Iqtisodiyotda turg‘unlikning chuqurlashuvi
O‘zbekistonning 1985-1991- yillardagi iqtisodiy holati sovetlar hukmronligi davrining bevosita va mantiqiy davomini o‘zida ifodaladi.
80-yillar o‘rtalarida iqtisodiy hayotda sustlashtirish mexanizmi to‘la shakllandi.
1985 yil aprelidan so‘ng markaziy iqtisodiy organlarni qaytadan tuzish, bank tizimini qayta qurish siyosatini ishlab chiqish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirildi.
SSSRda etishtiriladigan paxtaning 65%, pillaning 60% dan ortig‘i, kanopning 80-90%, qazib olinadigan oltin, simob, volframning salmoqli miqdori O‘zbekistonda ishlab chiqarilardi.
O‘zbekiston aholisini tabiiy gaz bilan ta’minlash miqyosi 20% ga yaqinini tashkil etdi, xolos.
Paxtaning atigi 10% O‘zbekistonda qayta ishlanardi.
1981-1985 yillarda yalpi ijtimoiy mahsulot 3,4% ortgan bo‘lsa, 1986-1990 yillarda bu 2,2%ni tashkil etdi.
80-yillarning o‘rtalaridan milliy daromad ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston boshqa respublikalardan ortda qoldi.
Iqtisodiy islohotlar 1987 yil e’lon qilindi.
1986-1987 yillarda iqtisodiyotni barqarorlashtirish bo‘yicha birorta samarali yo‘l izlanmadi. 1990 yilgacha qayta qurishning maqsadi sun’iy «rejali bozor» tizimini tashkil qilishdan iborat bo‘lib qolaverdi.
80-yillarning 2-yarmida O‘zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir etgan holatlardan biri - 1984-1989 yillardagi qatag‘onlar, «desant»lar, «Paxta ishi» oqibatlari bo‘ldi.
1990 yil o‘rtalaridan boshlab O‘zbekistonning yangi rahbariyati respublikani chuqur iqtisodiy inqirozdan olib chiqish uchun jiddiy harakat boshladi.
Ta’kidlash joizki, garchi M. S. Gorbachyov hokimiyati davrida (1985—1991) qatag’onga uchragan, zo’rlab ko’chirilgan xalqlar taqdiri masalalari yuzasidan bir qator komis-siyalar tashkil etilgan bo’lsa-da, aslida vaziyat deyarli o’zga-rishsiz qolaverdi. Bir necha o’n yillar davomida yechilmay, turg’un holda qolibkelgan muammolar millatlararo mu-nosabatlar zamirida ham o’z aksini topdi. O’zbekistonda bu holatni «Farg’ona voqealari» va boshqa voqealar ja-rayonida ko’rish mumkin bo’ladi.
O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Farg’ona fojia-lari haqida shunday degan edi: «Farg’onadagi voqealar va undan keyingilar turli millat kishilari o’rtasida ishonchsizlik tug’dirdi. Bularning hammasini kimlar boshladi? Imonim komilki, ushbu voqea-hodisalarning markazi respublikadan tashqaridadir. Bozor munosabatlariga o’tish davrida ittifoqdosh respublikalarning ahvoli tang bo’lishi kimlargadir juda zarur. Ana shunday vaziyatda istalgan payt-da ularning ichki ishlariga aralashish va masalani xohlagan tarafga qarab hal etish mumkin bo’ladi»1.
Farg'ona fojiasi. 1989— yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojiali voqealar sodir bo'ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o'z yeridan badarg'a qilingan mesxeti turklarini o'zbek xalqi o'z bag'riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub joy aholi bilan mesxeti turklari o'zaro qardoshlik rishtalarini bog'lab, inoq yashardilar.
Biroq 1989— yil 20-mayda Quvasoyda mahalliy aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o'rtasida mushtlashuv sodir bo'ldi. Respublika rahbariyatining voqeani to'g'ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko'rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to'kilishiga olib keldi. 3 iyun kuni kechqurun Toshloqda, so'ng Marg'ilonning mesxeti turklari zich yashaydigan «Komsomol» suv xo'jaligi quruvchilari posyolkasida ur-yiqit, uylarga o't qo'yish, qotillik, vaxshiylik sodir bo'ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari Farg'ona shahri, uning atrofiga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga, temir yo'l stansiyasiga, aloqa uzeliga, miJitsiya binosiga hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda respublika hukumat komissiyasi tuzildi. 4 lyundan boshlab komen-dantlik soati joriy etildi. Farg'onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vaziriigi ichki qo'shinlarining 13 ming kishilik bo'linmasi keltirildi. Ur-yiqit 7- iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo'qon shahriga, Rishton, O'zbekiston va Kirov (hozirgi Beshariq) tumanlariga tarqaldi. 8- iyunda Qo'qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vaziriigi qo'shinlari tomonidan o'qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi halok bo'ldi, 200 dan ortig'i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlarnatijasidajami 103 kishi halok bo'ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo'ldi. SSSR ichki ishlar vaziriigi ichki qo'shinlarining 137 xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo'ldi, militsiya xodim-laridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi.
Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma'muriy organlar mesxeti turklarini Farg'onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko'chirildi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo'lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg'ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko'chirib olib borib joylashtirildi.
Farg'ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi? O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989— yil 23-iyunda bo'lgan XIV Plenumida Farg'ona fojiasi bilan bog'liq masalalarni o'rganish uchun maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiyaning O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989— yil 29-iyulda bo'lgan XV Plenumi tomonidan ma'qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan sabablar ochib berildi.
Farg'ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotla-rining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo'ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatni kuchayishi xavfini o'z vaqtida anglab etmadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstre-mistlarga, poraga sotilganlarga o'z vaqtida zarba berolmadilar.
Farg'ona viloyatida o'n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo'jalik strukturasi buzilgan, larmoqlar xomashyo yetishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan ta'minlash tadbirlari ko'rilmasdi.
Kadrlar tanlash, munosib ish bilan ta'minlash ishlari buzilgan, poraxo'rlik, xizmat mavqeyini suiiste'mol qilish avj olgan edi.
Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqa-chon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko'rilgan reja asosida jg'vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar.
Farg'onada sodir bo'lgan siyosiy ig'vogarlik Tbilisi, Tog'li Qorabog', Bokuda tashkil etilgan ig'vogarliklardan biri edi. Keyinchalik, 1990— yil fevral-mart oylarida Bo'ka va Parkent, 1990— yil iyunda O'sh va O'zganda ham shunday urinishlar bo'ldi. Yovuz kuchlar o'z maqsadiga erisha olmadilar. O'zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
O’zbekistonda bu fojialarni tekshirish uchun 1989 yil 23 iyunda tashkil etilgan komissiya xulosalarida esa Farg’onada yuz bergan voqealar yoshlar o’rtasida kelib chiqqan mojarolarning tasodifiy natijasi emas, balki ijtimo-iy, iqtisodiy ildizlarga ega bo’lganligi ta’kidlandi, uning sabablari qatorida partiya tashkilotlarining aholi o’rtasida keng ko’lamda tarbiyaviy, tashkiliy ishlar olib bormagani, xalqlar do’stligini mustahkamlashga e’tibor bermagani, ma’muriy organlar xodimlari esa sarosimaga tushib, mojar’ boshlangan birinchi kundanoq janjalning oldini olish uchun chora-tadbirlar ko’rmagani ko’rsatildi. SHuningdek, nizolar mahalliy millat o’rtasida kuchaygan «ashaddiy millatchilik» kayfiyatining natijasi bo’lib, bu respublikada yashayotgan xalqlarni bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga qaratilgani ham qayd qilib o’tilgani holda, «vodiyda turk mesxetilari xatti-harakatlariga nisbatan ancha befarkdiklar bo’lgani, ular orasidagi ayrim shaxslar Gruziya SSRning janubiy rayonlariga tezroq qaytish muam-mosini hal etish maqsadida vaziyatni keskinlashtirishga uringani, bu esa vaziyatni ancha chigallashtirib yuborgani» ko’rsatib o’tiladi. SHubhasiz, bu xulosa tarixiy haqiqatga birmuncha mos kelsa-da, mesxeti turklari o’z talablaridan «kelib chiqqan mojarolar»da O’zbekiston rahbariyati, O’zbekiston SSR Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligini mo-jarolarning oldini ololmaganlikda ayblash markazning yordami hamma vaqt kerak bo’lishini «isbotlab» qo’yish uchun qulay imkoniyat ham edi.
1989 yil 15 iyunda respublika partiya xo’jaligi faol-lari yig’ilishida harbiy mashq zonasiga joylashgan mes-xeti turklarini boshqa yerlarga ko’chirish masalasi ko’rib chiqildi. SSSR Ministrlar Sovetining Raisi N.I. Rijkov ma’ruzasida «Farg’ona yaqinidagi qochoqlar lagerida yashayotgan turk millatiga mansub grajdanlarga, ularning oila a’zolariga agar ixtiyor qilsalar, Rossiyaning noqo-ratuproq rayonlariga jo’nab ketish imkoniyati berilganligi» va bu «vaqtincha tadbir» ekanligi, ko’chirish uchun zarur bo’lgan barcha choralar boshlangani ta’kidlab o’tildi.
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdagi o‘zgarishlar, hamda yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi. Mana shunday jarayonda o‘zbek xalqiga munosib yo‘lboshchi zarur edi. Tarix taqozosi bilan elim deb yashovchi Islom Karimovdek jasoratli inson 1989 yil 23 iyunda O‘zbekistonga rahbarlikka keldi.
1989 yil 15 avgustda “kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qilindi. Garchi, bu g‘oya Ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo‘lsa ham, I.A.Karimov o‘z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. Natijada o‘sha yilning 4 oyida aholi qo‘shimcha 90,7 ming gektar yer olishdi. O‘ta qisqa fursat ichida 1,5 milliondan ko‘proq oilaning tomorqa uchastkalari kengaytirildi, tomorqaga yetolmay yurgan 580 ming oila unga ega bo‘ldi. Tomorqa xo‘jaligi maydonining o‘sishi, unga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi, agrar siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanishi qishloq xo‘jaligining keskin o‘sishiga olib keldi.
1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 11-chaqiriq 11-sessiyasida «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilindi;
«O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish konsepsiyasi»ni tayyorlashga kirishildi. Unga ko‘ra, «O‘zbekiston xalq xo‘jaligini sog‘lomlashtirish va bozor iqtisodiga o‘tishning asosiy prinsiplari» ishlab chiqildi va u 1990 yil 17 oktyabrda umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi;
O‘zbekiston Oliy Kengashi 1989 yil 25 noyabrda bo‘lgan «O‘zbekiston SSRni iqtisodiy va sotsial rivojlantirishning 1990 yilgi Davlat plani to‘g‘risida»gi masalani muhokama qilar ekan, Respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga oid muhim tadbirlarni belgiladi, bu O‘zbekistonning amalda mustaqillik sari tashlangan eng muhim qadamlardan biri bo’lib, O‘zbekiston hukumati avvalo respublika va o‘zbeklar boshiga yog‘ilayotgan malomat toshlariga chek qo‘yish, “Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi” degan uydirmalarni bas qilish, Moskva matbuotida o‘zbeklarning milliy nafsoniyatiga tegadigan chiqishlarni to‘xtatish zarurligi uqtirildi.
1990 yil 24 martda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 12 chaqiriq 1-sessiyasi O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sessiya I.A.Karimovni O‘zbekiston sovet sotsialistik Respublikasi Prezidenti etib sayladi;
1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 12-chaqiriq 2-sessiyasida «O‘zbekistonning Mustaqillik Deklaratsiyasi» qabul qilindi;
1991 yil 17 martda «O‘zbekiston yangilanayotgan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida mustaqil, teng huquqli Respublika bo‘lib qolishiga rozimisiz?» degan savol qo‘yilgan umumxalq referendumi o‘tkazildi;
9,2 milliondan ortiq kishi yoki referendumda qatnashganlarning 94 foizi yoqlab O‘zbekistonning mustaqil teng huquqli Respublikasi sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida bo‘lishini qo‘llab ovoz berdi;
1991 yil 22 iyulda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati «O‘zbekiston SSR hududida joylashgan Ittifoqqa bo‘ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini O‘zbekiston SSRning huquqiy tobeligiga o‘tkazish» to‘g‘risida yana bir tarixiy ahamiyaga molik qaror qabul qildi;
1991 yil Navro‘z bayrami arafasida Prezident avf etish to‘g‘risidagi Farmonga imzo chekdi. Ushbu Farmon ham xalq tomonidan zo‘r quvonch bilan kutib olindi. Qolaversa, amnistiyaning o‘sha davrda faqat Ittifoq Prezidenti e’lon qilar edi. 1991 yil 19 avgustga kelib, butun jahonni hayajonga solgan Moskvada davlat to‘ntarilishiga urinish bo‘ldi. To‘ntarish tarafdorlarining asl maqsadlari Ittifoqda yashovchi barcha xalqlarning mustaqillikka erishuviga yo‘l qo‘ymaslik, hamda mamlakatdagi parokandalikdan foydalanib qolish edi. Lekin, O‘zbekiston rahbariyati mavjud ijtimoiy-siyosiy vaziyatni saqlash, respublika hududida favqulodda holat joriy etilishiga, Konstitutsiyaga qarshi davlat to‘ntarilishini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi ig‘vogarona harakatlarga uchmaslik uchun o‘zlarining butun imkoniyatlaridan foydalandilar. O‘sha vaqtda O‘zbekiston Prezidenti Hindiston safarida edi. Safardan qaytib 19 avgust kuni kechqurun Toshkent shahri faollari bilan uchrashib, qat’iy tarzda O‘zbekiston nuqtayi-nazarini ma’lum qildi. Respublika rahbariyati: “Markazdan, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Qonunga xilof ko‘rsatmalarni bajarish mumkin emas”,-deb hisobladi. 20 avgustda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Prezident I.A.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqdi va O‘zbekistonning o‘z mustaqilligiga erishish yo‘li qat’iy ekanligini ta’kidladi. O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda holat davlat komitetining g‘ayri konstitutsiyaviy, huquqqa qarshi qarorlari va boshqa ko‘rsatmalari noqonuniy deb e’lon qilindi. Shunday murakkab sharoitda, ya’ni markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan har bir jumhuriyat o‘z holiga tashlab qo‘yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholagan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi. Chunki har bir milliy jumhuriyatning chinakam teng huquqligi va mustaqilligi ta’minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Ayni shu maqsadlarni ko‘zlab, jumhuriyat Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o‘z ishini boshladi. O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Prezident I.A. Karimov ma’ruza qildi. U o‘z nutqida 1991 yil o‘rtalarida Markaziy Hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi.
19-21 avgust kunlari Moskva Favqulodda holat davlat komiteti a’zolarining xalqlar ozodligi, jumhuriyatlar mustaqilligiga qarshi qaratilganligi xalqqa ro‘yi-rost bildirildi. Oliy Kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildilar. So‘ngra Respublika Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Bayonot qabul qilindi. O‘zbekiston SSR ning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi. Mustaqillik belgilangan kun 1 sentyabr 1991 yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi haqidagi bu hujjatlar o‘zbek xalqining asriy orzusi ro‘yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo‘ldi.
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, mustaqil respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini o‘ynaydigan bo‘ldi.
Ushbu qonunda O‘zbekiston mustaqil demokratik davlat deb e’lon qilindi, ma’muriy-hududiy tuzilishi, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilash qonunlashtirildi. Respublikaning davlat bo‘linishi hamda iqtisodiy asoslari ham qonunda o‘z aksini topdi. Shuningdek, ushbu hujjatda O‘zbekistonning Qoraqolpog‘iston bilan munosabatlari xususida so‘z borib, O‘zbekiston Qoraqolpog‘istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida fikr yuritiladi, u O‘zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof etiladi. Bunday qonunning qabul qilinishi o‘sha davrda erishilgan yutuqlarning yuqori cho‘qqisi bo‘ldi. Shunday qilib, o‘zbek xalqi asrlar davomida orzu qilgan mustaqillikka tinch yo‘l bilan, Yurtboshimiz I.A. Karimov boshchiligida respublika rahbariyatining oqilona yo‘l tutishi orqali erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |