1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja: Moliyaning mohiyati va zarurati. Moliyaning funksiyalari



Download 323,77 Kb.
bet23/94
Sana06.02.2023
Hajmi323,77 Kb.
#908192
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   94
Bog'liq
1-mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari reja Moliyaning mo

Moliyani boshqarishni amalga oshiruvchi barcha tashkiliy tuzulmalar yig’indisi moliyaviy apparat deyiladi.
Davlat moliyasini boshqarishning maqsadi moliya siyosati shartlarini amalga oshirish hisoblanadi. Aynan samarali moliya siyosati bevosita moliyaning o’ziga (boshqaruv obyektiga) yuklatilgan ishning aniq bir usullari bilan, moliya tizimi organlarini (boshqaruv subyektlarini) tashkil qilish bilan bog’liq bo’lgan boshqarishning potensial imkoniyatlarini yaxlit birlashtirish imkonini beradi.
Aksariyat mamlakatlarda moliya siyosati institusional moliya tizimi orqali amalga oshiriladi. Ularning faoliyati moliyaning bo’g’inlarini, xususiyatlarini, barcha moliya muassasalari funksiyalarini uslubiy umumiyligini hisobga olgan holda boshqarishning barcha quyi organlarini markazlashgan boshqaruvda faol ishtirok etishini hisobga olgan holda moliyani boshqarishga yo’naltiriladi. Moliya siyosatini yuritish va mos ravishda moliyani boshqarishning yakuniy maqsadlarga bog’liqligi, barcha xo’jalik tarmoqlarining makroiqtisodiy balanslashuviga erishish, jamiyatning barcha a’zolari manfaatlariga mos kelishi, iqtisodiy qonunlardan foydalanish, real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy hamda siyosiy sharoitlarni hisobga olish kabi asosiy uslubiy tamoyillarga asoslanadi.
Moliyani boshqarishning maqsadi – makroiqtisodiy balanslashuvda, byudjet profisitida, davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning mustahkamligida, natijada esa aholining farovonligini o’sishida namoyon bo’luvchi barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdan iborat.
Moliya tizimining barcha soha va bo’g’inlarida, maqsad qilingan natijaga erishish uchun moliyaviy boshqaruv subyektlari moliyaga ta’sir etishning turli maxsus usullaridan foydalanadi. Shu bilan birga ular uchun moliyaviy boshqaruvning umumiy uslub va qoidalari mavjuddir. Jumladan, moliyani boshqarishda ham rejalashtirish, tezkor (operativ) boshqarish va nazorat kabi funksional elementlar mavjud.
Moliyani boshqarish tizimida rejalashtirish asosiy o’rin tutadi, chunki rejalashtirish jarayonida har qanday xo’jalik yurituvchi subyekt o’zining moliyaviy holatini baholaydi, moliyaviy resurslarni oshirish imkoniyatlarini, ulardan eng samarali foydalanish yo’nalishlarini aniqlaydi. Rejalashtirish jarayonida boshqarish qarorlari moliyaviy ma’lumotlar tahlili asosida qabul qilinadi. Shuning uchun bunday ma’lumotlar yetarlicha to’la va haqqoniy bo’lmog’i lozim. Ma’lumotlarni haqqoniy va o’z vaqtida olinishi asoslangan qarorlar qabul qilinishini ta’minlaydi. Moliyaviy ma’lumotlar buxgalteriya, statistik va tezkor (operativ) hisobotlarga asoslanadi.

Download 323,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish