1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi



Download 292,88 Kb.
bet12/88
Sana03.03.2022
Hajmi292,88 Kb.
#480097
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88
Bog'liq
1 mavzu Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik xo’jalik guruxlarga

Asosiy tushunchalar: Katta maydonlarda bog’ barpo qilishda ayrim kvartallarning katta-kichikligi, ularning qanday joylashishi, tegishli binolarning o’rni va ularga boradigan yo’llar belgilanadi. Har bir kvartal burchaklariga kvartal nomi yozilgan ustunlar ko’miladi. Daraxt qatorlari suv yaxshi yuradigan eng qulay nishab bo’ylab olinadi. Bog’ maydondan asosiy ariqqa yoki magistral yo’lga qaratib rejalanadi. Meva daraxtlari ma’lum bir tartibda qator orlarining eniga va qatorlardagi har bir o’simlik orasiga qat’iy e’tibor berib o’tqaziladi. Buning uchun bog’ barpo qilish uchun ajratilgan uchastka oldindan rejalab quyiladi. Katta maydonlarni ko’chat o’tqazishi uchun rejalashda ayrim kvartallarning katta-kichikligi, ularning qanday joylanishi, xizmat binolarining joylanishi va ularga boradigan yo’llar belgilab qo’yiladi. Uchastkani rejalash magistral va kvartallararo yo’llar hamda ixota daraxtlari uchun joy ajratishdan boshlanadi. Kvartal yoki kichik uchastkalar ajratishdan oldin to’g’ri burchaklar belgilab, qo’yiladi. To’g’ri burchaklar hosil qilish uchun ekker ishlatiladi, ekker bo’lmasa chizimcha yoki yer o’lchaydigan lentadan foydalaniladi.
Kvartallarda ko’chatlar o’tqaziladigan joylar chizimcha yoki lenta bilan o’lchab, shuningdek ko’z bilan chamalab rejalanadi. Chizimcha sifatida uzunligi 110 m diametri 3 mm bo’lgan simni ham ishlatish mumkin.
Sim tortib rejalash. Katta - kichikligiga qarab, bog’ kvartali bir necha qismga bo’linadi. Qismning ikkala qarshi tomonida zarur masofagacha sim bilan o’lchanib, belgi qo’yilgan joylarga qoziqlar qoqiladi. So’ngra kvartalning qarshi tomonlaridagi birinchi qoziqlar orasiga sim tortiladi va simdagi hamma belgilariga qoziqlar qoqib chiqiladi. Keyin sim keyingi ikkita qoziqqa tortiladi va bu ish butun kvartal qismlariga bo’linib bo’lgunga qadar shu tartibda davom ettiriladi.
Ko’z bilan chamalab rejalash. Uchastkaning to’g’ri burchaklari belgilangandan keyin, uchastkaning to’rt tomoniga qoziq qoqiladi. Qoziqlar ko’chat o’tqazish uchun belgilangan joylariga qoqiladi. Keyin ikki ishchi ko’chat o’tqaziladigan chiziqlarni ko’z bilan chamalab belgilab turadi, uchinchi ishchi esa ana shu chiziqlar kesishgan joylariga qoziq qoqadi.
Tog’ etagida joylashgan rayonlardagi bog’larda konturli daraxt o’tqazishning uch usuli mavjud:
1. Qatorlardagi daraxtlar orasidagi barovar oraliq qoldirib ko’chat o’tqazish. Rejalash «a, v» to’g’ri kontrol chizig’ini yon bag’ir bo’ylab, odatda uning eng tik qismidan pastga tomon chizishdan boshlanadi. Rejalash yon bag’rininig yuqori qismidagi kontrol chiziqning birinchi qozig’idan boshlanadi. Transsirovщikning qisqa oyog’i qoziq turgan joyga qo’yiladi, uzun oyog’i esa nivelir gorizontal holatiga kelgan joyga yon bag’riga ko’ndalang qilib qo’yiladi. Uzun oyoqcha yoniga qoziq qoqiladi. Keyin bu qoziq yoniga transsirovщnik qisqa oyoqchasi qo’yiladi, uzun oyoqchasi bilan esa ikkinchi qoziq qoqiladigan joy belgilanadi.
2. Yon bag’riga to’g’ri chiziq bo’ylab ko’chat o’tqazish. Ko’chatlar bu usulda o’tqazilganida bog’ning havo drenaji yaxshilanadi hamda o’simliklar qora sovuqdan va zamburug’ kasaliklaridan kamroq zararlanadi.
3. Kontur qatorlar orasini barovar kenglikda qoldirib ko’chat o’tqazish. Bu usulning ikkinchi usuldan farqi shuki, yonbag’ir bo’ylab ketgan qatorlardagi daraxt oralari barovar bo’ladi.
Chuqurlar kovlash. Meva daraxt ko’chatlari bog’ barpo qilinadigan uchastkada oldindan kovlab qo’yilgan maxsus chuqurlarga o’tqaziladi. Kuzda ko’chat o’tqaziladigan chuqurlar ikki hafta oldin, bahorda o’tqaziladigan bo’lganda esa, kuzda kovlab qo’yiladi. Chuqurlarning kengligi va chuqurligi tuproq sharoitiga qarab belgilanadi: sug’oriladigan madaniy bo’z tuproqli yerlarida chuqurlarning kengligi 55-60 sm va chuqurligi 60-70 sm bo’ladi; kuchsiz toshli tuproqlarida chuqurlarning eni 1,5 m ga yetkaziladi.
Chuqur kovlaganda daraxt o’tqaziladigan nuqtani yo’qotib qo’ymaslik va to’g’ri chiziq bo’ylab o’tqazishni buzmaslik uchun uzunligi 1,5 -2 m eni 10-15 sm uch joyi uyilgan ko’chat o’tqazish taxtasidan foydalaniladi.
Chuqurlar qo’lda kvadrat shaklida kovlanadi. Chuqurlar kvadrat shaklida kovlanganda keyinchalik o’tqazilgan daraxtlar yonida tuprog’i yumshatilmagan joylar qolmaydi.

Download 292,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish