1-mavzu. Moliya bo’limining faoliyati tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlar
O’zbekiston Respublikasi 14 ta ma’muriy hududdan iborat bo’lib (Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahri), ularning har biri iqtisodiyoti o’ziga xos tabiiy - iqlim sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy tarqqiyoti darajasi va boshqa jihatlari bilan farqlanadi.
Mamlakatning har bir hududi iqtisodiyotining o’ziga xos tarmoq tarkibi, mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv asosida ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilmasiga ega bo’lib, mahalliy boshqaruv organlari orqali tartibga solinadi.
Mahalliy byudjetlar, Budjet Kodeksiga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat byudjeti, viloyatlar byudjetlari, viloyatlar byudjetlariga kiruvchi quyi (shahar, tuman) byudjetlarni o’z ichiga oladi. Ularning daromadlari va xarajatlari tarkibi, byudjet jarayoni va byudjet huquqi qonun bilan belgilangan.
Mahalliy byudjetlar davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag’lari jamg’armasi bo’lib, ikki pog’onali byudjet tizimining muhim bo’g’ini hisoblanadi. Mahalliy byudjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati uning funktsiyalarida namoyon bo’ladi. Ular haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etuvchi pul fondlarini shakllantirish;
bu pul fondlarini hududiy iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalar o’rtasida qayta taqsimlash va ishlatish;
mahalliy hokimiyatga bo’ysinuvchi korxona, tashkilot va muassasalar moliyaviy-xo’jalik faoliyati ustidan nazorat olib borish.
Hududlarning moliyaviy imkoniyati ularning resurs potentsialining xususiyatlariga, tabiiy shart-sharoitlariga, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, xo’jalik tuzilishi va ixtisoslashuviga, hududlararo aloqalarning balansliligiga bog’liq bo’ladi. Biroq, bularga qaramasdan hududlar moliyaviy resurslarni shakllantirish va ishlatishda teng mustaqillikka ega bo’lishlari kerak.
O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining yordamida mamlakatda tuziladigan va davlat moliyaviy balansida aks ettiriladigan moliyaviy resurslarni markazlashtirish darajasi aniqlanadi. Jamlangan byudjet tarkibidagi mahalliy byudjet ko‘rsatkichlari hisobisiz mamlakat bo‘yicha moliyaviy rejalashtirishni umumlashtirish mumkin emas (1-rasm).
1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi mahalliy byudjetlarining tuzilishi1
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetini hamda respublikaga (Qoraqalpog‘iston) bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Viloyatning byudjeti viloyat byudjetini, viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. Mahalliy byudjetlarning ko‘pgina tarmoqlari zararga ishlaydi. Masalan: mahalliy transport, uy-joy, kommunal xo‘jaligi va boshqalar. Uy-joy kommunal xo‘jaligining ayrim shaxobchalari (kanalizatsiya, ta’mirlash qurilish idoralari va boshqalar) rentabellik bo‘lishiga qaramasdan uy-joy kommunal xo‘jaligi zararga ishlovchi xo‘jalik sifatida qolayapti
Mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tahlil qilishda respublika byudjetidan beriladigan dotatsiya masalasi ham asosiy o‘rinni egallaydi. Mahalliy byudjetlarning daromad va xarajatlarini tenglashtirish maqsadida dotatsiya va subvensiyalardan foydalaniladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda mahalliy byudjetlar daromadlarini tartibga solishda qo‘llaniladi. Dotatsiya o‘z moxiyati jixatidan davlat byudjetidan muhim xo‘jalik va ijtimoiy-ma’daniy tadbirlarni amalga oshirish uchun mahalliy hokimiyat organlarining ishtirokini tegishli pul mablag‘lari bilan ta’minlash maqsadida berilyapti. Keyingi vaqtlarda dotatsiyalar mahalliy byudjetlarni daromadlari va xarajatlarini tenglashtirish maqsadida berilmoqdaki, bu dotatsiyaning byudjet siyosatining samaradorligiga salbiy ta’sir qilishiga sabab bo‘lyapti. Mahalliy byudjetlarning o‘z daromadlari kam xarajatlarni qoplashga etmaydi. Shu sababli ularni tenglashtirish muammolari juda dolzarb masala xisoblanadi. Xarajatlarning 60-70 % dan yuqori byudjetga soliq va daromadlarning ajratma hisobidan qoplanadi. Bu soliq va daromad shu hududdagi korxonalardan to‘langandir.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlarning barchasi aholi turmush darajasini oshirish va ularning hayot tarzini yanada yaxshilashga qaratilgan bo’lib bu borada byudjet xarajatlari asosiy o’rin egallab turibdi. Yuqorida ko’rib o’tdik davlat byudjeti xarajatlarining deyarli 60 foizi ijtimoiy sohaga qaratilgan bo’lib, asosan ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarida xarajatlar amalga oshirilmoqda. Biz qo’rqmasdan shuni ayta olamizki bu amalga oshilgan xarjatlar o’z samarasini bermoqda.
Hozirda aholining turmush darajasi yildan yilga oshib bormoqda, maktab, kollejlar va oliy o’quv yurtlarimiz jahon standartlarga javob beradigan moddiy texnik baza bilan ta’minlangan. Bu yerda bilim olish va o’qib o’rganish uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan. Yana shuni aytish lozimki talaba yoshlar uchun bilim va ko’nikmalarini oshirish maqsadida chet davlatlarda ta’lim olish uchun ham keng sharoitlar yaratilgan. Sog’liqni saqlash muassasalari qurilib, eskilari qayta ta’mirlandi va yangi texnalogiyalar bilan jixozlandi. Bu o’zgarishlarning bari byudjet mablag’lari hisobiga amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlarning barchasi aholi turmush darajasini oshirish va ularning hayot tarzini yanada yaxshilashga qaratilgan bo’lib bu borada byudjet xarajatlari asosiy o’rin egallab turibdi. Yuqorida ko’rib o’tdik davlat byudjeti xarajatlarining deyarli 60 foizi ijtimoiy sohaga qaratilgan bo’lib, asosan ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport sohalarida xarajatlar amalga oshirilmoqda. Xulosa qilib aytganda, respublikamizda byudjet tizimida olib borilayotgan o’zgarishlarning markazida mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, mahalliy byudjet imkoniyatlarini kengaytirish hamda mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan xarajatlarini o’z vaqtida samarali moliyalashtirish masalalari turyapti.
2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasida keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizidagi maqsadlarlarga erishish uchun belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda “hududlarni kompleks rivojlantirish tadbirlarini izchil davom ettirish lozim”-deb ta’kidlandi2.
Mamlakatimizda har bir mahalliy byudjetlarning daromadlarini shakllantirish manbalari ma’lum qonunlar asosida belgilab qo’yilgan va ushbu manbalardan tegishli byudjetlarga mablag’lar to’liq va o’z vaqtida kelib tushishi qonuniy jihatdan himoyalangan.
Bundan kelib chiqib shuni aytish joizki, mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlashning huquqiy asoslarini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni hududiy byudjetlarning har bir daromad moddasini qonuniy asosini mustahkamlash, ularni tegishli byudjetga so’zsiz kelib tushishini ta’minlash hamda yangi daromad manbalarini o’zlashtirish ushbu byudjetning moliyaviy holatini barqarorlashtirishga xizmat qiladi.
Byudjet Kodeksida mahalliy byudjetlarning daromad shakllantirish manbalari va ularning sarflanish yo'nalishlari keltirilgan. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari bir necha daromad manbalari hisobidan shakllantiriladi.
Mahalliy byudjetlarning o'z daromadlari - bunday daromadlar huquqiy jihatdan to'liq mahalliy byudjetlarga biriktirilgan daromadlari bo'lib, ya'ni ushbu viloyat yoki tumanlarda shakllanadigan daromadlardir. Hozirgi vaqtda mahalliy moliya organlari oldida turgan eng katta vazifalardan biri ham mahalliy byudjetlarning jami daromadlarida o'z daromadlari ulushini oshirish hisoblanadi. Chunki hududiy byudjetlar qanchalik o'z daromadlari hajmini ko'paytirib borsa, ular shunchalik moliyaviy jihatdan mustaqil bo'lib boraveradi, ya'ni ularning yuqori byudjetlarga, masalan, viloyat yoki respublika byudjetlariga qaramligi pasayib boradi va buning natijasida respublika byudjeti mablag'lari yangi sohalarni rivojlantirishga, mamlakatni yanada rivojlantirishga hamda aholi farovonligini ta'minlashga xizmat qiladi. Hozirda Byudjet Kodeksining 52-moddasiga ko'ra mahalliy byudjetlarning o'z daromadlari quyidagilar:
Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar. Mahalliy soliqlar va yig'imlar - hududlarni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish manbayini vujudga keltirish, tabiiy va boshqa moddiy resurslarni takror ishlab chiqarish, davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruvi organlarining faoliyat yuritishi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlar yaratish maqsadida joriy etilgan
Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari. Bunday daromadlarga sovg'a, hadya ko'rinishida, shuningdek, beg'araz homiylik ko'rinishida taqdim etilgan daromadlar kiradi.
Bozorlardan tushadigan daromadlar. Tegishli ma'muriy hududlarda joylashgan turli xil bozorlar (dehqon bozorlari, buyum bozorlari, chorvachilik mollari bozori va boshqalar)dan tushadigan daromadlar (bir martalik patta to'lovlari) ham mahalliy byudjetlarning o'z daromadlari qatoriga kiradi.
Boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Bunday daromadlarga davlat tasarrufiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingn daromadlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan, ijaraga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari va jarima sanksiyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni, huquq bo‘yicha davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
Mahalliy byudjetlarning tartibga soluvchi daromadlari. Mahalliy byudjetlarning tartibga soluvchi daromadlari. Mamlakatimizda mahalliy moliya amaliyotida sir emaski, mahalliy byudjetlarning o'z daromadlari (mahalliy soliqlar va yig'imlar) hudud byudjetidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan xarajatlarni to'liq qoplash uchun yetarli emas. Shu nuqtai nazardan, mazkur xarajatlarni to'liq va o'z vaqtida qoplash uchun hamda mahalliy byudjetlarning balansliligi tamoyilidan kelib chiqib, mahalliy byudjetlarning daromadlarini to'ldirish uchun qo'shimcha ravishda tartibga soluvchi (balanslovchi) daromadlar yuqori byudjetlar tomonidan beriladi. Demak, mahalliy byudjet daromadlarining asosiy qismi byudjetlararo boshqaruv yo'li orqali tartibga soluvchi umumdavlat soliqlari va byudjetlararo transfertlar orqali shakllantirilib, mahalliy byudjetlar balanslashtirilgan daromadlar va xarajatlarga ega bo'lishi ta'minlanmoqda.
Belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari. To'liq respublika byudjetiga tushishi lozim bo'lgan ba'zi umumdavlat soliqlaridan tegishli hudud (viloyat, tuman, shahar)ning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, maskur mahalliy byudjetdan amalga oshirilishi rejalashtirilgan xarajatlar miqdori hamda mahalliy byudjetning o'z daromadlari hajmidan kelib chiqqan holda ma'lum bir miqdori mahalliy byudjetlarga qoldiriladi. Bu normativlarning o'zgarishini mahalliy byudjet xarajatlarini shu hududdan tushadigan soliqlar hisobiga qoplash va yuqori byudjetlardan quyi byudjetlarga transfertlar hajmini kamaytirish zaruriyati bilan izohlanadi.
Bundan ko’rinib turibdiki, har bir mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirish manbasi Byudjet Kodeksi moddalarida belgilab qo’yilgan. Umumdavlat soliqlarining deyarli barchasi tartibga soluvchi hisoblanadi va ajratmalarning normativlariga muvofiq, respublika byudjeti hamda byudjetlar o’rtasida qayta taqsimlanadi. Ajratmalarning normativlari hududlar bo’yicha turlicha bo’lib, 100 foizdan 5 foizgacha qilib belgilanishi mumkin.
Byudjetlararo transfertlar shakllariga Byudjet Kodeksining 3-moddasida quyidagicha ta'rif berilgan:
Dotatsiya - byudjet tizimi byudjetlariga ularning o‘z daromadlari etishmagan taqdirda daromadlar bilan xarajatlar o‘rtasidagi farqni qoplash uchun qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘laridir;
Subvensiya - muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘laridir;
Subsidiya - tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va ularni realizatsiya qilishni moliyalashtirish yoki birgalikda moliyalashtirish yoxud maqsadli xarajatlarning o‘rnini qisman qoplash uchun byudjet tizimi byudjetlari hisobidan yuridik va jismoniy shaxslarga beriladigan pul mablag‘laridir;
Byudjet ssudasi - qaytarish sharti bilan yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetga, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalariga, rezident-yuridik shaxsga ajratiladigan pul mablag‘laridir;
O‘tkazib beriladigan daromadlar - tegishli ma'muriy-hududiy birlikda shakllanadigan va yuqori turuvchi byudjetga o‘tkaziladigan, ular qaerda shakllangan bo‘lsa, keyinchalik o‘sha ma'muriy-hududiy birlik byudjetiga o‘tkazib beriladigan daromadlar;
Byudjetlararo o'zaro hisob-kitoblar - moliya yili mobaynida byudjetlar paramertlari o'zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o'rtasida yuzaga keladigan o'zaro pul munosabatlaridir.
Mahalliy byudjetlar moliyaviy resurslar bilan ta'minlashda byudjetlararo munosbatlar o'ta muhim ahamiyatga ega. Chunki, byudjetlar o’ratasida yuzaga keladigan moliyaviy operatsiyalar byudjetlararo munosabatlar qoidalari asosida amalga oshiriladi va tartibga solinadi. Byudjetlararo munosabatlar deganda, O‘zbekiston Respublikasining respublika Byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar, shaharlar byudjetlari, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari o‘rtasidagi ushbu Kodeks bilan tegishli byudjetlarga biriktirilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tegishli byudjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga doir munosabatlar tushuniladi.3 Byudjetlararo munosabatlarning muhim xususiyatlaridan biri byudjetni balanslash, ya’ni uni tartibga solish hisoblanadi. Bu esa, vertikal va gorizontal tenglashtirish usullaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ma’lumki, mamlakatimizda so’ngi yillarda yuqori turuvchi byudjetdan quyi turuvchi byudjetlar berilayotgan ajratmalar miqdori kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga kelib, respublikamizda barcha viloyatlar dotatsiyadan butunlay chiqarildi, biroq ularga hali hanuz maqsadli subvensiyalar ajratib kelinmoqda. Hozirda Moliya vazirligi tomonidan hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda 2013-2018 yillarga mo’ljallangan Hududiy dasturlar asosida mahalliy byudjetlar daromadlari bazasini kengaytirish, yangi ishlab chiqarishni tashkil qilish orqali subvensiya miqdorini kamaytirish, kasanachilik, savdo tizimi va bozor infratuzilmasini hamda kam quvvatli ishlab chiqarish ob’ektlarini modernizarsiya qilish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Bularning barcha hududlar moliyaviy barqarorligini oshirish va joylarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar hisoblanadi. Bunday sharoitda, iqtisodiy nochor hududlarni rivojlantirish va moliyaviy qo’llab quvvatlash, ular byudjetlarini barqarorlashtirish uchun zamin yaratish maqsadida beriladigan ajratmalar, jumladan, datotsiya, subvensiya va subsidiyalar hamda byudjet ssudalarining ahamiyati katta. Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta'minlash, ularning daromad bazasini kengaytirish borasida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishalab chiqilgan "2017-2021 - yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi"da ham muhim ustuvor yo'nalishlar belgilandi. Ushbu Harakatlar strategiyasining "Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari" bo'limida xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish bo'yicha alohida chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi belgilab qo'yildi. Respublikamizda hududlarning iqtisodiy rivojlanishini oshirish uchun mahalliy hokimiyat organlarini iqtisodiy va huquqiy baza bilan ta’minlaydigan yetarli huquqiy sharoit yaratilgan. Bu, avvalombor, mahalliy boshqaruv organlariga davlat mulkini boshqarish huquqini beruvchi 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonundir. Ushbu qonunga binoan, mahalliy boshqaruv organlari joylarda davlat mulkini boshqarish bo'yicha huquq va vakolatlari belgilangan hamda bu borada keng erkinliklar taqdim etilgan. Bundan tashqari, mahalliy byudjetlar daromadlari bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar ham mavjud. Ular orasida Vazirlar Mahkamasining "Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi 1999 yil 3 sentabrda qabul qilingan 414-sonli qarorini va shu qaror asosida ishlab chiqilgan yo‘riqnoma hamda qoidalar alohida o‘rin tutadi. Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta'minlash bo'yicha huquqiy asoss bo'lib xizmat qiluvchi yana bir me'yoriy-huquqiy hujjat- 2017-yil 18-martda PQ-2847-son bilan ro'yxatdan o'tgan "Moliya organlari faoliyatini yanada takomillshtirish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori hisoblanadi. Mazkur qarorga binoan, Respublika moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining soliq-byudjet siyosatiga qat'iy rioya etilishini ta'minlash, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishga yo‘naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish shakllari va uslublarini qayta ko‘rib chiqish belgilangan. Yuqoridagi me'yoriy-hujjatlar mahalliy byudjetlar daromadlari imkoniyatlarini kengaytirib, mablag‘larning byudjetdan tashqari manbalarini izlab topish va foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, viloyatlarda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish va ulardagi subvensiya ulushini qisqartirish bo'yicha 2017-2021 yillarga muljallangan Hududiy dasturlarning ishlab chiqilganligi mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta'minlashning huquqiy asosini mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |