1-мавзу: «Мещнат социологияси» фанининг ма=сади, вазифалари ва ижтимоий–и=тисодий фанлар билан узвий бо\ли=лиги



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/177
Sana27.03.2021
Hajmi1,58 Mb.
#62111
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
Bog'liq
mehnat va mehnat munosabatlari sotsiologiyasi

Mehnat jarayonini tasvirlaydigan bo’lsak, u uchta asosiy tarkibiy qismni o’z ichiga 
oladi:  
-xom-ashyo materiali (mehnat predmetlari);  
-mehnat vositalari;  
-jonli mehnat  sarflari.  
Ana shu uchta tarkibiy qismning o’zaro ta’sir ko’rsatish natijasi mehnat mahsuloti–
tabiatning yangi mahsuloti bo’lib, u inson ehtiyojlariga moslashgan bo’ladi. Bular: yig’ib-
terib olingan paxta hosili; parvarish qilingan chorva mollari; barpo etilgan uy yoki ko’prik, 
tikilgan kiyim yoki poyafzallardan tashkil topish mumkin.  
Hozirgi sharoitda mehnat jarayoni quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi:  
-mehnat  jarayonining  intellektual  potentsiali  ortadi,  bu  esa  aqliy  mehnat  rolining 
kuchayishida,  xodimning  o’z  faoliyati  natijalariga ongli  va  mas’uliyat bilan  munosabatda 
bo’lishining ortishida namoyon bo’ladi; 
-mehnat  harajatlari  moddiy  qismining  ulushi  ortadi.  Mehnat  vositalari  (mashinalar, 
asbob-uskunalar,  mexanizmlar  va  shu  kabilar)  bilan  bog’liq  buyumlashgan  mehnat 
ulushining  ko’payishi  fan-texnika  taraqqiyotining  erishgan  yutuqlari  bilan  bog’liq  bo’lib, 
inson 
cheklangan 
jismoniy 
imkoniyatlari 
sharoitida 
mehnat 
unumdorligi 
va 
samaradorligining ortishi hal etuvchi omil bo’lib xizmat qiladi; 
-mehnat  jarayoni  ijtimoiy  jihatning  ahamiyati  ortadi.  Hozirgi  vaqtda  mehnat 
unumdorligining  o’sish  omillari  faqat  xodim  malakasini  yoki  yoki  uning  mehnatini 
mexanizatsiyalash  darajasini  oshirish  bilangina  emas,  balki  inson  salomatligining  ahvoli, 
uning  kayfiyati,  oiladagi,  munosabatlar  bilan  ham  bog’liqdir.  Mehnat  munosabatlarining 
bu  ijtimoiy  tomoni  mehatning  moddiy  rag’batlantiruvchi  omillarini  to’ldiradi  va  inson 
hayotida muhim rol o’ynaydi.  
Mehatning asosiy kategoriyalariga mehnat mazmuni va xarakteri kiritiladi.  
Mehnat  mazmuni–bu  xodimning  mehnat  predmetlari  va  vositalari  bilan  o’zaro 
munosabatga  kirishuvidir.  Masalan,  tikuvchi  tikuv  mashinasidan  foydalangan  holda 
gazlama  bilan  ishlaydi,  oshpaz  taom  tayyorlashda  oziq-ovqat  xom-ashyosi  va 
mahsulotlaridan,  shuningdek,  o’zi  uchun  zarur  bo’lgan  pishirish  jihozlaridan,  gaz 
plitasidan foydalanadi. Mehnat mazmuni quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: 
1.Mehnatning murakkabligi.  
Olimning  mehnati  chilangar  mehnatidan  murakkabroqligi,  do’kon  rahbarining 
mehnati  kassir  mehnatidan  qiyinroqligi  tushunarlidir.  Biroq,  turli  mehnat  turlariga  haq 
to’lash  o’lchovlarini  asoslash  uchun  ularni  taqqoslash  kerak  bo’ladi.  Murakkab  va  oddiy 
mehnatni o’lchash uchun «mehnat reduktsiyasi» tushunchasi qo’llaniladi.  
Mehnat  reduktsiyasi-murakkab  mehnatni  oddiy  mehnatga  aylantirishdir,  bundan 
maqsad  turli  murakkablikdagi  mehnatga  haq  to’lash  o’lchovlarini  aniqlashdir.  Jamiyat 
rivojlanganligi  bilan  murakkab  mehnat  ulushi  ortib  boradi,  bunga  sabab  korxonaning 
texnika  bilan  qurollanish  darajasining  oshganligi,  xodimlarning  ma’lumoti  va 
rivojlanishiga qo’yiladigan talablarning ortganligidir.  
Murakkab mehnat oddiy mehnatdan farq qilib, bir qator xususiyatlarga ega bo’ladi:  
-xodimning 
harakatlarini 
rejalashtirish, 
tahlil 
qilish, 
nazorat 
qilish 
va 
muvofiqlashtirish kabi aqliy mehnat funktsiyalarini bajarish;  
-xodimning faol fikrlashni bir joyga to’plashi va aniq maqsad bilan intilishi;  
-qarorlar qabul qilish va harakatlardagi izchillik;  
-xodim organizmining tashqi ta’sirlarga aniq va to’g’ri aks-sado berishi;  
-tez, chaqqon va xilma-xil mehnat harakatlari;  
-mehnat natijalari uchun javobgarlik.  


 

2.Xodimning kasbga yaroqliligi.  
Uning mehnat natijalariga ta’siri insonning qobiliyatlari, unda genetik iqtidorlarning 
shakllanishi  va  rivojlanishi,  kasbni  to’g’ri  tanlash,  kadrlarning  rivojlanishi  va  ularni 
tanlash shartlari bilan bog’liqdir.  
3.Xodimning mustaqillik darajasi.  
U mulkchilik shakli bilan bog’liq tashqi cheklanishlarga ham, shuningdek, ishninng 
murakkablik  miqyosi  va  darajasi  taqozo  etuvchi  ichki  cheklanishlarga  ham  aloqadordir. 
Javobgarlik  darajasini  oshirganda,  qarorlar  qabul  qilishda  cheklashlarning  kamayishi 
harakatlarning  ko’proq  erki  bo’lishini,  ijodkorlikni  va  ko’proq  muammolarni  hal  etishga 
norasmiy  yondashish  imkoniyatini  bildiradi.  Har  qanday  erkinlik  kabi  mustaqillik 
darajasining  ortishi  ham  hamma  narsani  bemalol  qilish  mumkinligini  bildirmaydi. 
Xodimning  mustaqilligi  rivojlangan  shaxsning  o’z-o’zini  anglash  darajasi  mezoni,  ish 
natijalari uchun javobgarlik choralarini anglatadi.  
Mehnat  mazmunini  tahlil  qilish  vaqtida  mehnat  jarayoida  quyidagi  funktsiyalar 
amalga oshirishi hisobga olinadi:  
-zarur  mehnat  operatsiyalari  tizimining  maqsadi  va  uni  tayyorlash  bilan  bog’liq 
bo’lgan mantiqiy funktsiya;  
-ijro etuvchilik funktsiyasi-ishlab chiqaruvchi kuchlarning  holatiga bog’liq ravishda 
mehnat vositalarini turli usullar bilan harakatga keltirish va mehnat predmetlariga bevosita 
ta’sir ko’rsatish;  
-qayd etish va nazorat qilish funktsiyasi-texnologiya jarayonini, belgilangan dasturni 
bajarishning borishii kuzatish;  
-tartibga solish funktsiyasi-berilgan dasturni tuzatish, unga aniqlik kiritish.  

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish