12-MAVZU: DAVLAT BYUDJETI
Reja:
1. Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati.
2. Davlat byudjetining daromadlari tarkibi.
3. Davlat byudjetining xarajatlari.
4. Byudjet taqchilligi va uni boshqarish.
5. Byudjet tizimi va qurilishi.
6. Byudjet jarayoni.
Kalit so’zlar: davlat byudjeti, byudjet daromadlari, byudjetxarajatlari, byudjetdan moliyalashtirish, soliqlar, byudjet defitsiti, sekvestr.
Mashg’ulotning maqsadi: davlat byudjetining mohiyati va ahamiyatini, davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari tarkibi, byudjet taqchilligi va uni boshqarishni, byudjet tizimi va qurilishi va byudjet jarayonini yoritib berish.
O’qitish vositalari: yozuv doskasi, turli plakatlar, taqdimot materiallari, tarqatma materiallar, videoproyektor. Ilmiy adabiyotlar: darslik, o’quv qo’llanma, statistik ma’lumotlar, uslubiy qo’llanma va shu kabilar
O’qitish usullari: Talabalarni ma’ruza materiallari bilan tanishtirish, suhbat, mavzuni nazariy yoritish, savollarga javob berish. O’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini qo’llash: aqliy hujum, taqdimot, dialog, Internet yordamida mavzuni qo’shimcha yoritish.
1. Davlat byudjetining mohiyati va ahamiyati
Davlat va korxonalar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham mavjud bo’lib, ular byudjet munosabatlari deb ataladi. Ushbu munosabatlar obyektiv xususiyatga ega bo’lib, davlatning milliy daromadning bir qismiga egalik qilishi zarurligini, ushbu mablag’larning kelgusida ijtimoiy tadbirlar, takror ishlab chiqarishni kengaytirish, davlatni boshqarish va davlat hamda milliy xavfsizlikni ta’minlashga yo’naltiradi. Byudjetning hajmi har bir mamlakatning milliy daromadiga, uning oldiga qo’yilgan ijtimoiy maqsad va vazifalarga bog’liq bo’ladi.
Davlat byudjeti – bu davlat vazifalarini, mamlakat yoki tegishli ma’muriy – hududiy birlik iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida pul mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanishning asosiy moliyaviy rejasidir. Sodda qilib aytganda, u davlatning bir moliya (byudjet) yiliga mo’ljallangan xarajatlari va ularni qoplash manbalari ko’rsatilgan daromadlar smetasidir.
Davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo’g’ini hisoblanib, u davlatning asosiy daromadlari va xarajatlarini birlashtiradi va o’zida soliq, davlat krediti va davlat xarajatlari yaxlitligini o’zida mujassamlashtiradi. Davlat byudjeti asosini davlat boshqaruv apparati, qurolli kuchlar, sog’liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy sohalar xarajatlarini moliyalashtirishga mo’ljallangan hukumatning markazlashgan pul mablag’lari jamg’armasi tashkil qiladi. Mamlakat hududida amalda bo’lgan va ijtimoiy munosabatlar va huquqiy me’yorlarga asoslangan barcha turdagi byudjetlar to’plamiga byudjet tizimi deyiladi. Byudjet tizimining tashkil etilishi va tuzilishi tamoyillariga (yaxlitligi, to’laliligi, haqqoniyligi, oshkoraligi, mustaqilligi)ga byudjet tuzilmasi deb aytiladi.
Davlat mahalliy byudjetlarni tuzish, ko’rib chiqish, tasdiqlash va ijro etish bo’yicha davlat, mahalliy hokimiyat organlarining qonunchilik tomonidan belgilab qo’yilgan faoliyatiga byudjet jarayoni deb aytiladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 122-moddasiga muvofiq, “O’zbekiston Davlat byudjeti o’z ichiga respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarni o’z ichiga oladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |