Ikki va uch nuqta orqali o‘tuvchi aylana chizish usullari. Berilgan ikkita nuqta
A va
V
orqali aylana yoyini chizish uchun aylana radiusi AB ga teng yoylar A va V nuqtalardan chiziladi
va ular o‘zaro kesishib, aylana markazi 0 ni hosil qiladi. O nuqtadan A va V nuqtalar orqali
o‘tuvchi aylana chiziladi.
Uchta nuqta orqali o‘tuvchi aylana chizish. Berilgan
A, B, C nuqtalar o‘zaro
tutashtirilib. uchburchak yasaladi.
Umumiy tushunchalar. Chizmalardagi har qanday yozuv O’zDSt 2.304:96 talabiga
muvofiq aniq, yaqqol va chiroyli yozilishi lozim. Davlat standarti bajariladigan chizmalarning
hammasida yoziladigan barcha yozuvlarni ushbu shriftlarda yozishni talab etadi.
Chizma shrifti o‘zining oddiyligi, harflarning va raqamlarning bir xil yo‘g‘onlikda bo‘lishi va
doim 75° qiyalikda yozilishi bilan xarakterlanadi.
Chizma shriftlar O‘z.DSt 2304:96 ga muvofiq quyidagi o‘lchamlarda yozilishi tasdiqlangan:
2,5; 3,5; 5; 7; 10; 14; 20; 40. SHriftlarning o‘lchamlari deb bosh harflarning balandligi h bilan
ifodalanishiga aytiladi. Masalan, bosh harfning balandligi 10 mm bo‘lsa, shriftning o‘lchami
bilan ifodalanuvchiligining nomi ham 10 bo‘ladi.
Standartga muvofiq shriftlar tik va qiya yozilishi mumkin. Ularni yozish qulay bo‘lishi uchun
yordamchi kvadrat to‘rlar chizib olinishi lozim.
O‘lchamlar qo‘yish qoidalari O‘zDSt 2.307: 97 da to‘liq bayon qilingan bo‘lib, biz ularning
ba’zi birlari bilan tanishib chiqamiz. Chizmaga qarab detalning qanday katta-kichiklikda
chizilganini aniqlashda yordam beradigan o‘chamlar chizma o‘lchamlari deyiladi.
o‘lchamlar o‘lcham chiziqlari va o‘lcham sonlari yordantida ko‘rsatiladi. Mashinasozlik
chizmalarida chiziqli o‘lchamlar hamma vaqt millimetr hisobida qo‘yiladi. Lekin mm belgisi
chizmada tushirib qoldiriladi. Burchak o‘lchamiari gradus belgilari bilan ko‘rsatiladi.
CHizmaning qanday masshtabda chizilishidan qat’iy nazar, unga hamma vaqt o‘sha detalning
haqiqiy o‘lchamlari qiymati qo‘yiladi. O‘lcham chiziqlari detalning konturidan unga parallel
qilib 6—10 mm masofada o‘tkaziladi (2.1-rasmdagi 56, 76 ... o‘lchamlar). O‘lcham chiziqlari
boshqa joy chiqarish chiziqlari bilan mumkin qadar kesishmasligi lozim.
O‘lcham sonlari oicham chizig‘ining ustida mumkin qadar uning o‘rtarog‘ida yoki unga
yaqinroq ko‘r- satilishi lozim. SHuning uchun eng avval kichikroq o‘lcham, keyin kattaroqlari
qo‘yiladi (2.1- rasmdagi 15, 33, 94 o‘lchamlar).
Chizmadagi vertikal o‘lcham chiziqlari listiga
qo‘yilgan o‘lcham sonlarini o‘qish va ularni yozish qulay
bo‘lishi uchun chizmani soat millari yo‘nalishida
chapdan o‘ngga 90° ga burib qaraladi va yoziladi.
Chizmada har bir joy o‘lchami bir marta ko‘rsatiladi.
Detalning eng katta o‘lchamlarini: balandligi, eni va
kengligini ko‘rsatuvchi o‘lchamlar gabarit o‘lchamlar
deyiladi (2.24-rasmdagi 5, 76, 94 o’lchamlar). Gabarit
o‘lchamlarni ko‘rsatuvchi o‘lcham chiziqlari vertikal va
gorizontal chiziqlarga parallel olinadi. o‘lcham chiziqlari
chiqarish chiziqlariga ko‘rsatkich (strelka) uchi bilan
tegib
turishi
kerak.
Ko‘rsatkichning
tuzilishi
ko‘rsatilgan.
. .
. 3.1- rasm
Ko‘rsatkich kattaligi kontur chiziqlarning yo‘g‘onligiga bog‘liq bo‘lib, chizmaning hamma
joyida u bir xil kattalikda bo‘ladi. Chiqarish chiziqlari oxirgi ko‘rsatkichdan, chizmaning katta
va kichikligiga qarab, 1—3 mm gacha chiqib tursa kifoya, ortiqchasini o‘chirib tashlash kerak.
3.2- rasm
Burchak o‘lchamlarini qo‘yish qoidalari 2.3- a rasmda berilgan.
SHtrixlab qo‘yilgan joydagi burchak o‘lchamlari chiqarib ko‘rsatiladi. Aylana diametrining
o‘lchamlarini ko‘rsatishda o‘lcham soni oldiga hamma vaqt diametrni ifodalovchi shartli belgi 0
qo‘yiladi (2.3- rasm).
3.3-
rasm
Radiuslarning
o‘lchamlarini ko‘rsatuvchi
o‘lcham
soni
oldiga
hamma vaqt radius belgisi
R yoziladi (2.3-
b rasm). 2.3- rasmdagi aylana va radius o‘lchamlariga
e’tibor bering. Chizmadagi kvadrat teshik yoki kvadratli chiqiq (bo‘rtiq) o‘lcham soni oldiga
kvadrat belgisi qo‘yiladi.
Detalda bir xil element, ya’ni aylanali silindrik teshik ko‘p marta takrorlansa va uiarning
diametr oichamlari bir xil bo‘lsa, hammasi uchun bitta o‘lcham bitta teshikka qo‘yilib, uning
nechtaligi son bilan yozib ko‘rsatiladi (2.1- rasmdagi 3 tesh. 6 o‘lchamga qarang).
Aylana chizmada to‘liq tasvirlanmasa, ya’ni yarmidan ortiqroq chizilsa ham diametrning
o‘lcham chizig‘i uzib chiziladi, lekin aylana diametrining o‘lcham soni to‘liq ko‘rsatiladi. Agar
o‘lcham sonini, ya’ni, aylana diametrining qiymatini yozish uchun joy etarli bo‘lmasa, bu sonni
chiqarib yozish mumkin. Agar aylana diametri 12 mm dan kichik bo‘lsa, o‘lcham chiziq
ko‘rsatkichlarini aylana tashqarisiga qo‘yish mumkin (2.3- b rasmdagi 0 5). Agar radiuslarning
o‘lchamlari 5 mm dan kichik bo‘lsa, o‘lcham chizig‘i nayzasini 2.26- c chizmadagidek (RS) yoy
tashqarisiga qo‘yish tavsiya etiladi. Chiqarish chiziqlari va ko‘rinarli kontur chiziqlari orasidagi
joy o‘lcham sonini yozish uchun etarli bo‘lmasa, o‘lcham chizig‘ini va ulardagi ko‘rsatkichlarni
qo‘yish mumkin. O‘lcham chizig‘idagi ko‘rsatkichlarni qo‘yish uchun joy etarli bo‘lmagan
hollarda chiqarish chizig‘idagi ba’zi ko‘rsatkichlarni nuqta yoki shtrix bilan almashtirish
mumkin.
Nazorat savollari.
1. Chizma chizishdagi aniqlik shartlari nimalardan iborat?
2. Ikki to‘g‘ri chiziq va yoyning kesishish nuqtasini aniqlash qanday amalga oshiriladi?
3. O‘zaro perpendikulyar chiziqlar chizishda nimadan foydalaniladi?
4. To‘g‘ri chiziq kesmasini bo‘lish mumkinmi?
5. Ikki va uch nuqta orqali o‘tuvchi aylana chizish usullari?