1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi



Download 292,88 Kb.
bet61/88
Sana03.03.2022
Hajmi292,88 Kb.
#480097
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   88
Bog'liq
1 mavzu Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik xo’jalik guruxlarga

Yarussiz shoxlar. Bunda asosiy tana bo’ylab ketma-ket bir-biridan ma’lum oraliqda joylashadi.
Vazasimon shox. Shoxdan odatda, yarus ko’rinishida 3-5 ta asosiy shoxlar chiqarib, daraxti kosasimon shaklda bo’ladi.
Yotib o’sadigan shox. Shox-shabbani yer yuzasidan 30-60 sm oraliqda oskti qismlarida o’sadigan bir necha mustaqil tanalardan iborat bo’ladi.
So’ngi yillarda so’ridan foydalanib, past bo’yli payvandtaglarda meva daraxtlari o’stirib shox-shabbasi yassi shakl berish usuli qo’llanilayapti.
Kesish turlari. Meva daraxtlarini kesish ikkiga: shoxlarni qisqartirish hamda siyraklashtirishga bo’linadi. Qisqartirish usuli qo’llanilganda, shu yili o’sgan novdalarning yoki ko’p yillik novda, shox yoki butoqlar tanaga tutashgan joyidan qirqib tashlanadi. Meva daraxtlarni butashda ikkala usul ham qo’llaniladi, lekin daraxtlarning holatiga va qanday maqsadlarda kesilishiga qarab, birinchi yoki ikkinchi usul ko’proq qo’llanishi mumkin (37, 38 – rasmlar).
Qisqartirish va siyraklashtirish daraxtlarning o’sishi va meva berishiga turlicha ta’sir etadi. Meva daraxtlari ko’pgina navlarining novdalari qisqartirilganda ko’proq (kuchli) shoxlaydi, ularni shoxning asosiga yaqinlashtiradi. Novda yoki shoxlar qisqartirilganda, uning barcha qolgan qismlarida yon novdalar paydo bo’ladi (39 – rasm).
Shoxlar siyraklashtirilganda shox-shabbalarning yorug’lik va havo rejimi yaxshilanadi, natijada ular yaxshiroq o’sadi va ko’proq hosil beradi, hosil qismlari uzoq yashaydi. Gul kurtaklari ko’proq paydo qiladi. Shox-shabbani siyraklashtirish esa daraxtlarning shoxlanishiga ta’sir qilmaydi. Shoxlar ko’proq kesib yuborilsa daraxt kuchsizlanib, uning hosildorligi pasayib ketadi, shuning uchun qalinlashib ketgan shox-shabbalarni bir yo’la emas, balki 2-3 yil davomida oz-ozdan siyraklashtirish lozim.
Qisqartirilganda shox-shabbaning o’lchami o’zgaradi, shoxlarning yuqoriga qarab o’sishi ham yon tomonlarga o’sishi ham sekinlashadi va daraxt ancha ixchamlashadi Kesilgandan so’ng shoxlar yo’g’onlashadi, asosiy shoxlari mustahkamroq bo’ladi siyraklashtirilgan lekin, shoxlari qisqartirilmagan daraxlar bo’ydor bo’lib shox-shabbasi yoyilib, tarvaqaylab o’sadi kam hosil bo’lib qoladi.
Qisqartirish novdalarning o’sishini jadallashtiradi. Shoxlar qancha ko’p qisqartirilsa, yangi novdalar shuncha uzun bo’lib o’sadi. Siyraklashtirish novdalarni o’sishiga ta’sir etmaydi. Hosilga kirish vaqtida kalta qoldirib kesilgan daraxtning novdalari kuchliroq o’sadi, ko’p barg chiqaradi, fotosintez jarayoni yaxshilanadi. Natijada o’simlikning meva berishi uchun qulay sharoit yaratiladi.
Daraxt yosh, kuchli o’sayotgan vaqtida novdalar qisqartirilsa shox-shabbalarga shakl berish uchun zararlidir. Shox-shabba qalinlashib ketmasligi uchun novdalar kamroq qisqartiriladi. Shakl berilgan daraxtlar har yili normal bo’lsa, butunlay qisqartirilmasa ham bo’ladi yoki uni har yili qo’llanmaslik kerak. Agar daraxtlar sekin o’ssa, shuncha ko’p kesiladi. Daraxtga bir tekis va qalinlashtirmay shakl berish uchun u hayotining barcha bosqichlarida siyraklatib boriladi.
O’zbekiston sharoitida yillik novdalarning 1/3 qismi kesib tashlansa- yengil kesish,1/2 qismi kesib tashlansa- o’rta kesish, 2/3 yoki 3/4 qismi kesib tashlanganda kuchli kesish deyiladi. Novdalarning kamroq qismini qisqartirish uzun kesish va ko’proq qismini esa qisqa kesish deb ataladi.
Novdalarning uzunligini u yoki bu qismini qisqartirish uzunligiga bog’liq. Novda qancha uzun bo’lsa, shuncha ko’p kesiladi. Kesilgandan keyin qolgan qismi yetarli uzunlikda bo’lishi va undan yon novdalar chiqishi lozim. Agar novda uzun bo’lsa (100 sm va undan ortiq) kurtak chiqadi, pastki qismida esa yashirin kurtaklar ko’karmay, bu qismi yalong’ochlanib qoladi. Ko’p yillik tajribalarga asoslanib, novdalarni quyidagi uzunlikda qoldirishni tavsiya etish mumkin. Kuchli o’suvchi 60 sm, kuchsiz o’sadigan (olcha, olxuri, bodom, behi, va boshqalarda) 40-50 sm uzunlikda qoldirish lozim. Hosil berayotgan daraxtlar butalgandan keyin qolgan qismining uzunligini 5-10 sm qisqartirish mumkin.
Ko’p yillik shoxlarni kesish daraxtni yoshartirish deb ataladi. Agar 2-3 yoshli shoxlar kesilsa yoki (uni ilgari atalishicha o’sishini qaytarish uchun kesish) bunday kesish yengil yoshartirish deyiladi; 4-6 yoshli shoxlar kesilsa o’rtacha yoshartirish deyiladi; agar meva shoxlari joylashadigan qismdagi shoxlarning deyarli hammasi kesilsa, kuchli yoshartirish deyiladi.
Agar yosh daraxtning bir yillik novdalari har yili butalaversa, o’sishi ko’payadi, daraxt siqilib qoladi, ildizlarining o’sishi sustlashadi, uning hosilga kirishi kechikadi. Shuning uchun yosh daraxtlar shakl berish zarur bo’lgandagina kesiladi, kuchli butaladi. Hosilga kirgan daraxtlarning novdalari ko’proq qisqartirilsa, daraxt yaxshiroq o’sadi va xalqali shoxchalar kamroq hosil bo’ladi.
Kam shoxlangan va xalqali shoxchalarda meva beradigan daraxtlarni o’rtacha kesish foydalidir. Meva daraxtlarini kesishiga shablonnik qo’llash mumkin emas. Har bir daraxtning turi va navi, yoshi hamda holatiga, tuproq-iqlim sharoitiga va qo’llaniladigan agrotexnika usullariga qarab alohida butash xususiyatlariga ega. Lekin, ularda ham umumiylik bor. Masalan, kesish orqali daraxt shoxlari uyg’unlashtiriladi (bir joyga yig’ib tartibga solinadi) bu ularni mustahkam va pishiq qiladi. Shoxlarni bir joyga yig’ish - bu har bir tartib kuchsizroq shoxning o’zidan yo’g’on va baquvvat shoxdan chiqishini ta’minlash demakdir. Agar shoxlar o’zi birikib turgan shoxga qaraganda kattalashib ketsa, ko’proq butab, uning o’sishi sekinlashtiriladi.
Ba’zan bir-biriga yaqin turgan ikkala shoxning o’sish kuchi bir xil bo’ladi va ular ko’pincha o’tkir burchak hosil qilib o’sadi, bunda ayri hosil bo’ladi. Qalin shox-shabbalarning ichkarisiga tomon o’sayotgan shoxlar qirqib tashlanadi yoki ancha qisqartiriladi.
Shox-shabba qalinlashib ketganda tananing o’rta qismining o’sishiga xalaqit beradigan shox-shabbalar batamom kesib tashlanadi yoki yon shoxlar chiqarish uchun kalta qoldirib kesiladi.
Shox-shabbaga shakl berishda shoxlarni pastga va yuqoriga emas, balki yon tomonlarga yo’naltirish lozim. Aks holda ular yerga ishlov berishni qiyinlashtiradi va shox-shabbani qalinlashtirib yuboradi.
Meva daraxtlari kuz-qishda, qish-bahorda va novda hamda shoxlarning uchki qismlariga oziq moddalar bormasdan va yoz davrlarida kesiladi. Kesish dastlabki ikki muddatda-daraxtning tinim davrida, barg chiqarmagan vaqtda, shira harakati boshlanmasdan o’tqaziladi. Agar bahorgi kesish kechki muddatlarda o’tqazilmasa, novdalarni qisqartirish bilan daraxtni oziq moddalardan qisman mahrum qilamiz.
Yozgi kesish ikki xil bo’ladi: tinim davrlarida o’tqaziladigan butashga o’xshash odatdagi kesish va yangi novdalarning uchlarini chilpib tashlash, meva daraxtlari yozda butalgandagina qaraganda kamroq shikastlanadi. Bundan tashqari daraxtning bargsiz holatida kesishning xususiyatini aniqlash va uni o’tqazish oson bo’ladi, shu bilan birga kesuvchilar ham bu davrda boshqa ishlar bilan uncha band bo’lmaydi.
Ko’pgina meva daraxtlari butun tinim davri davomida butaladi: xazonrezgilikdan boshlab, qish bo’yi davom ettiriladi, sovuq 10 oC dan oshmasa, o’suv davri boshlanishigacha tugallanadi. Kuzgi - qishki butash davrida daraxt qattiq shikastlanmasligi kerak, chunki bu daraxtning sovuqqa chidamliligini pasaytiradi. Shikastlangan yerlar vegetativ fazalarida tezroq bitadi, shuning uchun yo’g’on butoqlar bahorga yaqin kesiladi. Bu ko’p kesishni va qisqartirishni talab qiladigan daraxtlarga ham tegishli bo’ladi.
Novdalarni chilpish may-iyun oylarida o’tkaziladi. Daraxtlarni kesish o’tkirlangan bog’ asboblaridan, qaychi, bog’ arrasi, shox kesar arra, bog’ pichog’i, yoysimon arra yordamida bajariladi.
O’zbekiston sharoitda daraxtlar asosan qo’lda kesiladi. Lekin, kesish ko’p mehnat talab qiladi. Buni yengillashtirish uchun pnevmatik komplekti bo’lgan g’ildirakli shox (butoq) kesish vishka-platformasi ishlab chiqilgan (40, 41 – rasmlar). U qator bo’ylab yurib har qaysi daraxt oldida to’xtaydi va ishchilar unda turib shox-shabbani kesadilar. Meva daraxtlari bu mashinalar yordamida kesilganda, mehnat unumdorligi olti marta oshadi.

Download 292,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish