Viloyatlar byudjeti – o’zida viloyat byudjeti va viloyatga kiruvchi shaharlar va tumanlar byudjetlarini birlashtiradi.
Shahar byudjeti – agar u tumanlarga bo’lingan bo’lsa, uning tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjeti va shahar byudjetidan tashkil topadi.
Tumanlar byudjeti – tuman byudjeti va tumanga bo’ysunuvchi shaharlar byudjetidan tashkil topadi.
Respublika byudjeti – umumdavlat xarakteriga ega tadbirlarni moliyalashtirish uchun daromadlar hajmi, manbaini va ulardan tushadigan tushumni ko’zda tutuvchi, shuningdek ma’lum vaqt oralig’ida aniq xarajatlar yo’nalishi va hajmini ko’zda tutuvchi pul fondlaridir (shakllantirish va harajat qilish rejasi Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |