1-mavzu. Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 333,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana24.09.2021
Hajmi333,49 Kb.
#184126
1   2   3   4
Bog'liq
1-мавзу маъруза

qonuniyatlari 2 turga bo‘linadi. 

1) 

umumiy 


2) 

o‘ziga xos qonuniyatlardir. 



1. 

Umumiy qonuniyatlar turli xalqlar, mamlakatlar, jamiyatlar hayotida amal 

qiladigan umumiy asosga ega bo‘lgan ichki zaruriy bog’lanishlar bo‘lib, u jamiyat 

va mafkuralar (g‘oyalar)ning bir-birlari bilan uzviy bog’liqligi qonunidir. Jamiyat 

mafkurasiz  yashay  olmaydi.  Demak,  birinchidan,  mafkura  har  qanday  jamiyat 

hayotida  zarur.  Mafkura  bo‘lmasa,  odam,  jamiyat,  davlat  o‘z  yo‘lini  yo‘qotishi 

muqarrar.  Ikkinchidan,  qayerdaki,  g‘oyaviy  bo‘shliq  vujudga  kelsa,  o‘sha  erda 

begona  g‘oya  asosida  bo‘lgan  mafkuralar  ta’siri  uchun  sharoit  vujudga  keladi.  U 

jamiyat  oldidagi  maqsadlar,  uni  amalga  oshirish  vositalaridir.  Demak,  Milliy 

g‘oyaning umumiy qonunlari quyidagilardan iborat: 

1) 

Turli xalqlar, turli jamiyatlar mavjud. Ularning maqsadlari ham, rivojlanish 



yo‘llari  ham  turli  xil.  Ya’ni  rivojlanishning,  ijtimoiy  taraqqiyotning  xilma-xilligi 

qonun orqali namoyon bo‘ladi. 

2) 

Dunyoning  mafkuraviy  manzarasi turli xil  maqsadlar, turli xil manfaatlar, 



qarashlar  bilan  bog’liq  holda  namoyon  bo‘lgan  va  bo‘lib  qolmoqda.  Bu  ezgu 

g‘oyalar bilan birga yovuz g‘oyalarning ham yashovchanligini, «dunyoda mafkura 

sohasida  kurashmng»  davom  etib  kelayotganligining  asosida  yotgan  o‘ziga  xos 



jihatidir. 

3) 

Globallashuv  jarayonining  milliy  g‘oyaga  ta’sir  etishi  ham  o‘ziga  xos 



umumiy qonuniyatdir. Bu jarayon turli mamlakatlar, xalqlar hayotida ularning bir-

biriga  bog’liqligini,  o‘zaro  ta’sirini  oshiradi,  ma’naviy,  g‘oyaviy  hayotida  aks 

etmasdan qolmaydi. 

2. 

O‘ziga  xos  qonuniyatlar  o‘zbek  xalqining  hayoti,  turmush  tarzi,  tarixi, 

madaniyati,  milliy-madaniy  merosi  va  qadriyatlarini  aks  ettiradi.  Bu  qonuniyat 

Milliy  g‘oyaning  mazmuni,  maqsadi  va  xususiyati  nuqtai  nazaridan  qaraganda 

alohida,  ustuvor  ahamiyatga  ega.  Chunki  bu  qonuniyatni  hisobga  olish  o‘zbek 

xalqining,  millatning  kelajagi  bilan  o‘zligini  saqlab  qolish  hamda  o‘z  negizida 

rivojlanishini, dunyoda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lishni e’tirof etish bilan bog’liq. 

Tarixiy jihatdan yondashganda, bu sohada «turli g‘oyalar», «mafkuralar» ana shu 

muhim  qonuniyatlarga  zid  bo‘lgan  holatlarni  ham  kuzatishini  ko‘rsatadi.  O‘zbek 

xalqini tilidan, madaniyatidan, tarixidan ajratib qo‘yishga bo‘lgan urinishlar bunga 

misoldir.  Chunki  yot  va  begona  g‘oyalar  xalqning  turmush  tarzi,  milliy-madaniy 

qadriyatlaridan  ajratib  qo‘yish  orqali  uni  zaiflashtirishga  va  o‘z  irodasiga 

bo‘ysundirishga harakat qilgan. 

Demak,  Milliy  g‘oyaning  qonuniyatlari  har  bir  xalq  uchun  milliy  o‘ziga 

xosligini  zamon  yutuqlari  bilan  bog’lanishning  nafaqat  kafolati,  balki  rivojlanish 

strategiyasi hamdir. 

Milliy  g‘oya:  O‘zbekistonni  rivojlantirish  strategiyasi  fanining  o‘ziga  xos 

rivojlanish qonuniyatlarini quyidagicha aks ettirish mumkin: shaxs, jamoa, millat, 

jamiyat,  davlat  g‘oyaviymilliy-mafkuraviy  qadriyatlarini  yuksaltirish.  Bular 

g‘oyaviy mafkuraviy, milliy ong, ijtimoiy jarayonlar bilan bog’liq qonuniyatlardir. 

Lekin ular umumiy aloqadorlikda uyg’un rivojlanadi va jamiyatda aks etadi. Inson 

shaxsini g‘oyaviy-mafkuraviy jihatdan shakllantirishga qaratilgan qonuniyatlardan 

tashqari biz yuqorida bayon etgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar, qonuniyatlar 

ham  mavjud.  Albatta,  mazkur  qonuniyatlar  o‘ziga  xos,  xususiy  va  umumiy 

jihatlarga  ega  bo‘lib,  ba’zi  sohalarda  ularni  chuqur  o‘rganish,  tahlil  qilish  lozim. 

Ularni  o‘rganish  jarayonida  milliy  istiqlol  g‘oyasi  va  mafkurasining  umumiy 

tamoyillari  mohiyati  va  mazmunidan  kelib  chiqmoq  kerak.  Shu  boisdan  ham 

mustaqil  taraqqiyot  yo‘lidan  borishning  turli  konkret  sharoitlardagi  o‘ziga  xos 

xususiyatlari,  yo‘nalishlari  va  umumiy  qonuniyatlari  o‘rtasidagi  bog’lanishlarni 

teran o‘rganmoq va ularni tadqiq etish foydadan holi emas. 

Milliy  goya  va  mafkura  fanining  kategoriyalar(tushunchalar)ini

2

  umumiy, 



substansional va funksional kategoriyalarga ajratish mumkin. Bunda: 

1) 


umumiy  kategoriyalarga  -  goya,  mafkura,  bunyodkor  goyalar,  vay-ronkor 

g‘oyalar,  milliy  goyalar,  umuminsoniy  goyalar,  dunyoviy  goyalar,  diniy  goyalar, 

                                                 

'Kategoriya” grekcha so’z bo'lib, “guvoh”, “ta'rif“ifodalovchi”, degan ma'noni bildiradi. 




falsafiy goyalar, ijtimoiy-siyosiy goyalar; 

2) 


substansional  kategoriyalarga  -  milliy  istiqlol  mafkurasi,  mafkura 

evolyusiyasi, mafkura 

yakkahokimligi,  mafkuraviy  vaziyat,  mafkuraviy  poligon,  mafkuraviy  maqsad, 

mafkuraviy  siyosat,  mafkuraviy  xavfsizlik,  mafkuraviy  immunitet,  mafkuraviy 

profilaktika, mafkuraviy tarbiya, g‘oyaviy mustaqillik, g‘oyaviy ziddiyat, g‘oyaviy 

bo‘shliq,  g‘oyaviy  zaiflik,  g‘oyaviy  savodsizlik,g‘oyaviyqaramlik,  g‘oyaviy 

mutaassiblik, g‘oyaviy parokandalik; 

3) 


funksional  kategoriyalarga  -  ozod  va  obod  Vatan,  erkin  va  farovon  hayot 

barpo etish, Vatan ravnaqi, Yurt tinchligi, Xalq farovonligi, Komil inson, Ijtimoiy 

hamkorlik,  Millatlararo  totuvlik,  Dinlararo  bagrikenglik  kabi  tushunchalarni 

kiritish mumkin. 

G‘oya  jamiyat  rivoji  bilan  bog’liq  bo‘lib,  unga  ta’sir  qiladi.  Jamiyat  rivoji 

uzoq  davom  etgan  tarixiy  jarayon  bo‘lib,  unda  kishilarning  erishgan  moddiy  va 

madaniy merosi o‘z aksini topgan. Tarixiy taraqqiyot jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, 

iqtisodiy,  madaniy-ma'rifiy,  g‘oyaviy-mafkuraviy  rivojlanishi  bilan  uzviy  bog'liq 

holda yuz beradi. 

Har bir davlat va jamiyat qurilishi bir-biridan shakl va mazmun jihatdan farq 

qilib,  bu  ularning  rivojlanish  xususiyatlaridagi  o‘ziga  xoslikni  belgilaydi.  Ayni 

paytda,  dunyodagi  barcha  davlatlar  va  jamiyatlarning  paydo  bo‘lishi  va 

rivojlanishida  umumiylik  ham  mavjud  bo‘ladi.  Bunday  umumiylik  real  ijtimoiy 

asoslarga  ega  bo‘lib,  u  insoniyatning  umumiy  manfaat  va  maqsadlarini  ifoda 

qiluvchi  g‘oyalarda  yaqqol  ko‘rinadi.  Xususan,  ijtimoiy  -  tarixiy  taraqqiyotdagi 

umumiylik,  mutanosiblik  tamoyillari  insoniyatni  birlashtirish,  uyushtirish, 

jipslashtirish,  yagona  ezgu  maqsadga  safarbar  etish  jarayonida  namoyon  bo‘ladi. 

Shunday  qilib,  har  bir  davlat  va  jamiyat  rivojlanishida  umumiylik,  mutanosiblik 

bilan  birga  o‘ziga  xoslik  ham  bor.  Bunday  o‘ziga  xoslikning  yuzaga  kelishiga 

o‘sha  davrdagi  siyosiy  tuzum,  iqtisodiy  hayot,  madaniy  turmush,  g‘oyaviy-

mafkuraviy  muhit  ta'sir  ko‘rsatadi.  «Sodda  qilib  aytganda,  -  degan  edi  Birinchi 

Prezident 

I. 

Karimov,  -  muayyan  davlat  va  jamiyat  taraqqiyotining  har  bir  bosqichi 



hayotning o‘zi o‘rtaga qo‘yayotgan shart va talablarning hisobga olinishini taqozo 

etadi. Aytish mumkinki, taraqqiyotning har bir bosqichi - bu yangi muammolar va 

ularni bartaraf etish yo‘lidagi yangi vazifalar demakdir. Bu - hayot qonuniyati, biz 

uni inkor etolmaymiz va inkor etishga haqqimiz ham yo‘q». 

Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, har qanday jamiyatning u yoki 

bu  davrdagi  ijtimoiy-siyosiy  taraqqiyoti  vorislik  tamoyiliga  ega  bo‘lsada,  biroq  u 

konkretlik xususiyatiga egadir. Konkretlik xususiyati o‘z navbatida taraqqiyotning 

har  bir  ijtimoiy-siyosiy  bosqichining  mazmun,  mohiyatini  belgilab  beradi. 




Boshqacha  aytganda,  tarixiy  taraqqiyotning  mavjudlik  belgisi  uning  g‘oyaviy-

mafkuraviy mazmunida namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, tarixiy taraqqiyot 

bilan  g‘oya  va  mafkuralarning  uyg'unligi  insoniyat  rivojlanishining  muhim 

shartidir.  Ayni  paytda,  har  qanday  g‘oya  va  mafkura  xalq,  millatning  tub 

manfaatlari asosidagina real kuchga aylanishi mumkin. «Milliy g‘oya haqida ko‘p 

va  uzoq  fikr  yuritish  mumkin.  U  hayotning  o‘zi  kabi  cheksiz  mavzudir.  Milliy 



g‘oya xalqning milliy manfaatlaridan kelib chiqadi. 

 

Download 333,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish