Shaxsiy sug’urta hayotni aralash sug’urtasi, o’lim holati va mehnatga layoqatini yo’qotishdan sug’urtalash, bolalar sug’urtasi, qo’shimcha pensiya sug’urtasi, baxtsiz hodisalardan sug’urtalash va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug’urtasi dastgohlarni to’xtab qolishi, savdodagi to’xtalishlar natijasida zarar kurish yoki foyda ololmaslik sug’urtasi, yangi texnika va texnologiyalarni qo’llash tavakkalchiliklari sug’urtasi va boshqa turlarga bo’linadi.
Hayotni sug’urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog’lig’i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog’liq manfaatlarini sug’urta qilish, bunda shartnoma bo’yicha sug’urtaning eng kam muddati bir-yilni tashkil etadi hamda sug’urta pullarining sug’urta shartnomasida ko’rsatib o’tilgan foizni o’z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to’lovlarini qamrab oladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |