Milliy g’oyaning shakllanish tarixi, rivojlanish qonuniyatlari, amal
qilish printsiplarini urganish fanning predmeti sifatida.
“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining predmetini
milliy go‘yaning shakllanish tarixi, rivojlanish qonuniyatlari va amal qilish
prinsiplari, “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy tushuncha va tamoyillari haqidagi
bilimlar tashkil etadi.
Milliy g‘oya bilan yoshlarimizni qurollantirish, ertangi baxtli kelajakka
ishonch va umid ruhini qaror toptirish milliy mafkuramizning o‘zagini tashkil
etmog'i lozim. Yoshlarda sog'lom tafakkur va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish,
ularda el-yurt oldidagi ma'naviy burchini to‘g'ri anglashni, milliy g‘oya orqali
milliy urf-odat va an'analarimizga mehr-muhabbatni uyg'otishni, ularni mustaqil
fikrlaydigan kishilar qilib tarbiyalashni taqozo etadi.
“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani yoshlarda milliy
g'urur, mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, daxldorlik, fidoyilik, vatanparvarlik, xalq
ishiga kamarbastalik ruhini shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Mazkur
fanning qonun qoidalari, tushunchalarini o‘rganishdan oldin quyidagilarga alohida
e'tibor berishimiz kerak:
- yoshlarimiz ongi va qalbida ezgu g‘oyalarlarga sadoqat tuyg'usini uyg'otish
asosida mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;
-
“Harakatlar strategiyasi”ning asosiy tushuncha va tamoyillarini anglatish;
-
yoshlarni ongli yashashga, o‘z aqli, fikriga, ezgu insoniy mafkuraga, aniq
milliy g‘oyaga suyanib yashashga o‘rgatish;
-
globallashuv avj olayotgan davrda mafkuraviy xurujlarning mohiyatini
ochib berish;
-
axborot xurujlariga qarshi tura oladigan barkamol inson tarbiyasini
kuchaytirish;
-
mafkuraviy profilaktika orqali sog'lom e'tiqodni shakllantirish;
-
yoshlarda Vatan kelajagi, xalq farovonligiga daxldorlik hissini uyg'otish;
-
mafkuraviy tahdidlar va ularga qarshi kurashning samarali yo‘llari, usullari
haqida ilmiy asoslangan tavsiyalarga e'tibor qaratishimiz zarur.
“Milliy g‘oya: O ‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining asosiy
maqsadi yoshlarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning
rivojlanish strategiyasining g‘oyaviy asoslari, maqsad va vazifalari, amalga
oshirish shart-sharoitlari hamda omillarini o‘rgatish va ularda goyaviy
kurashchanlik, mustaqil dunyoqarashlarini yanada mustahkamlashdan iborat.
Fanning vazifalari-talabalarga:
-milliy g‘oya va mafkura rivojlanishining tarixiy bosqichlari va uning nazariy
konseptual asoslari;
-milliy mafkurada milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligi, g‘oyalar
xilma-xilligi va mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy taraqqiyotga ta'siri;
-O‘zbekistonni
rivojlantirishning
Harakatlar
strategiyasi-milliy
taraqqiyotning g‘oyaviy asosi ekanligi;
-globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkuraviy kurashlar;
-
milliy g‘oyaga daxldorlik hissi - barqaror taraqqiyot omili ekanligi;
-milliy g‘oya targ'ibotida innovasion texnologiyalardan foydalanish haqida
ilmiy nazariy bilim berishdan iborat.
Strategiya - rejalashtirilgan, uzoq muddatga mo‘ljallangan yo‘l hisoblanadi.
Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi va
rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi
1
taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Harakatlar
strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
I.
Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish. (Osmon ko‘k rang - osmon
va toza suv ramzi, buyuk Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi).
II.
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish.
(Binafsha rang - qoida va taqvo ramzi, adolat elementlar).
III.
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish. (oltin rang - kuch
va boylik ramzi, iqtisodiy rivojlanish elementlar).
IV.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish. (Qizil - hayot ramzi, munosib hayot
standartlari).
V.
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash,
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. (Oq -
tinchlik va poklik ramzi, tinchliksevar siyosati elementlari).
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat rahbari sifatidagi
dastlabki nutq va ma’ruzalaridayoq “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat
idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va
qudratli bo‘ladi” degan g‘oyalarni o‘rtaga tashladi.
1.
Milliy go‘yaning mustaqil demokratik taraqqiyotni ta’minlashning
muhim sharti ekanligi.
“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasining g‘oyaviy
asoslari, maqsad va vazifalari, amalga oshirish shart-sharoitlari hamda omillari
haqida tasavvurga ega bo‘lishni;
Milliy g‘oya va mafkura rivojlanishining tarixiy bosqichlari va uning nazariy
konseptual asoslari haqida, milliy mafkurada milliy va umuminsoniy qadriyatlar
uyg'unligi, g‘oyalar xilma- xilligi va mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy
taraqqiyotga ta'sirini milliy g‘oya - O‘zbekiston
'O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi 2017-yil 7-fevraldagi
PF-4947-sonli Farmoni.
demokratik taraqqiyotining muhim omili ekanligini singdirishni, O‘zbekistonni
rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi - milliy taraqqiyotning g‘oyaviy asosi
ekanligi haqida ilmiy va nazariy masalalarni bilishi va ulardan foydalana olishni;
Bugungi globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkuraviy
kurashlar, Milliy g‘oyaga daxldorlik hissi - barqaror taraqqiyot omili ekanligi,
milliy g‘oyani targ'ibot qilishda innovasion texnologiyalardan foydalanish haqida
nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab qiladi.
Milliy g‘oya qanday g‘oya ekanligiga to‘xtalishdan oldin, g‘oya tushunchasi,
belgilari, turlari haqida tasavvurga ega bo‘lishimiz kerak.
“G‘oya” aslida arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida - maqsad, intilish, niyat,
qasd degan ma’nolarni anglatadi
1
G‘oya voqelik va hayot ta’sirida uni aks ettirish asosida inson tafakkurida
vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir
1
O’zbek tilining izohli lug’ati. J.5.-T.: “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. 455-bet.
o‘tkazib, jamiyat va insonlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari
yetaklaydigan kuchli, teran fikr, dunyoni bilishning o‘ziga xos shakllaridan biridir.
U shaxs, jamiyat, ijtimoiy guruh , partiya va boshqalarning muayyan
maqsadlarini ifodalaydi, ularni bu yo‘lda birlashtiradi, uyushtiradi, faoliyatga
undaydi, safarbar qiladi. G‘oyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari, o‘ziga xos
belgilariga quyidagilar kiradi:
1.
G‘oya eng avvalo, muayyan maqsadni ifodalaydi, insonlarni ana shu
maqsadga erishish uchun chorlaydi, safarbar etadi.
2.
G‘oya hayotiy va ilmiy dalillarga asoslangan holda ish ko‘radi, faoliyat
olib boradi.
3.
G‘oya biron-bir ijtimoiy voqelikning in’ikosi bo‘lib obyekt va subyektning
o‘zaro dialektik birligiga asoslanadi.
4.
G‘oya muayyan mafkura uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
5.
G‘oya nazariy va amaliy bilimlar birligiga tayanadi.
6.
G‘oya biron-bir farazni ifodalaydi.
G‘oyalar namoyon bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga: bunyodkor
va vayronkor; ilmiy va xayoliy; falsafiy; dunyoviy va diniy; badiiy; ijtimoiy-
siyosiy; sinfiy, milliy, umumxalq va umuminsoniy; ma’naviy va ma’rifiy; axloqiy
va estetik; tarbiyaviy va
hokazolarga bo‘lamiz.
G‘oyaning jamiyat taraqqiyoti uchun muhim turlaridan biri milliy g‘oyadir.
Milliy g‘oya-1) millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida
mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga
xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli. 2) Mustaqillik yillarida shakllangan, o‘ziga
xos falsafiy asosi, ilmiy-nazariy va tarixiy ildizlarga ega yaxlit ta'limot. Buyuk
davlat va jamoat arbobi I.A.Karimov tomonidan yaratilgan ushbu ta'limot
mamlakat taraqqiyotining ob’ektiv zarurati, milliy rivojlanishning qonuniy hosilasi
sifatida ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan xalqimizning
maqsad-muddaolari va orzu- intilishlarini ifodalaydi.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq birinchi Prezidentimiz tomonidan milliy
g‘oyaning asosiy tushuncha va tamoyillari, mezon va xususiyatlari belgilab olindi.
Birinchi Prezident Islom Karimovning 1998 yil “Tafakkur” jurnali bosh muharriri
bilan suhbatidan “Jamiyat mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat
etsin”, 2000 yil “Fidokor” gazetasi muhbiri bilan savol-javoblarida “Milliy istiqlol
mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir” nomli ma’ruzalarida shu
yili chop etilgan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”
risolasida, “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” va boshqa bir qator asar va
ma’ruzalarida milliy g‘oya asoslab berildi.
Xususan, milliy g‘oyaga Prezidentimiz quyidagicha ta'rif beradi: “Milliy
Do'stlaringiz bilan baham: |