1-mavzu: “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish uslubi “Mikroiqtisodiyot” fani


-rasm. CHekli xarajatning ishlab chiqarish hajmiga bog’liqligi



Download 1,01 Mb.
bet31/34
Sana29.11.2019
Hajmi1,01 Mb.
#27744
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
“Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish


8.2-rasm. CHekli xarajatning ishlab chiqarish hajmiga bog’liqligi.
Raqobatlashuvchi firma va tarmokning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanati.

1.Iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi.

Tovarga narx bozor tomonidan o’rnatiladigan raqobatlashgan bozorda tovarni ishlab chiqaruvchilar bozor narxida (muvozanat narxida) sotadi, shu bozor narxida iste’molchilar tovarni sotib oladi.

Lekin, ayrim iste’molchilar uchun tovarning qiymati uning bozor narxidan ko’ra yuqoriroq. SHuning uchun ham u tovarni bozor narxidan yuqoriroq narxda ham sotib olishi mumkin.

Iste’molchi ortiqchaligi - iste’molchi tomonidan tovarga to’lashi mumkin bo’lgan maksimal narx bilan tovarning haqiqiy narxi o’rtasidagi farqni bildiradi. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, iste’molchining tovar uchun berishi mumkin bo’lgan maksimal narxdan tovarni sotib olishda to’lanadigan haqiqiy narxning ayirmasiga teng.

Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi ishlab chiqaruvchi tomonidan olingan umumiy manfaatni bildiradi.

Bir xil ishlab chiqaruvchilar uchun bir birlik mahsulot xarajatlari bozor narxiga teng bo’lsa, boshqa ishlab chiqaruvchi uchun ushbu xarajatlar bozor narxidan kichikdir. Demak, ishlab chiqaruvchilar ushbu tovarni sotishdan foyda, ya’ni ortiqcha manfaat oladilar. Har bir tovar uchun ushbu ortiqcha manfaat tovarning bozor narxi bilan uni ishlab chiqarishdagi chekli xarajati o’rtasidagi farqga teng bo’lib, uni ishlab chiqaruvchi oladi.



2 Iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligidan foydalanish.

Iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi yordamida davlatning iqtisodiy siyosatini baholash mumkin. Biz oldingi boblarning birida narxlarni davlat tomonidan nazorat qilinishi, ya’ni davlat tomonidan o’rnatiladigan maksimal va minimal narxlar va bu siyosatning iqtisodiy oqibatlari to’g’risida gapirgan edik.



Barqaror narxni ta’minlash va ishlab chiqarish hajmini cheklash siyosati. AQSH va yevropa davlatlarida minimal narxni o’rnatishdan tashqari, narxlarni barqarorlashtirishda ishlab chiqarish hajmini qisqartirishni yoki ishlab chiqarishni chekli rag’batlantirish siyosatlarini qo’shib olib boradi. Ayniqsa, bunday siyosat AQSHda qishloq xo’jaligi tizimi qo’llanadi.




9.8-rasm. Minimal ish haqi grafigi.
Barqaror narxlarni ushlab turish. Rivojlangan davlatlarda barqaror narx ko’pincha sutga, tamaki va donga qo’llaniladi, bundan maqsad, ushbu tovarlarni ishlab chiqaruvchilarning daromadlarini yetarli darajada bo’lishini ta’minlash.

3 Ishlab chiqarishni cheklash (ishlab chiqarish kvotasi)
Davlatning bozor narxiga ta’sir qilish siyosatidan biri bu - mahsulot ishlab chiqarish hajmini cheklash orqali mahsulot narxini kerakli darajagacha ko’tarish mumkin. Davlat har bir firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini qonun chiqarish orqali belgilashi (kvotalashi) mumkin. Biror mahsulotni ishlab chiqarish yoki sotish bo’yicha litsenziyaning davlat tomonidan berilishi, shunday siyosatni yuritishga misol bo’lishi mumkin. Masalan, spirtli ichimliklarni sotishga beriladigan litsenziyalarni ko’paytirish yoki kamaytirish orqali spirtli ichimlikni sotish hajmini oshirish yoki qisqartirish mumkin. Sotish hajmining qisqarishi tovar narxini kerakli darajaga oshirish imkonini beradi.

4 Soliqni uzoq va qisqa muddatli ta’siri

Soliqni alohida firma faoliyatiga ta’sirini qaraymiz. Faraz qilaylik, soliq firmaning ishlab chiqarish hajmidan olinadi va u mahsulot narxiga ta’sir qilmaydi.



5 Raqobatlashgan bozor samaradorligi

Biz ko’rdikki davlatning bozor mexanizmiga aralashuvi jamiyatda to’liq yo’qotishga olib keladi. SHuning uchun ham davlat o’zining iqtisodiy siyosatini shlab chiqganda to’liq yo’qotishlarni hisob-kitobdan chetda qoldirmasligi kerak. Lekin, bundan davlatning raqobatlashgan bozorga aralashuvi har doim ham yo’qotishlarga olib kelaveradi, deb bo’lmaydi. Quyidagi ikki holda davlatning aralashuvi raqobatlashgan bozorda iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning turmush darajasini o’sishga olib keladi.

Raqobatlashgan bozorda va muvozanat holat sharoitida raqobatlashvchi tarmoqqa qarashli firmalar xarajatlari bir xil deb qaraladi. Lekin, biz bilamizki ba’zi bir firmalar sifatli xom ashyoda ishlaydi, boshqalari zamonaviyroq va samaraliroq uskunada va texnologiyada ishlaydi, yana boshqasi yuqori malakali kadrlar bilan ishlaydi. Umuman olganda ikkita bir xil firmaning o’zi bo’lmaydi. O’z o’zidan ravshanki, sifatli resurslar bilan ishlaydigan firmalarning xarajatlari boshqalarnikiga qaraganda kam bo’ladi.
Bozor iqtiodiyoti sharoitida narx belgilash tamoyillari.

1. Bozor iqtisodiyotida narxlarining funktsiyalari va turlari.
Bozorda tovar va xizmat xarid etilganda bunga qancha pul to’lash kerakligini narx belgilaydi.Narx bozor aloqalarining iqtisodiy vositasi bo’lib, tovar va xizmat birligini sotib olish uchun to’lanadigan pul miqdorini bildiradi.

Narx iqtisodiyotda quyidagi funktsiyalarni bajaradi:



1. Hisob – kitob yoki o’lchov funktsiyasi. Bunda qilingan sarf xarajat, ko’rilgan foyda zarar, bajarilgan ish hajmining hammasi ma’lum narxlar asosida hisob-kitob qilinadi.Ishlab chiqarish va uning natijalarini natural-moddiy va pul o’lchovi bor. Moddiy ko’rsatkichlarni taqqoslab yoki umumiy ko’rsatkichga keltirib bo’lmaydi.Masalan, 1 m kv gazlama, 1 juft oyoq kiyim. 1 tonna paxta, 1 m kv uy-joy kabi ko’rsatkichlarni jamlab, umumiy ko’rsatkich olib bo’lmaydi.Ularning umumiy o’lchovi pul, unda ifodalangan narx bo’ladi.

2. Iqtisodiy faoliyatni rag’batlantirish funktsiyasi. Narxni o’zgarib turishi ishlab chiqarish va iste’molni rag’batlantiradi.

3. Iqtisodiyotni tartiblash funktsiyasi. Narx qanday tovarlarni ishlab chiqarishni belgilaydi.Narx bamisoli barometr singari bozor holatini ko’rsatib turadi.Agar muayyan tovarning narxi oshib borsa, demak u bozortalab tovar , uni ko’prq chiqarish zarur.

4.Raqobat vositasi funktsiyasi. Narx g’oyat muhim iqtisodiy vosita bo’lganidan u raqobat kurashida ham qo’llaniladi. Firmalar bozorni egallab olish uchun narxni o’zgartiradilar.Narxni pasaytirib xaridorni o’z tomoniga og’dirishga urinadi.

YUqoridagi funktsiyalar narxning iqtsodiyotdagi axamiyatini yanada oshiradi.Bozor iqtisodiyotining o’ziga xos narxlar tizimi borki, bu yerda narxlarning shakllanishi o’zaro bog’langan, bir-birini taqozo etuvchi ammo har xil maqsadlarda qo’llaniluvchi narxlar majmuasi amal qiladi.Narxlar amal qilish sohalari jihatidan ulgurji va chakana narxlarga bo’linadi.



1. Ulgurji narx ishlab chiqaruvchi tomonidan katta miqdordagi tovarlarni bir yo’la ko’tarasiga sotish paytida qo’llaniladigan narxdir.Ulgurji narxlar tovar birjalarida, savdo uylarida yoki sotuvchi bilan xridorning bevosita aloqasida qo’llaniladi.

2. CHakana narxlar. Bu bilan ise’mol tovarlari bevosita aholiga sotiladi. Bunda vaqt boy berilsada, foyda ko’proqni tashkil etadi. Lekin ish kuchini ko’proq talab qiladigan narx turi xisoblanadi.

3. Standart narxlar- bu ma’lum davr oralig’ida o’zgarmay turadigan narxlardir. SHunday tovarlar borki , xaridorlar ularning o’zgarmasligini istashadi, ( kommunal xizmat, transport xizmati narxi) .

4. O’zgaruvchan narxlar. Tez-tez sharoitga qarab o’garadigan narx turi hisoblanadi. Bunda narxga ta’sir etuvchi omillar, xususan xarajatlardagi o’zgarishlar, raqobat sharoiti, talabning o’zgarishi hisobga olinadi.

5. Mavsumiy narxlar. O’zgaruvchan narx hisoblanadi. Masalan, qishda meva-sabzavotlar qimmatlashsa, pishiqchilik paytida arzonlashadi.

6. Pereyskurant narxlar. Bu narx sotuvchi uchun mo’ljal narx. Xaridor uchun esa bildirgich yoki ma’lumotnoma narx hisoblanadi. U firmaning narx ko’rsatkichlarida e’lon qilinadi va tovar narxining qaysi summa atrofida bo’lishini ko’rsatadi.Ammo haqiqiy narx pereyskurant narxdan past yoki yuqori bo’lishi mumkin.

7. Dotatsiyalangan narx – bular ma’lum maqsad yo’lida masalan, aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida muayyan tovarlarga o’rnatiladigan narx hisoblanadi.

Narxlar turli tuman bo’lsalarda, ular o’zaro bog’langan, shu sababli iqtisodiyotda narxlar pariteti yoki nisbati degan hodisa mavjud. Iqtisodiyot yagona bo’lganidan narxlar zanjirli reaktsiya kabi bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi metall narxiga, metall narxi tikuv mashinasi narxiga, mashina narxi kiyim narxiga ta’sir ko’rsatadi.


2. Firmaning turli bozor sharoitidagi narx strategiyasi.
Sof monopoliya - bu bitta sotuvchi va ko’p xaridorlar qatnashgan bozor, yoki o’rnini bosadigan tovar bo’lmagan tovarni sotadigan yagona sotuvchi bo’lgan bozor vaziyati, yoki tarmoqda yagona hukmron firma bo’lib, firmaning ishlab chiqarish va sotish chegarasi tarmoq chegarasiga teng bo’lgan bozor. Sof monopoliya va raqobatlashgan bozor bir-biriga teskari bozorlar hisoblanadi.

Oligopoliya - bu bozor tizimida biror bir tovarni sotishda cheklangan firmalar hukmronlik qiladi.

Monopol raqobat bozori to’liq raqobatlashmagan bo’lib, unda qatnashadigan firmalar soni ko’p bo’lib, ularning har biri o’z tovarlari narxini ma’lum chegarada nazorat qiladi, ya’ni ular kichik bo’lsa ham monopol hokimiyatga ega.

Monopsoniya - xaridor bitta bo’lib, sotuvchilar ko’p bo’lgan bozor.

Agar bozorda monopolist- sotuvchi bilan monopolist xaridor uchrashsa, bunday holda ikki tomonlama monopoliya bo’ladi.

Firmalarning narx strategiyasi.

Narx strategiyasi , bu bozor ishtirokchilarining narx xususidagi yo’l-yo’riq va say harakatlari bo’ladi.Firmalarning ish natijasi tovarlarning sotilish narxiga bog’liq bo’lganidan narxni to’g’ri tanlash muhim vazifa hisoblanadi.Firmalarning narx strategyasi 3 maqsadni ko’zlaydi.: tovar sotishni ko’paytirish, foydani ko’proq olish, o’zining bozordagi mavjud mavqeini saqlab qolish.

Tovarni sotishni ko’paytirishda 3 narsa kutiladi:

1. Tovar sotishni ko’paytirish orqali bozorda o’z hissasini oshirish, imkoni bo’lganda bozorni o’z nazoratiga olish.

2. Tovar birligini sotishdan tushadigan foydaning kamayishiga rozi bo’lgan holda tovarlarni ko’plab sotish orqali keladigan yalpi foydani oshirish.

3. Tovarni ko’p sotish natijasida uning hajmiga nisbatan savdo sotiq xarajatlarini qisqartirish.

Bozordagi raqiblarni surib chiqarib o’z mavqeini mustahkamlash uchun firmalar maxsus narx qo’llaydilar. Uni bozorga kirib olish yoki demping narx deb atashadi. Bu narx suniy pasaytirilgan bo’lib, raqibni sindirishga qaratilganidan davlat uni taqiqlaydi, shu sababdan firmalar uni yashirin qo’llaydilar. Narxlarni pasaytirish yangi bozorni qo’lga olishga xizmat qiladi. Lekin ular ko’zda tutilgan foydani olishni ta’minlaydigan qilib belgilanadi.Bunga erishish uchun 2 usul qo’llaniladi:



Birinchidan, ommabop tovarlar narxini pasaytirgan holda ularni ko’p sotishga muvaffaq bo’linadi, bunda bitta tovardan tushgan foyda kamayadi, lekin ko’p sotish evaziga olingan jami foyda ko’payadi.

Ikkinchidan, xaridori saylangan tovarni chiqarib ularni nufuzli narxda sotiladi.Bu narx puldorlarga mo’ljallangan yuqori narx hisoblanadi.Ammo bu narxlar ish berishi uchun bozorda raqobat cheklangan, sof monopol bozor bo’lishi kerak. Mazkur bozorda tovar narxi emas, balki uning markasi obro’li bo’lishi hal qiluvchi omil bo’ladi. Bu yerda talab elastik bo’lmaydi. SHu sababli narx ko’tarilishi tovar sotilishini keskin kamaytirmaydi. Ma’lum bir guruh iste’molchi oladigan nufuzli tovarlar borki, ularning egasi bo’lish martabaga erishish bilan barobardir. Masalan, mashhur “Per Karden” yoki “Versache” modalar firmasi tayyorlagan yangi kostyum modeliga nufuzli narx belgilanib, maxsus puldorlar magazinida sotiladi.Bu yerda tayyorlangan eng yangi modadagi erkaklar kostyumi 800-1200 dollar turadi.Oddiy ommabop kastyum esa 100-120 dollardan sotiladi.

Narx strategiyasida narxlarning moslashuvchan bo’lishiga asosiy e’tibor beriladi.Bunda bozor sharoitiga qarab narx oshirilib yoki pasaytirilib boriladi. Narx belgilashda 2 xil yo’l tutiladi:

1. YUqori narx belgilab, uni bozor ko’tarishiga qarab. So’ngra pasaytirib boriladi.

2. Narxni avval past belgilab, tovarlarning sotilishi ko’payishiga qarab uni oshirib boriladi, sotilish hajmi barqaror bo’lgach narx o’zgartirilmay turiladi.

Firmalar narxni diversifikatsiyalash, ya’ni tabaqalashtirish yo’lidan borishadi.Bunda narxlar xaridorning qurbiga, qancha tovarni sotib olishiga, uning doimiy mijoz bo’lishi, tovarning mavsumiyligiga qarab har xil narx belgilanadi.Tovar kam olinganda narxi yuqori bo’ladi, ular ko’p olinsa, narxi tushiriladi.

Narxlarni har xil belgilashdan maqsad xaridor uchun narxni tanlash chegarasini kengaytirishdir. Buning uchun firmalar narx diapazoni hosil etadilar. Narxlar farqining miqdoriy ifodasi narx diapazoni deyiladi.



3. Sof monopoliya va bozor hokimiyati.

Raqobatlashgan bozorda juda ko’p sotuvchilar va xaridorlar qatnashadi, shu sababli ulardan birortasi ham tovar narxiga ta’sir qilaolmaydi, narxni bozorning o’zi talab va taklifga ko’ra shakllantiradi. Sotuvchilar va xaridorlar bu narxni qabul qiladilar va shu narxga ko’ra qancha mahsulot sotish kerak yoki qancha mahsulot sotib olish kerakligi bo’yicha qaror qabul qiladilar. Sof monopoliya raqobatlashgan bozorning aksi bo’lib, bu yerda bitta sotuvchi va ko’plab xaridorlar qatnashadi. Sof monopolistning raqobatchisi yo’q.

Tarmoqga kirish to’siqlaridan quyidagilarni ko’rsatish mumkin.

1. Davlat tomonidan berilgan maxsus huquq. Masalan mahalliy hokimiyatlarda aholiga transport xizmati ko’rsatish, pochta xizmati ko’rsatish, kommunal xizmati ko’rsatish va aloqa xizmati ko’rsatish bo’yicha monopol huquqlar berib, rasmiy to’siqlar yaratadi.

2. Patentlar va mualliflik huquqi, yangi texnologiya yaratganlar uchun patent va mualliflik huquqi berilishi, ularga ushbu yangilikni sotishda, undan foydalanish uchun litsenziya berishda monopol huquq beriladi. Lekin bunday huquq ma’lum muddatgacha kuchga ega bo’ladi. AQSH da patent qonuniga ko’ra ixtirochi o’z ixtirosiga 17 yil egalik qiladi.

3. Biror bir ishlab chiqarish resursi taklifiga egalik qilish. Masalan, Amerikaning «De Birs» kompaniyasi jahonda sotiladigan, qayta ishlanmagan olmosning 85 foizini nazorat qilgani uchun, olmos bozorida monopol hokimiyatga ega. YUqoridagilardan tashqari insonning noyob qobiliyati va bilimi ham manopoliyani vujudga keltiradi.

Ishlab chiqarish masshtabi kengayishining musbat samarasi ham tarmoqqa kirish uchun to’siq bo’lishi mumkin. Masalan, avtomobil zavodi ma’lum miqdorda avtomobil ishlab chiqarishga erishgandagina, uning umumiy xarajatlari minimal bo’ladi.

Monopol hokimiyat. Firma monopol hokimiyatga ega bo’ladi, qachonki u o’zining sotadigan tovari narxiga ta’sir qilaolsa, ya’ni o’zgartiraolsa. Monopol hokimiyat darajasi ushbu tovar o’rnini bosuvchi tovarning mavjudligi va tovarning bozordagi ulushi bilan belgilanadi. Monopol hokimiyatga ega bo’lish uchun firmaning sof monopolist bo’lishi shart emas. Firma mahsulotiga bo’lgan talab chizig’i raqobatlashgan bozordagiday garizontal bo’lmasdan, pastga yotiq bo’lishi kifoyadir. Agar talab chizig’i pastga yotiq bo’lsa, firma taklif hajmini oshirib yoki kamaytirib, mahsulot narxini o’zgartirishi mumkin.

Umumun olganda monopolist narxni nazorat qilishidan yutuqqa ega bo’ladi. Monopolistning taklifi raqobatlashgan bozor taklifiga ko’ra kam bo’ladi, tovar narxi esa, raqobatlashgan narxga nisbatan yuqori bo’ladi (monopol narx chekli xarajatdan yuqori).

Tovarlarni monopol narxda sotilishi jamiyat xarajatini ko’paytiradi, aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Nima uchun deganda, ushbu tovarni sotib oluvchilar ko’proq pul sarflaydi, shu tovarni sotib oluvchilar soni ham kamayadi. SHuning uchun ham monopoliyaga qarshi qonun, bozorlarni monopoliyaga aylantirishga yo’l qo’ymaydi.



Monopolist mahsulotiga talab. Raqobatlashgan bozorda firma maksimal foyda oladi, agar u chekli daromad chekli xarajatga teng holatni ta’minlaydigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsa, bunday mahsulot hajmi optimal bo’ladi. Monopolist ham shu optimal ishlab chiqarish shartiga amal qilishi kerak bo’ladi. Sof monopolist tovariga bo’lgan talab ham bozor talabi hisoblanadi. Monopolist o’z tovari narxini oshirsa unga talab kamayadi va aksincha, monopolist tovar narxini tushirsa unga talab ortadi.

Raqobatlashgan bozorda firmaning chekli daromadi mahsulot narxiga teng va talab chizig’i gorizontal bo’lsa, monopol bozorda monopolist mahsulotiga bo’lgan talab chizig’i pastga yotiqroq va monopolistning chekli daromadi har doim narxdan kichik bo’ladi.

Monopol hokimiyat va jamiyat farovonligi

Monopol hokimiyatda narx chekli xarajatdan yuqori bo’ladi. Monopol hokimiyatda narx oshadi, ishlab chiqarish hajmi kamayadi, natijada bu firmaning daromadini oshishiga va iste’molchilar turmush darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin.

Iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar ortiqchalarini monopol va raqobatlashgan bozor sharoitlarida qaraymiz (10.3-rasm).

Raqobatlashgan bozordagi ishlab chiqaruvchilar va monopol ishlab chiqarishning chekli xarajatlari bir xil deb faraz qilaylik. 4-rasmda monopolistning o’rtacha va chekli daromadlar chiziqlari va chekli xarajatlari chizig’i ko’rsatilgan.





10.3-rasm. Monopol hokimiyatdan olinadigan zararni ifodalovchi grafik.

5. Monopol narxga soliqning ta’siri

Yuqorida ko’rgan edikki, raqobatlashgan bozorda bir birlik mahsulotga qo’yilgan soliq mahsulotning bozor narxini soliq miqdoriga nisbatan kichikroq miqdorga o’zgartiradi va bu soliq yuki ham iste’molchiga, ham sotuvchiga taqsimlanadi. Monopol bozorda soliq qo’yilganda, mahsulot narxi soliq miqdoridan ko’proq miqdorga ham oshishi mumkin.

Faraz qilaylik, monopol bozorda har bir birlik mahsulot soliqqa tortiladi. Soliq miqdori so’mga teng va monopolist sotilgan har birlik mahsulot uchun davlatga so’m soliq to’laydi. Demak, firmaning o’rtacha va chekli xarajatlari so’mga oshadi. Agar firmaning boshlang’ich chekli xarajati bo’lsa, soliqqa tortilgandan keyingi chekli xarajati quyidagicha bo’ladi (10.4-rasm). Grafikda soliq xisobiga o’zgargan chekli xarajat chizig’i boshlang’ich chekli xarajat chizig’ini miqdorga yuqoriga siljitish orqali hosil qilindi (10.4-rasm).






10.4-rasm. Monopol tovar narxiga soliqning ta’siri.
Natijada chizig’i chekli daromad chizig’ini, yangi nuqtada kesib o’tadi. Biz soliqga tortilmagan vaqtdagi ishlab chiqarish hajmi va narx ni va soliqga tortilgandan keyingi ishlab chiqarish hajmi va narx larni olamiz.

Raqobat va yakkahokimlik

1.Raqobat tushunchasi va uning usullari.

Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy tartibga soluvchi mexanizm hisoblanadi.Bu ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilarni o’ziga bo’ysundiradigan yagona kuchdir.Bozor tizimiga bo’ysunadigan ishlab chiqaruvchilar raqobat natijasida foyda olishni rejalashtiradi. Kimki bu qonunni buzsa, zarar ko’radi va inqirozga yuz tutadi. Raqobat sharoitida iste’molchi – xo’jayin, bozor – uning ta’minotchisi (agenti), firma esa uning xizmatkori hisoblanadi.

Raqobat- bozor iqtisodiyoti ishtirokchilarining o’z manfaatlarini yuzaga chiqarish uchun bir-biri bilan kurashi, ularning o’zaro bellashuvidir.

Raqobat qonuni - bozor tizimining shunday iqtisodiy qonunidirki, unga ko’ra iqtisodiyot sub’ektlarining o’z maqsadlari yo’lidagi o’zaro kurashimuqarrar bo’ladi, bu kurash bozorga xos usullarda olib boriladi va sub’ektlarni iqtisodiy jihatdansaylanib olishini yuzaga keltiradi.

2. Mukammal va nomukammal raqobat.

Mukammal raqobat – bu erkin bozordagi ko’pchilikdan iborat sotuvchilar va xaridorlarning har biri cheklanmagan holda bozor qonun qoidalariga binoan va bir xil usul bilan olib boradigan raqobatidir.

Bu tabiatan sof raqobat hsioblanadi, chunki hech bir cheklanishlarsiz yuz beradi, unda ixtiyoriy ravishda mutlaqo mustaqil ish ko’rayotgan sotuvchilar va xaridorlar qatnashadi.Uning 3 ta asosiy belgisi bor:

1. Raqobatlashuvchilar ozchilik emas, balki ko’pchilik bo’ladi.

2. Raqobatlashuvchilar bir turdagi tovarni bozorga taklif etadilar, shu bois ular xaridor uchun kurashadilar.

3. Raqobatda qatnashish ixtiyoriy, chunki bozorga o’z tovari bilan xoxlagan vaqtda kirib kelish mumkin.

Mukammal raqobat iqtisodiy yutuqdan ham iste’molchini, ham ishlab chiqaruvchini bahramand qiladi.



Raqobatli iqtisodiyot muayyan resurslar sharoitida ulardan maksimal miqdorda tovar va xizmatlar ishlab chiqarilishini ta’minlashga moyil bo’ladi.

Nomukammal raqobat bu – monopoliyalar bozorida ozchilikdan iborat sotuvchilar va xaridorlarning cheklangan tarzda va xilma xil usullar bilan yuz beradigan raqobatidir.

Monopoliya bozori erkin bozor emas, chunki bu yerda ozchilik yirik firmalar tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning asosiy qismini o’z qo’lida to’plab olib bozorda hukmronlik qiladilar.Ularning raqobati nomukammal raqoba monopolistik raqobat, oligopoliya, sof monopoliya, monopsoniya sharoitidagi raqobatlarga bo’linadi.



1. Monopolistik raqobatda ko’p sonli, lekin uncha yirik bo’lmagan, aynan bir xil bo’lmasada, o’xshash tovarlarni xaridorlarga taklif qiladigan firmalar raqobatlashadi. Monopol raqobatda yangi sifatliroq mahsulotni chiqarish kurashning asosiy usuli hisoblanadi.Ammo yangi mahsulotga xaridorni chorlash uchun reklama ham qo’llaniladi. Xilma xil mahsulotni sotish reklamani ko’proq talab qiladi. SHu sababli AQSH da bir yillik reklama xarajatlari taxminan 100 mlrd dollarni tashkil etadi.

2. Oligopoliya sharoitidagi raqobatda ozchilik, lekin g’oyatda yirik firmalar qatnashadi, ular muayyan tarmoqdagi mahsulot ishlab chiqarishni va sotishni o’z qo’lida to’plab oladi. Oligopoliya bozoriga kirib borish yo’lida 3 ta jiddiy to’siq bo’ladi:

1. Bu yerga kirib kelish uchun katta kapital egasi bo’lish kerak, bu esa ko’pchilikda bo’lmaydi.

2. Tabiiy resurslar ayrim kompaniyalar qo’lida mulk sifatida to’planib qolganidan, ular o’zgalarga nasib etmaydi.

3. Ilmiy texnikaviy yangiliklar ayrim kompaniyalar monopoliyasiga aylanib qoladi, shu sababli ulardan boshqalar foydalana olmaydi.Masalan, avtomobil kompaniyalari o’z texnik yangiliklarini sir tutib boshqalarga bermaydi.

Oligopoliyada bir tomondan firmalar bitimga kelishsa, ikkinchi tomondan raqobatlashadi. Ular kelishgan holda ishlab chiqarish hajmini qisqartirish yoki va yuqori narx o’rnatishga intiladilar. Oligopoliya tabiatining ikkiyoqlamaligini duopoliya ko’rsatadi.

Duopoliya – ikki firma hukmronligi bo’lib, oligopoliyaning sodda ko’rinishidir. Hamkorlik zarurati ikki firmani bitimga kelib kartel hosil etishini bildiradi. Bunda ikki tomondan har biri qancha tovar ishlab chiqarishi va necha puldan sotishini belgilab oladi.

Oligopoliya monopoliya singari ishlab chiqarish hajmini cheklaydi, lekin uning narxi sof monopoliya narxidan pastroq, ammo erkin bozor narxidan yuqori bo’ladi.



2.Korxonalarning oligopoliya sharoitidagi xatti-harakatlari.

Oligopoliya - bu shunday bozor turiki, undagi tovar taklifining hammasi, yoki deyarli hammasi bir necha ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan bo’lib olingan va bu bozorga yangi firmalarning kirishi katta to’siq orqali cheklangan bo’ladi.

Oligopoliya so’zi grekcha bo’lib (oligos - bir necha, poleo - sotaman) sotuvchilarning kamligini bildiradi. Oligopol tarmoqlarga misol sifatida AQSHning avtomobil sanoati, po’lat, alyumin, elektrouskunalar va kompyuter tarmoqlarini keltirish mumkin. Bu tarmoqlarda ishlab chiqariladigan umumiy mahsulot hajmi bir necha firmalar hissasiga to’g’ri keladi.

Oligopolik bozorni uning quyidagi uchta xususiyati ajratib turadi:



birinchidan, tarmoqda faoliyat ko’rsatayotgan firmalarning kamligi;

ikkinchidan, tarmoqga kiruvchi firmalar uchun kuchli to’siqlarning mavjudligi;

uchinchidan, oligopolik bozordagi firmalarning harakati bir-biriga bog’liqligi.

Oligopolik bozorning uchinchi xususiyatiga ko’ra, firmalarning iqtisodiy harakatlari bir-biriga bog’liq, ya’ni har bir firma biror iqtisodiy strategiyani tanlaganda, boshqa firmalarning ushbu strategiyaga bo’lgan munosabatini e’tiborga olish kerak bo’ladi.



3. Sof monopoliya sharoitidagi raqobat ishlab chiqaruvchilar o’rtasida bo’lmaydi, balki ular resurs xaridori bo’lganda paydo bo’ladi.

Sof monopoliya degani, ishlab chiqarish va tovarlar taklifini yagona, ya’ni hech bir raqibi yo’q kompaniya qo’lida bo’lishini bildiradi.
Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish.
1.Mehnat bozoridagi muammolar va ularning oqibatlari.
Mamlakat iqtisodiyotida YAMM yoki YAMMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng asosiylaridan biri mehnat resurslari hisoblanadi. Inson resurslari avvalo yollanma xodimlar mehnati va insonlarning tadbirkorlik qobiliyatlaridan iborat. Mehnat yoki inson resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini demografik fanlar, «Statistika», «Etnografiya», «Mehnat iqtisodi», «Ijtimoiy-madaniy kompleksni prognozlashtirish» fanlari qatori «Makroiqtisodiyot» fani ham o’rganadi.

«Mikroiqtisodiyot» inson resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishlarini tadqiq etish orqali ularni samarali boshqarishni maqsad qilib oladi. CHunki, mehnat resurslari va ularning faol qismi bo’lgan ishchi kuchi ishlab chiqarish kuchlarining eng asosiy qismidir. Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni tushiniladi.

Mehnat resurslarini sifat jihatdan takomillashtirish iqtisodiyotning o’sish sur’atlari bilan bevosita bog’liqdir. SHuning uchun ham mamlakatda mehnat bozorini, mehnatni boshqarish institutlarini va uning iqtisodiy-huquqiy mexanizmlarini yaratish eng asosiy vazifalardan biridir.

Demak, mehnat bozori va uning maromida faoliyat ko’rsatishi quyidagi omillarga bog’liq:



  • aholi soni, yoshi va jinsining salmog’idagi o’zgarishlarga;

  • ish bilan bandlilikdagi hudud va tarmoq o’zgarishlariga;

  • qo’shimcha ishchi kuchini ishlab chiqarishga jalb etish mexanizmiga;

  • ishlab chiqarish hajmiga, uning o’sish sur’atiga, ishlab chiqarish tarkibiga;

  • ishlab chiqarish kuchlarining hududiy joylashuviga;

  • mehnat resurslarini boshqarish usuli va boshqalarga.

Hozirgi sharoitda mehnat bozorida talab va taklif qonuni amal qiladi. CHunki, ishchi kuchi ham boshqa mehnat mahsullari qatori, tovar shakliga ega bo’lib, tovar-pul munosabatlariga faol jalb qilinadi. Uning bu xususiyati mehnat ko’rsatkichlari tizimida o’z aksini topadi. Ular orasida ish bilan bandlik va ishsizlik ko’rsatkichlari muhim ahamiyatga ega. YA’ni, ishbilarmonlar ishchi kuchidan shunday miqdorlarda foydalanadilarki, bunda mehnatning yuqori mahsuli real ish haqi bilan yoki ish haqi hajmining puldagi ifodasi mehnatning yuqori mahsuli qiymatiga teng bo’lishi kerak. Agarda, real ish haqi hajmi oshsa, ishbilarmon ishchi kuchiga bo’lgan talabni qisqartiradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa, ishchi kuchiga bo’lgan talab ortadi.

Ishsizlar – bu, ishchi kuchlarining bir qismi bo’lib, ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va ish qidirayotganlardan iborat..

Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:

Friktsion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish bilan ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchlari kiradi. Ishsizlikning bu turi asosan mavsumiy ishlar, ishlab chiqarishdagi eski modelning yangisi bilan almashtirilishi, ish yoki turarjoylarni o’zgartirishlar, o’quv yurtlarini tugatish va shuningdek, boshqa sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud bo’lib, ma’lum bir darajada kerakli hisoblanadi.

Strukturaviy(tarkibiy) ishsizlik. Unga asosan malakalarini o’zgartirishi va oshirishi, ma’lumot olishi, kasb egallashi lozim bo’lgan ishsizlar guruhlari kiradi. Friktsion ishsizlik bilan strukturali ishsizlikning asosiy farqi shundaki, birinchisida, ma’lum malaka va tajriba mavjud bo’ladi va undan foydalanib, ish joylarini tezroq topib olishadi, ikkinchisida esa, ishchi kuchi darhol va tezroq ish joylarini topa olmaydi. Strukturali ishsizlik iste’mol bozori ma’lum mahsulotlar bilan to’ldirilganda va ularga ehtiyoj qolmaganda paydo bo’ladi.


Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish