tilida qoralovchi va oqlovchi deb nomlanadigan tomonlar ortasida, garchi har ikkala tomon ham qonunga binoan ish korsalar-da, davlat va sudlanuvchi ortasida manfaat nuqtai nazaridan malum ziddiyatlar mavjud boladi. Shunday bolishiga qaramasdan, bu munozaralar va tortishuvlar halol bolishi, qonun ustuvorligi taminlanishi lozim. Bu bahsda yengib chiqish advokatdan ozmuncha mehnat talab qilmaydi. Birgina qonunni yaxshi bilishning ozi yetarli bolib qolmaydi. Ana shu qonunlar, oz bilimi va tajribasiga tayangan holda sud jamoasiga tasir otkaza bilishi, ularda ayblovga nisbatan shubha uygota olishi lozim. Bu esa advokatdan notiqlik mahoratini puxta egallash zaruriyatini oz-ozidan keltirib chiqaradi.
Sud jarayonidagi ayblanuvchining tomonida turib ijro etiladigan nutq himoya nutqi, advokat nutqi, hatto sozlashuv uslubida himoyachi nutqi, oqlovchi nutqi deb yuritiladi. Qanday nomlanishidan qatiy nazar, ular bir xil mazmunga ega va ular ayblanuvchining manfaatini aks ettiradi va advokat himoyachining sud jarayonidagi ornini belgilaydi.
Bir narsani takidlash adolatdan bolar ediki, shu paytga qadar sud jarayonida advokatlarning mavqyei sezilarli darajada bolganligi kam kuzatilgan. Shundan kelib chiqib, ularning nutqiga ham etibor kam bolgan. Ammo mustaqillikdan keyingi davlatchiligimizda qonun ustuvorligi taminlangandan song sud sohasida islohotlar boshlab yuborildi. Ozbekiston Respublikasining «Advokatura va advokatlik faoliyati togrisida»gi Qonunning qabul qilinishi, 1999 yildan «Advokat» jurnalining nashr etila boshlaganligining oziyoq huquqiy faoliyatning bu sohasiga etiborning jiddiy bolganligidan dalolatdir. Qonunga binoan davlat himoyasida bolgan advokatning burchi va masuliyati shu qadar yuksakki, uni faqat huquqshunoslik iqtidoriga va keng qamrovli bilimga ega bolgan kishigina uddalashi mumkin. Binobarin, til bilimi va madaniyati ham ana shu burch va masuliyat doirasida qaraladi.
Qonunning 6-moddasiga muvofiq advokat «fuqarolik ishlari hamda mamuriy-huquqbuzarlik togrisidagi ishlar boyicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshiradi; jinoiy ishlar boyicha dastlabki tergovda va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy davogarning hamda fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etadi». Advokat fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va aholi orasida yuridik bilimlarni targibot qilish ishida qatnashishi lozimligi ham Qonunda kozda tutilgan.
«Advokat» jurnali tahririyatiga Qashqadaryo viloyati Muborak tumani huquqiy maslahatxonasi mudirasi N.Roziyeva quyidagi mazmunda xat yollagan: «Advokatning himoya nutqlari sudda asosiy orin tutadi. Lekin advokatlarning notiqlik sanati togrisida biron jurnal yoki gazetada maqola uchratmaganman. Yoki advokatlar qanday himoya nutqi sozlashi kerak, nimalarga etibor berishi kerakligi togrisida biron adabiyotga kozim tushmagan. Faqatgina rus advokatlarining bir-ikkita himoya nutqlari toplamini oqiganman. «Advokat» jurnali respublika advokatlariga yordam sifatida mamlakatimizdagi taniqli advokatlarning himoya nutqlarini elon qilib borsa, chunki kopchilikdan kop narsani organish mumkin»74.
Ana shu taklifga hamohang tarzda jurnal tahririyati tomonidan eng yaxshi himoya nutqi tanlovini elon qilib, ularning namunalari berib borilmoqda. Jumladan, 2002 yilning 2, 3, 4-sonlarida advokatlar B.Salomovning 2001 yilning 29 yanvarida Qashqadaryo viloyat sudida, Sh.Egamning fuqaro I.Inomova, A.J.Polvonovning A.K.Sapayev ishlari yuzasidan sozlagan himoya nutqlari keltirilgan. Jurnal tahririyati-ning bu harakatini sud sohasidagi islohotlarning amaldagi korinishi sifatida baholanishi lozim va bu materiallardan huquqshunos-talabalar uchun dars jarayonida foydalanish maqsadga muvofiq boladi.
Yuqorida tilga olingan himoya nutqlari matni birmuncha keng bolganligi tufayli ularni bu orinda toligicha keltirishning imkoni yoq. Ammo himoya nutqiga til va uslub nuqtai nazardan qoyiladigan talablarni sharhlashda ulardan bemalol foydalanish mumkin.
Himoya nutqi ham boshqa omma oldida amalga oshiriladigan oshkora nutqlar qatori oz qurilishiga ega. Jumladan, nutq sud hayatiga rasman murojaat qilish bilan boshlanadi. Nutqning maqsadi elon qilinadi. Aybning mazmuni, garchi sud jarayonida avval aytilgan bolsa ham, barcha tafsilotlari bayon qilinadi. Ozi himoya qilayotgan fuqaro sodir etgan huquqbuzarlik yoki jinoyat qonunning qaysi moddasiga nisbatan tasnif qilinayotganligi yana bir bor takidlanadi.
Shundan song qoyilayotgan ayb oz tasdigini topgan-topmaganligi haqida oz nuqtai nazarini malum qiladi va ularni amaldagi qonunlarning tegishli moddalari bilan asoslashga harakat qiladi. Sudlanuvchining qonuniy huquqlari tergov va sudda buzilgan-buzilmaganligiga munosabat bildiriladi. Xulosada Ozbekiston Respublikasi JPKning 53-moddasiga asosan sud oldiga oz talablarini qoyadi. Jumladan, yuqorida tilga olingan A.J.Polvonovning 3 yashar J.Shukrullayevni traktorning orqa gildiragi bilan urib yuborib, yol-transport hodisasi sodir qilgan A.Sapayevni himoya qilish jarayonida sozlagan nutqi oxirida sud hayatidan quyidagilarni soragan:
1. A.Sapayevga nisbatan jazo tayinlashda OzR JKning 55-moddasida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlarni, aybini boyniga olib chin kongildan pushaymonligini, jabrlanuvchi vakilidan kechirim soraganini, ijtimoiy foydali mehnat bilan shugullanib kelib, ish va yashash joylaridan ijobiy tavsiflanganini, qaramogida voyaga yetmagan 3 nafar farzandlari bolib, oilada yolgiz boquvchi ekanligini, sudlanuvchining asosiy kasbi haydovchilik bolib, boshqa mutaxassislikka ega emasligini etiborga olib, OzR JKning 57-moddasini tatbiq qilib, transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilmaslikni, yol-transport hodisasining kelib chiqish sabablari va oqibatlari ortasidagi sababiy boglanish, yani yosh bolaning kochada yolgiz, qarovsiz qoldirilganligini, sudlanuvchining shaxsini, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini etiborga olib, unga nisbatan OzR JKning 266-moddasi 2-qismi bilan yengil jazo tayinlab, tayinlangan jazoni otamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin degan xulosaga kelib, JKning 72-moddasini qollab shartli hukm qilishni, qamoqda saqlash ehtiyot chorasini bekor qilib, sud zalidan qamoqdan ozod qilishni.
2. Dastlabki tergov davrida OzR JPK normalari qopol ravishda buzilganligi, qonun normalari togri talqin qilinmaganligi, prosessual harakatlar qalbakilashtirilganligi uchun tergovchi Z.Nuriyevning dastlabki tergovda yol qoygan kamchiliklari ustidan JPKning 423, 476-moddalari tartibida xususiy ajrim chiqarishni.
3. Dastlabki tergovda OzR JPK normalari qopol ravishda buzilib, sudlanuvchi A.Sapayev 2002 yilning 16 avgustidan 21 avgustiga qadar qonunga xilof ravishda ushlab turilganlik holati boyicha hozirda mening qolimda tergovchilarning harakatlari ustidan keltirilgan shikoyat boyicha biron bir malumot bolmasa-da, maslahat uyiga kirgan vaqtda ushbu holatni ham organib chiqib tergovchi Z.Nuriyev mansab vakolati doirasidan chetga chiqqanligi, tergov bolimi boshligi R.Jumaniyazov esa qonun buzilishini bila turib harakatsizlik qilganligi uchun ulargi nisbatan jinoyat ishi qozgatish haqida ajrim chiqarishni. (Jurnal tahririyatining malumot berishicha, masala xuddi advokat qoyilgan talablar asosida hal etilgan. Xorazm viloyat sudi ishni appelyasion tartibda korib chiqib, A.Sapayevga nisbatan OzR Jkning 72-moddasini qollab hukm chiqargan va ehtiyot chorasi bekor qilinib, u qamoqdan ozod qilingan).
Sudlanuvchini himoya qilish jarayonida mana shu tarzda nutqning mazmunini bayon etiladi. Huquqbuzarlik yoki jinoyatni yuzaga keltirgan holatlarning mohiyatini ochib berishga harakat qilinadi, sudda keltirilayotgan har bir ayblov va dalilga munosabat bildiriladi.
Bu orinda masalaning murakkabligi shundaki, hamma advokatlar ham haligacha sobiq tizim davridagi tazyiq ruhiyatidan tamomila ozod bolgan emaslar. Ularning boshqa bir qismida esa malakaviy mahorat yetishmaydi. Manfaatlar toqnashuvi jarayoni esa himoya sanatini mukammal egallashni taqozo qiladi. Yana shunday holatlar ham bolib qoladiki, himoyachi qonunni yaxshi biladigan kishi sifatida sudlanuvchining aybini tan oladi. Shunday paytda ham insonparvarlik nuqtai nazaridan advokat oz nutqini ayblanuvchi yoki sudlanuvchining javobgarligini yengillashtiruvchi holatlarga qaratishi lozim boladi.
Shayxontohur tumani huquq maslahatxonasi advokati Ђ.Namozov «Sudyalar himoyaga muhtoj» maqolasida juda ma’qul gaplarni yozgan: «Himoyamdagi Ђ.Xoldorov ayblanayotgani bois, qonun menga uning aybsizligini isbotlash vazifasini yuklamaydi. Men himoyachi sifatida aybnomada, hukmda tasvirlangan voqyeani tiklashga asos qilib olingan dalillarning qanchalik darajada qonuniyligini asoslasam, bas. Demoqchimanki, agar jinoyat hodisasi deb tasvirlanayotgan hodisani tiklashga xizmat qilayotgan dalillar qonunga mos ravishda yigilgan bolsa, tasvirlanayotgan hodisa haqiqat, aksincha, dalillar qonuniy bolmasa, tasvirlangan hodisa bohton, uchinchi yol yoq, yani dalillar noqonuniy bolsa ham voqyea togri deb baholanmaydi»75.
Mabodo jinoyat bir guruh kimsalar tomonidan amalga oshirilgan bolsa, himoya jarayoni yana ham ogir kechadi. Sudda alternativ nutqlar ijro etiladi. Ularni hamma vaqt ham muvofiqlashtirib bolmaydi va bu hol himoya kuchini zaiflashtiradi. Lekin bunday holatlarda ham barcha holatlar bolgani singari nutq mantiqi va etikasiga alohida etibor berilishi zarur boladi.
Sud jarayonida jamoatchi-qoralovchilar qatnashgani sangari jamoatchi-oqlovchilar ham ishtirok etishlari mumkin. Ular odatda sudlanuvchi ishlayotgan korxona jamoasining vakillari bolib, qonun-buzarlik tasodifan yoki bilmasdan sodir etilganda, gunohkor hisoblangan kishi aslida jamoa ortasida izzat-hurmatga sazovor odam sifatida etirof etilganda qatnashishadi. Bunday nutq mazmunan ayblanuvchining ijobiy hislatlarini, jamoa ortasidagi obrosini, ishga bolgan munosabati va intizomini bayon ettiradi. Yozma va ogzaki shaklda ifoda etiladigan bu nutq malum manoda kafolat vazifasini otaydi. Unda ayblanuvchining kelajakda oz xatolarini tuzatishi mumkinligi va jamiyatga, oilasiga foydasi tegishi mumkinligiga ishonch bildiriladi. Bunday nutqlarning ijro etilishi asosan fuqarolik ishlarini korib chiqish bilan bogliq bolgan sud jarayonlariga xos sanalib, uning sudyaning malum xulosaga kelishiga ijobiy tasir korsatadi. Chunki mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayoni aynan shunday munosabatlarni taqozo qiladi.
Oz-ozini himoya qilish nutqi. Bazan shunday holatlar ham boladiki, aybdor tergov jarayonida tazyiqqa duch keladi va yolgon korsatmalar berishga majbur boladi. Bunday paytda uning birdan bir xaloskori sud bolishi mumkinligi tushungan sudlanuvchi faqat sud jarayonidagina bolgan voqyeani ochiq-oydin aytib ozini-ozi himoya qiladi.
Sud notiqligi tarixida A.F.Koni, N.F.Plevako, P.S.Proxov-shikov (Sergeich) larning alohida orni bor. Shuning uchun ularning ilmiy va amaliy merosini organish bugungi huquqiy foaliyat uchun ham xizmat qiladi. «Sud notiqligi va siyosiy notiqlik», «Lektorlarga maslahatlar» asarlarining muallifi A.F.Koni bu sohaga oid nazariy qarashlari va amaliy faoliyati bilan rus ritorikasi taraqqiyotiga juda katta hissa qoshdi. Nutqda fikriy teranlik, donishmand kishilarning fikrlariga murojjat qilish, kutilmagan naqllarni keltirish bilan tinglovchining diqqatini tortish va ularning yordamida asosiy fikrni yetkazishga oid qarashlar A.F.Koni faoliyatida muhim orin tutadi.
A.F.Plevako himoya nutqining mohir ustasi bolgan. S.Inom-xojayev: «A.F.Konining gapiga kora, Plevakoning notiqligi ilhom darajasidagi yuksaklikda bolgan. U ozi himoya qilgan kishilarning butun ichki olamini ozlashtirib olgan. Plevako oz nutqlarida obrazli iboralardan keng foydalanadi. Jumladan, u dehqonlar isyoni korilgan ishda himoyachi sifatida chiqadi. Prokuror bu isyonni kim birinchi bolib boshladi, deb soraganida u: Siz buni bila olmaysiz, chunki bugdoyzor ustida shamol tursa hamma boshoq bir xil baravariga silkinadi, qay biri birinchi bolib silkinganini qayerdan bila olasiz?- deydi» 76.
Sergeich taxallusi bilan mashhur bolgan P.S.Proxovshikov ham notiqlik sanatining nazariyotchilaridan sanaladi. Uning «Sud himoyachisi», «Sud jarayonida nutq sanati» asarlarida bu sohaga oid goyat qimmatli fikrlar bayon etilgan. Sergeich nutq namunasini mukammal badiiy asar darajasida qaraydi va uning shu darajaga yetishi uchun quyidagilarga etibor berilishi lozimligini uqtiradi: tinglovchilar bilan togridan-togri aloqa ornatish, samimiy munosabatda bolish; nutq jarayonida vaqti-vaqti bilan ohangni ozgartirib turish; nutq orasida hazil-mutoibaga orin berish; kutilmaganda tinglovchilarga murojaat qilish, savollar berish; asosiy narsani yashirib, tinglovchilarni qiziqtirish; fikrni birdan uzib qoyib boshqa mavzuga otish va yana avvalgi holatga ustalik bilan qaytish; keyin aytiladigan fikrlarga oldindan shama qilib qoyish va hokazo77.
Yuqorida sud jarayonida amalga oshiriladigan nutqlar, ularning ozaro farqli va umumiy jihatlari xususida qisqacha malumotlar berildi. Shu bilan birga, notiqlik sanati oldiga qoyiladigan umumiy talablar ham mavjud bolib, talabalar ulardan ham xabardor bolishlari kerak. Bu borada turli tillarda, jumladan ozbek tilida ham, adabiyotlar mavjud bolsa-da, asosan A.Saidov va G.Sarkisyanslarning «Yuridik til va huquqshunos nutqi» (Toshkent: Adolat, 1994, 32-b.) risolasidan foydalanishni tavsiya etamiz. Chunki bu kitobchada mualliflar huquqshunosning maruzasi, yani shakllantiradigan nutqi qanday bolishi lozim va bu maruzalarning boshqa maruzalardan farq qiladigan hamda oziga xos jihatlari nimalardan iborat, degan savollarga ham, qisman bolsa-da javob berishgan.
Xosh, bu talablar nimalardan iborat? Takidlaganimizdek, yurist nutqni ham notiqlik sanatining umumiy talablariga boysunadi. Yani, yurist-notiq, eng avvalo, maruzaning maqsad va vazifasini aniq tasavvur qila olishi, mavzu atrofida malumotlar toplashi, tegishli adabiyotlar ustida ishlashi, keltirmoqchi bolgan faktlar oldindan tekshirilib korilishi, boshqacha aytganda, u haqda yetarli bilimga ega bolishlari lozim. Shundan song maruza rejasi tuziladi va bunda albatta tinglovchilarning auditoriyaning salohiyati inobatga olinadi.
Tinglovchilar bilan ornatilgan samimiy aloqa mavzuning ularga tez va oson yetib borishini taminlaydi. Maruzani oqib berishdan saqlanish oz bilimini amaliyotga qollay bilish, davlatimiz olib borayotgan siyosatga, ijtimoiy hayotdagi dolzarb muammolarga boglay olish mahorati maruzachiga nisbatan hurmat orttiradi.
Notiq hamisha mantiqiy izchillik va fikrlar uygunligini yoddan chiqarmasligi, bayondagi birinchi va ikkinchi darajali masalalarni farqlay olishi, xulosalarning asosli bolishiga harakat qilishi lozim. Ortiqcha tafsilotlarga, keraksiz dalillarga, yuzakilik, soxtalik, bachkanalik, balandparvozlikka yol qoyib bolmaydi. Qanchalik tabiiylikka erishilsa, bahsli, munozarali masalalar ortaga tashlansa, u shunchalik nutqiy mahorat belgisi sanaladi.
Nutqning tozaligiga etibor berish, unda chet sozlarni orinsiz ishlatishga yol qoymaslik, ortiqcha parazit sozlarni, shtamplarni ishlatmaslik hamda nutqni shirinsozlik bilan, yoqimli ohangda, ravon talaffuz etishga harakat qilish, mujmallikdan qochish ham fazilat sanaladi. «Asosiy fikrni ovozni past-baland qilish, ohangni ozgar-tirish, imo-ishora, qaytarish bilan mohirona uqdirish zarur. deb takidlashadi risola mualliflari. - Notiqning fikri ham, imo-ishorasi ham, nutqi ham bir qolipda bolmasligi lozim. Maruzaning jonlanishiga, tinglovchilarning diqqatini tortishga komaklashadigan tariflar, taqqoslashlar, maqol va matallar, qochiriq sozlar, bazi hollarda hazil-mutoiba gaplarni qoshishdan qorqmaslik kerak. Lekin ularni suiistemol qilish bilan maruza materialiga putur yetkazish yaramaydi»78.
Nutq sozlanayotgan paytda notiqning ozini togri tuta bilishi, oddiylik va tabiiylikka harakat qilishi, doimo ozini kuzatib borishi, ortiqcha harakatlarga yol qoymasligi, hatto kiyinishda ham kamtarlik ustuvor bolishi kabi jihatlar ham muhimdir. Tinglovchilardan tushgan savollarga ham mumkin qadar qisqa va aniq javob berishga harakat qilish lozim.
Yana shu narsani ham takidlash joizki, har bir nutq alohida shaxs bilimi va dunyoqarashining, tildan xabardorligi va mahoratining mahsuli sanaladi. Shuning uchun ham notiqlik individuallik, oziga xoslik sifatida baholanib, hamma uchun yagona andozalarni belgilab qoyish mumkin emas. Ammo yuqoridagi kabi, umumiy manodagi, yonalish xarakteridagi tavsiyalar ham zarar qilmaydi.
G.Sarkisyans notiqlikning boshqa kasbdagi kishilar uchun zarurligini inkor etmagan holda yurist uchun nihoyatda zarur ekanligini takidlaydi. «Hozir mustaqil Ozbekistonda huquqiy davlat qurishga qatiy yol tutilgan, jamiyatimiz hayotning barcha sohalarida, shu jumladan adliya va odil sudlov sohasida ham, umumjahon demokratiyasi tiklanayotgan sharoitda respublikamiz huquqshunoslari bolmish olimlar oldida ham, amaliyotchilar oldida ham ota masuliyatli va murakkab vazifalar turibdi»79.
Til har qanday jamiyatning aloqa vositasi sanalar ekan, u yurist faoliyatida ham nihoyatda kuchli quroldir. Ammo muhim noyob boylikning ahamiyatini hyech kimga chaqiriqlar, shiorlar, davatlar bilan uqtirib bolmaydi. Faqatgina oz Vatanini, millatini, ona tilisini, shu bilan birga, oz kasbini sevgan kishigina buni boshqalardan kora avvalroq anglay olishi va undan unumli foydalana olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |