partiyaviylik, oilaviy ahvol xususidagi masalalar kiritilishi mumkin.
Keyingi bosqichda respondent bilan aloqa o`rnatish bilan bog`liq savollar o`rin
oladi. Aloqa o`rnatish savollari tadqiqot maqsadi va vazifalaridan kelib chiqadi. Ayni
chog`da, bunday savollar me`yordan ortiq bo`lib ketmasligi kerak, chunki bunday
savollarning haddan oshib ketishi anketaning asosiy savollariga mas`uliyat bilan
yondashilishi darajasini pasaytirishi mumkin. Keyingi bosqichda anketaning asosiy
savollari batafsil va mantiqiy bog`liqda berilishi lozim. Asosiy savollar o`z mazmuni bilan
muhim axborotni qo`lga kiritish imkonini beradi. Anketadagi asosiy savollar tadqiqot
dasturida ko`zda tutilgan maqsad va vazifalarga to`la javob berishi lozim. Anketaning
so`nggi bosqichida yakunlovchi savollar o`rin olishi kerak. Bunday savollar asosiy
bosqichda ilgari surilgan hamma savollarga xulosa yasashi, respondentlarni ruhiy-
intellektual hayajon vaziyatidan chiqarishga xizmat qilishga lozim.
Hozirgi sharoitda konkret sotsiologik tadqiqotlar anketa usulining uch ko`rinishidan
unumli foydalanib kelmoqda. Ular qo`lma-qo`l tarqatish asosidagi, pochta va matbuot
orqali anketa o`tkazish shakllarini o`z ichiga oladi. Tarqatish yo`li bilan o`tkazilayotgan
anketa sotsiolog tomonidan respondent qo`liga bevosita topshiriladi va uning o`zidan
qabul qilib olinadi. Bu usul hozirgi vaqtda keng tarqalgan bo`lib, olinuvchi javoblarning
nisbatan haqqoniyligi va ob`yektivligi bilan ajralib turadi. Pochta orqali o`tkaziladigan
anketalar avvaldan tanlangan familiyalar yoki muassasalar ro`yxati asosida tarqatiladi. Bu
usuldagi kamchilik shundan iboratki ko`pgina anketalar qaytarib yuborilmaydi. Sotsiolog
ko`proq anketa bilan birgalikda maxsus iltimosnoma ham qo`shib jo`natishi ma`quldir.
Matbuot orqali o`tkaziladigan anketalar gazetalarning so`nggi sahifalarida e`lon
qilinadi va bunda gazetadagi savollar yozilgan qismini yirtib olib, redaktsiyaga qaytarib
yuborish iltimos qilinadi. Tajribadan ma`lumki, gazeta orqali o`tkaziladigan anketalarning
atagi 5% respondentlar tomonidan qaytariladi.
Umuman olganda, anketa usulining quyidagi qulayliklari mavjud: a)respondentlar
javob berish chog`ida o`z nuqtai nazarlarini ma`lum darajada asoslashga harakat qiladilar;
b)anketa usuli orqali juda ko`p kihilarni tadqiqot ob`ektiga jalb etish mumkin; v) anketalar
vositasida jamoatchilik fikri yo`nalishlarini o`z vaqtida payqab olish mumkin.
Anketa savollari ochiq, yarim ochiq va yopiq variantlardan iborat bo`ladi. Ochiq
savollar respondent uchun keng tafakkur qilish, qo`yilgan masalalar yuzasidan atroflicha
mushohada yuritish asosida ish tutish imkonini beradi. Ayni chog`da ochiq savollar
respondent uchun muayyan qiyinchiliklar ham tug`dirishi, javob berish diapazonini
toraytirib qo`yishi ham mumkin.
Sotsiologik tajribalardan ma`lumki, ayrim hollarda respondentlar ochiq savollarga
javob yozmasdan, shundayligicha qoldirishlari ham mumkin. Ochiq savollarga misol qilib
quyidagilarni keltirish mumkin: «Sizning mazmunli dam olishingizni tashkil etish uchun
qanday shart-sharoitlar mavjud?», «Mehnatkashlarning ommaviy dam olishlarini tashkil
etish uchun klub muassasalarini qanday jihozlash kerak?» yarim ochiq savollar esa
mumkin bo`lgan muqobil javoblar bilan bir vaqtda, respondent tomonidan ifodalanuvchi
bir qator vaziyatlarni o`zida aks ettiradi. Yuqoridagilardan farq qilib, yopiq savollar
muayyan mazmundagi savolga to`la muqobil javoblar berilgan bo`lib, respondent bu
savollar ichidan o`ziga ma`qulinigina tanlab oladi. Ushbu savollar respondent uchun eng
195
qulay usul hisoblanadi. Anketa savollarida respondent berilayotgan muqobil javoblardan
bittasi emas, bir nechtasini qayd etish imkoniga ham ega bo`lishi lozim, Bunday savollarni
ilmiy adabiyotlarda menyu-savollar, deb atashadi.
Anketa usuli qator qulaylikliklarga ega bo`lishiga qaramasdan, u o`ziga xos
kamchiliklarga ham egaki, ular xususiga quyida fikr yuritamiz: a)anketa savollari ba`zan
noaniq va tushunarsiz yoziladi, natijada javoblar noto`g`ri yoki noob`yektiv bo`lishi
mumkin; b) ko`pgina savollar bir-biriga o`xshash bo`lishi mumkin, bu esa respondent
tomonidan savollarga e`tiborsiz yondashishga olib keladi; v) ayrim savollar o`ta murakkab
tuzilishi mumkin, bu holat respondent fikrini cholg`itib, berilgan savol javobsiz qolishga
yoki muqobil javoblarning oxirida qo`yiluvchi «javob berishga qiynalaman», degan satr
ostini chizishga olib keladi; g) anketani o`tkazish zaruratini to`g`ri tushuntirmaslik
ko`pgina respondentlarning anketa savollariga umuman yoki qisman javob berishdan bosh
tortishlariga olib kelish mumkin; d) anketa o`tkazish jarayonini to`g`ri tashkil etmaslik
natijasida ko`pchilik bo`lib anketa to`ldirilayotgan paytda savollar mazmuni atrofida bahs-
munozara boshlanib ketishi yoki bir-biridan javoblarni ko`chirib yozish hollari bo`lishi
mumkin.
Ta`kidlash joizki, anketadagi asosiy savollardan keyin kontrol’-nazorat savollari
berilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday yondashuv respondentlarning ob`yektiv javob
berishga xizmat qiladi. Masalan, «siz klubdagi to`garaklar faoliyatida ishtirok etasizmi?»,
degan savoldan so`ng, albatta, «ishtirok etayotgan to`garagingiz sizni qaysi jihatlari bilan
o`ziga jalb etadi?», degan savolni berish lozim. Bunday qilish to`garak ishida ishtirok
etimaydigan respondentni birinchi savolga tasdiqlovchi «ha» degan javob berishdan
tiyilib, to`g`ri javob berishga undaydi. Birinchi savolga to`g`ri yondashgan respondent
uchun esa ikkinchi savolga kelgach, fikrini erkin rivojlantirish imkonini yaratadi.
Ayni vaqtda, sotsiolog respondent shaxsini hurmatlab o`nga yondoshuvi kata
ahamiyatga ega. Savollar boshida «marhamat qilib ayting-chi», «Sizning fikringizcha»,
«Agar mumkin bo`lsa», «sizdan shuni iltimos qilamizki» kabi hurmat ma`nosidagi
boshlamalarqo`yilishi lozim. Savollar keskin va qo`pol tuzilmas-ligi, respondentni
bezdirib qo`ymasligi kerak. Masalan, «O`zingizdagi kamchiliklarni sanang?», deb savol
qo`yish o`rniga «siz o`zingizdagi qaysi kamchiliklarni yo`qotishni xohlaysiz?», deb tuzish
maqsadga muvofiqdir.
Anketani bevosita o`tkazish jarayoni muhim bosqich bo`lib, sotsiolog bu ishga o`ta
jiddiylik bilan kirishishi lozim. Bu jarayon so`rash protsedurasi deb atalib, quyidagi
talablarga rioya qilishga undaydi: a) sotsiolog anketa o`tkaziladigan joyga o`z vaqtida va
o`zi kelgan joy ma`muriy rahbariyati va jamoa tashkiloti vakili bilan birgalikda kelishi
lozim; anketani to`ldirish chog`ida taklif etilganlarning deyarli hammasi hozir bo`lishlari,
bir-birlaridan muayyan masafada joylashishlari (bir-birlaridan ko`chirmasliklari va xalaqit
bermasliklari uchun) lozim; v) sotsiolog yig`ilganlarga o`tkazilayotgan tadqiqot maqsadi,
mazmuni va ahamiyati xususida so`zlab beradi. Anketani qanday qilib to`ldirish kerakligi,
tadqiqot natijalari qanday maqsadlarda foydalanishi, tushunarli bo`lmagan savollar
yuzasidan faqat sotsiologning o`ziga murojaat qilish kerakligi, anketa savollari bo`yicha
bir-birlari bilan savol-javob qilmaslik lozimligini shoshilmasdan tushuntirib beradi;
g)tajriba shuni ko`rsatadika, yig`ilganlarda ko`pincha ruchka, qog`ozlar bo`lmay qolmay
qolish hollarda ham uchrab turadi. Shu sababdan, sotsiolog o`zi bilan yozuv qurollari olib
kelsa, zarar bo`lmaydi; d)anketalarni tarqatish oldidan sotsiolog anketa to`ldirmaydigan
kishilarning xonadan chiqib ketishini so`rashi kerak.
Anketalarni yig`ib olish vaqtida sotsiolog har bir anketani tekshirib olishi
to`ldirilmagan savollar bo`lsa, respondentga murojaat qilib, sabablarini aniqlashi,
196
tushunarli bo`lmagan savollar bo`lsa, izohlab berishi va hamma savollarga to`liq javob
olishga xarakat qilishi kerak. Ba`zi hollarda anketa to`ldiruvchi ongli ravishda ba`zi
savollarga javob berishdan bosh tortadi, bunday hollarda sotsiolog anketadagi shunday
savollar ro`parasiga respondent javob berishdan bosh tortdi, deb yozib qo`yishi kerak.
Ba`zan respondent ayrim savollar yuzasidan batafsil javob berish fikrini bildirib qoladi.
Bunday hollarda tadqiqotchi alohida qog`oz tarqatib, respondent mulohazalarini yozdirib
olishi lozim yoki o`zi uning tilidan hamma fikrlarni qayd etib olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |