1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi



Download 292,88 Kb.
bet74/88
Sana03.03.2022
Hajmi292,88 Kb.
#480097
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   88
Bog'liq
1 mavzu Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik xo’jalik guruxlarga

Yer tanlash. Malina bir yerda ko’chirilmasdan 10-12, ba’zan undan ham ko’proq yil o’sadi, shuning uchun yer tanlashga alohida e’tibor beriladi. Malina uchun sovuq shamollardan to’silgan, hosildor hamda suv qatlami yer yuzasidan 1,5 m dan past bo’lgan maydonlar ajratiladi.
Malina chirindiga boy, tarkibi yaxshi hamda suvni yaxshi o’tkazuvchi qumloq va qumoq tuproqli yerlarda yaxshi o’sadi va mo’l hosil beradi. Og’ir tuproqli, sho’rxok, botqoq, karbonati ko’p yerlarga malinani ekish yaramaydi.
Yerni tayyorlash. Malinaning ildiz sistemasi haydaladigan qatlamda gorizontal joylashadi. Shuning uchun yer qanchalik chuqur bo’lsa, unda oziq moddalar va nam shunchalik ko’p to’planadi, ildiz sistemasi baquvvat tarakqiy etib, ekin serhosil bo’ladi. Malina ekiladigan yer 30-35 sm chuqurlikda chopilib, 1m2 yerga 6-8 kg go’ng va 80 g superfosfat solinadi. Chopib chiqilganidan so’ng tuprog’i tekislanadi va egat olinadi.
Ekish. O’zbekistonda sug’oriladigan yerlarga malina kuz (oktyabr-noyabr) da yoki erta bahor (mart) da ekilgani ma’qul. Kuzda ekilgan nihollar yaxshi o’rnashib oladi va erta bahordayoq o’sa boshlaydi. Malina ildiz bachkilarini qator oralig’i 1,5-2 m, qatordagi oralig’i 0,5 m eni va chuqurligi 40 sm qilib olingan chuqurlarga o’tqaziladi. Ekishdan oldin ildiz sistemasi sinchiklab tekshiriladi, kasallangan, singan yoki zararlangan ildizlari kesib tashlanadi, judayam uzun ildizlari qiskartiriladi. Malina shunday o’tqazilishi kerakki, uning ildiz bo’g’zi yer sathiga to’g’ri kelsin, so’ngra chuqurchadagi ildizlar har tomonga baravar tarab o’rnashtiriladi, ustiga tuproq sepilib, nihol yengilgina silkitiladi va tuprog’i zichlanadi. Ko’chat o’tkazilgandan keyin har bir chuqurchaga 5-6 l suv quyiladi, chuqurchalar usti go’ng, torf yoki quruq tuproq bilan bekitiladi, poyasining tuproq yuzasidan ustki qismi qirqilib, bir joyga to’planadi va yoqib yuboriladi.
Parvarishlash. Yaxshi tutishi va baquvvat bo’lib o’sishi uchun birinchi yili ekinlarga ko’ngildagidek parvarish zarur. Kuzda yoki bahorda nobud bo’lgan yoki nimjon ko’chatlar o’rniga o’sha navdan o’tkaziladi.
Yoz davomida tuproqni g’ovak holda saqlash lozim. Vegetasiya davri davomida, erta bahordan boshlab qator oralari 10-12 sm, qator ichida 4-5 sm chuqurlikda 5-7 marta tuproq yumshatiladi. Kuzda qator oralari bir belkurak bo’yi, qatordagi tuplar yoni esa 4-5 santimetr chuqurlikda ag’dariladi. Begona o’tlar paydo bo’lganda, chopiq qilinaveradi. Malina hosildorligini oshiradigan muhim agrotexnik tadbirlardan biri o’g’itlashdir. Ma’lumki, malina har yili juda ko’p miqdorda bachki ildizlar hosil qiladi, ular tuproqdan ko’pgina oziq moddalarni o’zlashtiradi. Shu boisdan yaxshi hosil olish uchun har yili mineral o’g’itlar solish kerak (1 m2 yerga 50-60 g superfosfat, 10 g kaliy tuzi, 15-20 g ammiak selitrasi). Organik o’g’itlarni (har m2 ga 6-8 kg) tuproqning hosildorligiga qarab har yili yoki yil oralatib solinadi. Go’ng, superfosfat va kaliyli o’g’itlar kuzda yer ag’darilayotgan paytda, azotli o’g’itlar bahorda yer chopilayotganda solinadi. Malinani vegetasiya davrida har bir kvadrat metr yerga 10-12 litr hisobida 12-15 martagacha sug’oriladi. Dastlab g’uncha tugayotganda, ikkinchi marta gullash oldidan, uchinchi marta meva tugish oldidan, to’rtinchidan sakkizinchigacha meva berayotganda, to’qqizinchidan o’n beshinchigacha hosili yig’ib olingandan so’ng sug’oriladi. O’simlikni chidamli qilish uchun sug’orishni sentyabrgacha to’xtatiladi.
Butash. Malina yiliga ikki marta butaladi. Hosili terib olingandan so’ng meva tukkan barcha ikki yillik shoxchalari qirqib tashlanadi. Ularni poyasini qoldirmasdan tuproq sathigacha kesib tashlash kerak, chunki ular bir tomondan, o’simlikni parvarish qilishga xalaqit bersa, ikkinchi tomondan, yosh novdalarni hamda butun tupni ikki yillik novdalarda qishlaydigan hasharotlar va kasalliklar manbai bo’lishi mumkin. Ayni paytda, malinaning singan hamda zaif ildiz bachkilari olib tashlanadi, bir-biridan 10-15 sm uzoqlikda joylashgan baquvvatlari butaladi, so’ngra novdalarning 150-100 sm balandlikda yaxshi taraqqiy topgan kurtakkacha chilpib tashlanadi. Bir yilda ikki marta hosil beruvchi (remontant) navlarining hosil bergan barcha novdalarining yuqori qismi kesib tashlanadi.
Malinani parvarishlashni osonlashtirish, tuplarga yorug’lik yaxshi tushishi, novdalarni sinib qolishdan asrash uchun maydonlarda simbag’az o’rnatiladi. Egat bo’ylab har 8-10 m da uzunligi 2-2,5 m uzunlikdagi yog’och yoki temir qoziqlar koqiladi. Ularning balandligi yerdan 1,5-2 m dan kam bo’lmasligi kerak. Qoziqlar orasiga 50-60 va 100-120 sm balandlikda ikki kator qilib sim tortiladi. Simga meva beruvchi shoxchalar bog’lanadi. Simbag’azning boshqa ko’rinishlari ham qo’llaniladi 100-120 sm uzunlikdagi qoziqlarga ko’ndalang qilib uzunligi 70-80 sm bo’lgan taxtachalar qoqiladi. Ularning uchlariga o’zaro parallel bo’lgan simlar mustahkamlanib, oralig’iga malina novdalari joylashtiriladi. Ularni bog’lash yoki bog’lanmagan holda ham qoldirish mumkin. Malina kech kuzgacha usadi, birinchi yil chiqargan shoxchalari gullaydi va sovuq tushgunga qadar meva beradi. Qorsiz qish sovug’ida shoxchalar muzlab qoladi. Shu boisdan ochiq yerlardagi malinalar qish oldidan ko’miladi, usti poxol, palaklar, qamish yoki tuproq bilan bekitiladi.

Download 292,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish