Sozlashuv uslubi kishilarning kundalik rasmiy-norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining oziga xos tarzda amal qilishidir. Uni malum manoda tildagi boshqa uslublarga qarama-qarshi qoyish mumkin.
Bu uslubning oziga xos xususiyati nutq jarayonida til va tildan tashqari omillarning uygun bolishida korinadi. Ayni paytda bu holat sozlashuv uslubidagi meyoriy holatlarni belgilashni qiyinlashtiradi. Chunki tildan foydalanuvchining shaxsi, buning ustiga, nutqiy vaziyat yagona bir meyorni tayin etishga imkon bermaydi.
Shunday bolsa-da, sozlashuv uslubining oziga xos meyorlari haqida mulohaza yuritish uchun ham tilimizda dalillar yetarli. Ammo nima bolganda ham bu meyorlarni sozlashuv uslubi uchun muhim bolgan til va tildan tashqari omillarning uygunligidan axtarish bizni asl maqsadga yaqinlashtiradi.
Xosh, sozlashuv uslubi qanday oziga xosliklarga ega? Birinchidan, nutq elliptik xarakterda boladi. Lekin bunday holatda ham tinglovchiga fikr tushunarli boladi. Chunki u oldin aytilgan fikrning mantiqiy davomi boladi. Masalan, qorami? kokmi? shaklida beriladigan savolni ikki xil vazifada olib koraylik. Agar biz uni uy bekasi tilidan eshitsak, qora choy damlaymi yoki kok choy damlaymi? degan manoda tushunishimiz mumkin. Xuddi shu savolni dokon sotuvchisi tilidan eshitsak, qora choy olasizmi yoki kok choy sotib olmoqchimisiz? manosida tushunishimiz ham mumkin.
Ikkinchidan, sozlashuv nutqida til birliklari ozining ekspressivlik imkoniyatlarini keng namoyish qiladi. Masalan, ulguramizmi? degan savolga yoq, ulgurmaymiz deyishdan kora vaziyatdan kelib chiqib, ulgurib bopmiz, ulgurish qayoqda, ulgurib ham boldik singari javoblar birmuncha tabiiy va ekspressivroq bolib chiqadi.
Uchinchidan, bu uslubda ohang - intonasiyaning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ohang ogzaki nutqning reallashuvida til birliklaridan keyingi muhim, hal qiluvchi vosita bolib, uning nutq tempi, pauza, ton, melodiya, tovush tembri, soz va gap urgusi kabi korinishlari manoni farqlashda, ottenkalarni ajratib korsatishda, hayajonni kuchaytirishda xizmat qiladi.
Sozlashuv uslubi ham boshqa vazifaviy uslublar kabi fonetik, leksik, grammatik oziga xosliklarga ega.
Nutqda tovushlarning uygunlashuvi (ketti, ottan, yigichcha), bir tovush ornida ikkinchisining talaffuz qilinishi (traktir, zaril, bironta), tovushlarning orin almashishi (turpoq, aynalmoq), tovushlarning orttirilishi (oramol, fikir, banka), tushirib qoldirilishi (gazet, burni, egni) kabi fonetik hodisalar avvalo sozlashuv uslubida namoyon boladi.
Sozlashuv uslubi leksikasida ikki qatlam alohida ajralib turadi. Birinchi qatlam bu kundalik turmush muomalasida faol qollaniladigan ijtimoiy hayot va uy-rozgor yumushlari bilan bogliq sozlar. Bundan tashqari bu uslubda «
siyosat, sanat, madaniyat, sport va sozlovchining kasb-hunarga mansub xilma-xil narsa va hodisalarni ifodalovchi umumadabiy leksika koplab ishlatiladi»50.
Ikkinchi qatlam - ogzaki nutqdagi ekspressiv boyoqqa ega bolgan sozlar. Ular neytral qiymatdagi sozlar bilan sinonimik munosabatga kirisha oladi: kichkina (bolagina), yiqildi (quladi), buzoq (ish bilmas, galvars), ogzi ochiq (yigloqi) kabi.
Bu uslubning burnini kotarmoq, kozini shira bosmoq, qoli kaltalik qilmoq singari oz frazeologizmlari mavjud. Kishi nomlari Abdi, Bek, Zuli, Dili singari qisqartirib ishlatish mumkin. Sozlarning metonimik kolami juda keng tarqalgan. Masalan: auditoriya kuldi, kengash boldi, dasturxonga otirdi, samovarga chiqdi kabi.
Sozlashuv uslubida nutqiy vaziyatning ahamiyati juda katta. Salom, assalomu alaykum, vaalaykum assalom, xayr, ha, yoq, albatta, aha, xop singari sozlar nutqda kop ishlatiladi.
Sozlashuv nutqi ozbek tilshunosligida prof. B.Orinboyev tomonidan anchagina durust ishlangan51. Bu nutq kitobiy nutqdan bir qadar farq qilib, Asal, asal, barmogingni tishlab olasan; Ish, faqat tugmachani bossang bas; Kechaday kecha; Boladay bola kabi gap shakllari odatdagi hol hisoblanadi.
Kitobiy nutq uchun boglovchisiz qoshma gaplar odatda xos emas, ogzaki sozlashuv nutqi uchun esa, aksincha, xarakterlidir. Sozlashuv nutqidagi sodda gaplar kopincha fel bilan ifodalangan kesimning yoqligi bilan xarakterlanadi. Hatto bazan shunday holatlar ham boladiki, bunday gaplarga fel-kesimni qoyib ham bolmaydi. Masalan, Biz siznikiga. Biz magazinga; Men, odatda ishga avtobusda, ishdan piyoda kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |