3. Davlat byudjetining xarajatlari
Davlat byudjetining xarajatlari – davlatning markazlashgan pul mablag’larini hudud, mamlakat, tarmoq yoki sohalar doirasida taqsimlash jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Eng avvalo, o’zining iqtisodiy mazmuniga ko’ra, davlat byudjetining xarajatlari kapital va joriy xarajatlarga bo’linadi.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari, byudjet tashkilotlarining joriy faoliyatini ta’minlashga yo’naltirilgan byudjet xarajatlari, boshqa byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya, subsidiya va subvensiya shaklida ko’rsatiladigan davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |