URL manzili.
Brauserlar yordamida dunyoning barcha web-hujjatlarini ko`rish uchun Internetdagi har bir hujjat takrorlanmas manzilga ega bo`lishi kerak. Mana shunday xususiyatga ega bo`lgan manzil URL (Uniform Resource Locator) – resursga universal ko`rsatkichdir.
URL -ni umumiy ko`rinishi quyidagicha:
Protokol://Domen manzili:Port/Yo`l.
* Protokol – kerakli Internet bayonnomasi. Eng ko`p qo`llaniladigan texnologiya – http, gipermatnli ma`lumotni uzatish bayonnomasi. Yana, tarmoqda ko’p ishlatiladigan protokollaridan biri – ftp, fayllarni uzatish bayonnomasi.
* Domen manzili (domain address) – internetdagi kompyuterning manzili. Uni yana domen nomi (domain name) yoki internet tarmog`ining tugun nomi (host name) deb atashadi.
* Port – odatda, aniq berilmaydi va ko`rsatilmagan holda :80 deb qabul qilinadi. Kompyuterda ma`lumotni uzatish va qabul qilish uchun maxsus mantiqiy bandargohlar mavjud. Bu bandargohlar takrorlanmas raqamalarga ega bo`ladi. Masalan, http-protokoli bo`yicha barcha dasturlar ma`lumotni qabul qilish uchun 80-raqamli portga murojaat qilishadi, fayllarni ftp-protokoli bo’yicha uzatishda 20,21 raqamli portlari qo’llaniladi.
* Yo`l – serverdagi faylgacha manzil yo’li.
Mustahkamlovchi savollar:
1. IP manzil haqida ma`lumot bering?
2.Manzil tarkibi nimalardan iborat?.
3.URL manzil nima?
30-Mavzu: IP manzilni o`rnatish
REJA:
1. TCP\ IP protokoli
2. IP manzil haqida .
3.Tarmoqdagi IP-manzillar.
Domen manzili.
Kompyuter domen manzilining namunaviy ko`rinishi quyidagicha:
www.asror.saflor.uz
Namunadan ko`rinib turibdiki, kompyuter manzili bir necha qismlardan iborat. O`ng tomondan manzilning birinchi qismi (namunada uz) domenning birinchi sathi deb qabul qilinadi, keyingisi (namunada saflor) – ikkinchi sathi va hokazo.
Tarmoqdagi IP-manzillar.
Domenli manzillar foydalanuvchilarga qulay bo`lishi uchun ixtiro qilingan. Aslida, kompyuterlar o`zaro IP-manzillar bilan ishlashadi. IP-manzil – aynan o`sha domen manzilini o`zi, faqat raqamlar yordamida aks ettirilgan ko’rinishi. IP-manzil namunasi: 213.180.199.11 ga o`xshash bo`ladi. Demak bunday manzil to`rtta raqamdan iborat bo`lib, ular 1 dan 254 gacha bo`lishi mumkin (0 va 255 tarmoq xizmatlari uchun saqlab qo`yilgan). Butun jahon tarmog`ida IP-manzili bo`yicha domen manzilini aniqlash uchun domen nomlarining xizmati – Domain Name Service (DNS) mavjud. DNS serverlari kerakli manzillarni topish uchun maxsus moslashtiruvchi jadvallar yuritishadi. Bu jadvallarda IP-manzilga mos domen manzil saqlanadi.
IP-manzilni domen manzilga o`xshab brauzer oynasiga kiritsa, brauzer kerakli sahifani topib, yuklaydi. Ixtiyoriy kompyuterning IP-manzilini topish uchun Windowsning buyruqlar satrini(“Пуск-Выполнить”) ishga tushurib, masalan, quyidagicha topshiriqni kiritsa:
ping www.yandex.ru
ekranga chiqqan natijada IP-manzilini ko`rish mumkin:
Обмен пакетами с www.yandex.ru [213.180.216.200]…
213.180.216.200 raqamlar yandex.ru serverini IP-manzili bo’ladi.
IP-manzillar ikki xil bo`lishi mumkin: dinamik (o`zgaruvchan) va statik (o`zgarmas). Oddiy foydalanuvchilarga o`zgaruvchan IP-manzillar beriladi. Ular Internetga ulanishganda provayder o`zining sotib olgan IP-manzillarini tejab ishlatish maqsadida foydalanuvchiga bo`sh IP-manzilini taqdim etadi. Boshqa safar foydalanuvchi Internetga ulanganda, provayderning IP-manzillar to’plamidan yana bo’sh IP-manzili taqdim etiladi va bu avvalgi olgan IP-manzilidan ko’ra boshqacha bo’lishi muqarrar. Statik IP-manzilni ishlatish uchun uni sotib olish kerak. Bu holda kompyuter tarmoqqa ulanganda doimiy, o`zgarmas manzilga ega bo`ladi. Bunday IP-manzillar web sayt yoki web server yaratuvchilar uchun kerak bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |