1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari



Download 376,92 Kb.
bet39/127
Sana04.02.2022
Hajmi376,92 Kb.
#431420
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   127
Bog'liq
Moliya qismi ma\'ruza matni

Oqitish usullari: Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. O’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo’shimcha yoritish.


1. Moliyaviy rejalashtirish

Har qanday iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirishdir. Iqtisodiy adabiyotlarda, umumiy shaklda rejalashtirish istiqbolga yo’naltirilgan qarorlarni qabul qilish bo’yicha faoliyat deb talqin qilinadi.


“Rejalashtirish” tushunchasining ma’no – mazmunini yanada umumiyroq bo’lgan va xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning obyektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanat) va proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bo’yicha ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va proporsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi.
Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bo’lgan moliyaviy resurslar va xo’jalik yurituvchi subyektlarning ixtiyorida (qo’lida) qolgan daromadlar o’rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proporsionallik (mutanosiblik) esa korxonalar, xo’jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat subyektlari bo’yicha daromadlarning soliq to’languncha va soliq to’langandan keyingi o’lchamlari (miqdorlari) o’rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana shu nisbatni ko’paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag’batlantirish yoki cheklab qo’yishi mumkin.
Umumiy va oddiy ko’rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, huddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko’rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va o’zaro bog’lash tizimi sifatida qarash kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va shu asosda moliyaviy ko’rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, moliyaviy rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu subyekt faoliyat ko’rsatishi moliyaviy ta’minlanishining hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak.
“Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish;

  • jalb qilingan mablag’lar va vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni joylashtirish menejmenti;

  • firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilish texnologiyasi;

  • investision menejment;

  • kapitallar menejmenti;

  • faoliyatning boshqa ko’rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar).

Bozor munosabatlariga o’tilganiga qadar moliyaviy rejalashtirishning mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni – markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun yetarli darajada formal bo’lgan korxonalarning besh yillik moliyaviy rejalaridagi ko’rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mo’ljallangan rejalarning loyihasini baholash, korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish kabilarni hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona moliyaviy xizmatlarining obro’yiga obro’ qo’shmas, chunki ularga hech narsa bog’liq emas edi.
Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni oldindan ko’zda tutishgina (ko’ra bilishgina) emas. Bu tegishli ishlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan har qanday kutilmagan holatlarni ko’ra olish qobiliyati hamdir. Albatta, xo’jalik yurituvchi subyekt o’z faoliyatidagi barcha risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana shu risklarni samarali oldindan ko’ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega.
Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy metodlardan foydalanish mumkin:

  • iqtisodiy tahlil metodi;

  • normativ metod;

  • balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi;

  • ko’p variantlilik metodi;

  • iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi;

  • va boshqa metodlar.

Moliyaviy rejalashtirish mamlakat milliy xo’jaligini rejalashtirishning tarkibiy qismi bo’lib, iqtisodiy rivojlanish rejasining ko’rsatkichlariga tayanadi, moliya tizimi barcha organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga (koordinasiya qilishga) yo’naltiriladi. Moliya tizimi alohida bo’g’inlarining nisbiy mustaqilligi quyidagilarni o’zida aks ettiruvchi moliyaviy rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi:

  • pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va metodlarining o’ziga xosligi;

  • moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bo’yicha qayta taqsimlash.

Moliyaviy rejalashtirishning bosh obyekti rejada o’zining miqdoriy ifodasini oladigan moliyaning bo’g’inlari(moliyaviy munosabatlar) hisoblanadi. Pul fondlari mablag’larining harakati yagona tizimga birlashtirilgan tegishli moliyaviy rejalarda ifodalanadi va mustahkamlanadi.
Moliyaviy rejalar tizimining markazini byudjet rejasi egallaydiki, unda byudjet fondining harakati, daromadlar va xarajatlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning shakllari va metodlari, daromad va xarajatlarning tarkibiy tuzilishi va tuzilmasi o’zining miqdoriy ifodasini topadi.
Nobyudjet fondlarning harakati, mos ravishda, Pensiya fondi, sug’urta fondi, tibbiyot sug’urtasi fondi, yo’l fondi, aholi bandligi davlat fondi kabilarning moliyaviy rejalarida (smetalarida), ularning daromadlari va xarajatlarida o’z aks ettiriladi. Ularning daromadlar qismida yuridik shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallari ifodalanadi. Nobyudjet fondlarga qisman byudjet mablag’lari tushishi, mablag’lar yetishmaganda nobyudjet fondlari bir-birlaridan qarzga mablag’lar olishi mumkin. Shunday qilib, nobyudjet fondlari bir-biri va byudjet fondi bilan chambarchas bog’liqdir.
Sug’urta fondi butun jamiyat, alohida mintaqalar, hududlar va fuqarolar masshtabidagi yo’qotmalarni tiklash uchun kerak bo’ladi. Barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarning ehtiyojlarini hisobga olish uchun sug’urta fondi ham rejali tarzda shakllantiriladi va undan foydalaniladi. Bu yerdagi moliyaviy rejaning daromadlar qismida korxona, tashkilot va alohida fuqarolarning badallari, boshqa fondlardan(byudjet yo’nalishidagi) mablag’larning tushishi, xarajatlar qismida esa tabiiy ofatlardan ko’rilgan zararlarni qoplash, sug’urtalanganlarga sug’urta to’lanmalari so’mmasini to’lash kabilar aks ettiriladi. Sug’urta fondini shakllantirish va undan foydalanishning rejasi mablag’larning yanada samaraliroq foylanilishiga imkon beradi.
Moliyaviy rejalashtirishning umumdavlat va hududiy darajalariga istiqboldagi (istiqbol uchun mo’ljallangan) moliyaviy rejalar, moliyaviy balanslar va shuningdek, aholi daromadlari va xarajatlari harakatining balansini ishlab chiqish va amalga oshirishlar kiradi.
Istiqboldagi (istiqbol uchun mo’ljallangan) moliyaviy rejalashtirish iqtisodiy va taraqqiyot hamda moliyaviy siyosatni muvofiqlashtirishni (koordinatsiya qilishni) ta’minlash, shuningdek ishlab chiqiladigan islohotlar, dasturlar va qonunlarning moliyaviy oqibatlarini kompleks tarzda bashoratlash, uzoq muddatli salbiy tendensiyalarni kuzatish va ularga nisbatan tegishli choralarni o’z vaqtida qabul qilish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Odatda, istiqboldagi (istiqbol uchun mo’ljallangan) moliyaviy rejalar navbatdagi uch yil uchun ishlab chiqilib, uning birinchi yili uchun byudjet tuziladi, navbatdagi ikki yil reja davri hisoblanib, ular davomida e’lon qilingan iqtisodiy siyosatning haqiqiy natijalari kuzatiladi. Istiqboldagi (istiqbol uchun mo’ljallangan) moliyaviy rejalar mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari iqtisodiy rivojlanishining aniqlashtirilgan o’rta muddatli bashoratining ko’rsatkichlarini hisobga olgan holda har yili o’zgartirilishi (korrektirovka qilinishi) mumkin. Reja davri esa, bunda yana bir yil oldinga suriladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning proporsionalligi va balansliligini ta’minlashda, pul muomalasini tartibga solishda davlatning yig’ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) va har bir ma’muriy-hududiy tuzilmalarning daromadlar va xarajatlar balansi muhim o’rinni egallaydi. Davlatning yig’ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) mamlakat, uning subyektlari, mahalliy-hududiy tuzilmalari va ma’lum hududda faoliyat ko’rsatayotgan barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarning barcha daromadlari va xarajatlarining jamidan iboratdir. U o’tgan yilgi davlatning hisobot yig’ma moliyaviy balansi (hisobot moliyaviy resurslar balansi) asosida va mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining bashorat ko’rsatkichlariga muvofiq ravishda tuziladi hamda ular byudjet loyihalarini ishlab chiqishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Bu moliyaviy rejalar (hujjatlar) Moliya vazirligi va moliya tizimining boshqa bo’linmalari faol ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi. Balansda byudjet fondi, nobyudjet fondlar, sug’urta fondi, kredit fondi, korxona va tashkilotlarning pul fondlari va nihoyat, fuqarolarning pul mablag’lari tarkibida rejalashtirilayotgan resurslarning shakllanishi va ulardan foydalanish aks ettiriladi. Moliyaviy rejalashtirishning balans metodi mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari va mahalliy ma’muriyatlari masshtabida moliyaviy resurslar defitsitini aniqlashga, barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar o’rtasida mablag’larni samarali va asosli qayta taqsimlashga imkon beradi. Davlatning yig’ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) mavjud barcha moliyaviy rejalarni yagona tizimga birlashtiradi. Uning ko’rsatkichlari byudjet va kredit rejalarini, shuningdek boshqa moliyaviy rejalarni tuzishda asos sifatida qabul qilinadi.
Boshqa bir sintetik balans – aholi daromadlari va xarajatlarining balansi – davlatning yig’ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) bevosita bog’langandir. Unda naqd pulli va naqd pulsiz shakllardagi aholi pul resurslarining harakati o’z ifodasini topadi. Balansda aks ettirilayotgan aholining pul daromadlari o’zining manbasiga ko’ra quyidagi uch guruhga bo’linadi:

  • ish haqi va ish haqiga ustamalar, mukofotlar, safar xarajatlari uchun mo’ljallangan mablag’lar, yollanma ishchilarga (xodimlarga) ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan xarakterdagi to’lanmalar;

  • tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, korxonalarning foydasiga ishtirok etish, shaxsiy mulk bilan operatsiyalar va moliya – kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlar;

  • transfertlar – davlat pensiyalari, nafaqalar, stipendiyalar va boshqalar.

Xuddi shuningdek, balansda aks ettirilayotgan aholining pul xarajatlari ham quyidagi guruhlardan iborat bo’ladi:

  • iste’mol xarajatlari;

  • soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar va ixtiyoriy badallar;

  • pul to’planmalari va jamg’armalar.

Moliyaviy reja hisoblangan ushbu balans aholining daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi proporsiyani aniqlaydi, mehnat haqi va pensiya ta’minotining o’sganligi, tovarlar taklifi hajmining oshganligini ifodalaydi. Shularga muvofiq ravishda, aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi naqd pulli pul aylanmasi, chakana tovar aylanmasi, soliq tushumlari, kredit resurslarini rejalashtirish uchun muhim rol o’ynaydi. Bu balans Moliya vazirligi, Markaziy bank va moliya tizimining boshqa organlari ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.



Download 376,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish