Jismlarning erkin tushishi. Yuqoriga tik otilgan jism harakati. Gorizontal otilgan jism harakati. Gorizontga burchak ostida otilgan jism harakati.
1. Jism v=9,8 m/s boshlaig’ich tezlik bilan vertikal yuqoriga otilgan. Jismning h balandligi va V tezligini t vaqtga bog’lanish grafigi chizilsin. Grafik 0 dan 2 s gacha, yahni 0s gacha bo’lgan intervalda 0,2 s dan oralatib qurilsin.
2. Jism h = 19,6 m balandlikdan v=0 boshlang’ich tezliksiz tushmoqda. Jism o’z harakatining birinchi 0,1 sekundida va oxirgi 0,1 sekundida qancha yo’l o’tadi.
3. Jism h= 19,6 m balandlikdan v=0 boshlang’ich tezliksiz tushmoqda. Jism o’z yo’lining birnnchi 1 metrini va yo’lning oxirgi 1 metrini qancha vaqitda bosib o’tadi?
4. Erkin tushayotgan jism o’z harakatining oxirgi sekuidida butun yo’lning yarmini o’tadi. Jismning qanday h balandlikdan tushayotgani va yerga tushguncha ketgan t vaqtni topilsin.
5. 1 chi jism v0 boshlang’ich tezlik bilan yuqoriga otilgan vaqtda, h balandlikdan boshlang’ich tezliksiz 2 chi jism pastga tushib keladi. Agar jismlar bir vaqtda harakatlangan bo’lsa, 1 chi va 2 chi jismlar orasidagi x masofaning t vaqtga bog’lanishi topilsin.
6. Balandligi h=25 m bo’lgan minoradan tosh vx =15 m/s tezlik bilan gorizontal otilgan. Toshning qancha t vaqt harakatlanishi, minora asosidan qancha l masofada yerga tushishi, yerga qanday V tezlik bilan tushishi va yerga tushish nuqtasida uning traektoriyasi bilan gorizont orasidagi burchak topilsin.
7. Gorizontal otilgan jism t=0,5 s dan keyin tashlanish joyidan gorizontal bo’ylab l=5 m uzoqqa borib tushgan. Jism qanday h balandlikdan tashlangan? U qaiday boshlang’ich v tezlik bilan tashlangan? U yerga qanday V tezlik bilan tushgan? Uning yerga tushish nuqtasidagi traektoriyasi gorizont bilan qanday burchakni tashkil qiladi?
8. Gorizontal otilgan koptok l=5 m uzoqlikdagi devorga urilgan. Koptokning urilish balandligi h koptok otilgan balandlikdanh=1 m pastda. Koptok qanday v tezlik bilan tashlangan? Koptok devorga qanday burchak ostida uriladi?
9. Tosh gorizontal yo’nalishda otilgandan t=0,5 s o’tgach, unnng v tezligi vx boshlang’ich tezligidan 1,5 marta katta bo’lgan. Toshning vx boshlang’ich tezligi topilsin.
10. Tosh gorizontal yo’nalishda vx= 15 m/s tezlik bilan otilgandan. Harakat boshlangandan t=1s o’tgach, uning normal va tangentsial tezlanishi topilsin.
11. Tosh gorizontal yo’nalishda 10m/s tezlik bilan otilgan. Harakat boshlangandan 3s o’tgach, tosh traektoriyasining egrilik radiusi topilsin.
12. Koptok gorizontga a = 40 burchak ostida v = 10 m/s tezlik bilan otilgan. Koptok qanday h balandlikka ko’tariladi? Koptok otilgan joydan qanday l massfaga borib yerga tushadi? Koptok qancha t vaqt harakatlanadi?
2>
Do'stlaringiz bilan baham: |