201
Tajriba xususida ulug` mutafakkirlar ibratli fikrlar izhor etishib, uni ijtimoiy hayotni
ilmiy bilishning jiddiy omili, deb qarashgan. Imom Ismoil al-Buxoriy shunday o`git
beradilar: «Tajriba bo`lmasa kishida halimlik va aqllilik mutlaqo bo`lmaydi». Tajriba,
hayotiy ko`nikmalarning inson tarbiyasi, bevosita ilm etuvchi 565-hadisda: «Kishi
qoqilmay, toymay turib, aqlli, xulqli bo`la olmaydi va har bir yaxshi-yomonni boshidan
kechirmay turib, hokim, olim bo`la olmaydi» deb uqtiriladi. Buyuk xitoy faylasufi
Konfutsiy: «Ilmga etishishning uch yo`li mavjud bo`lib, bularning eng olijanobi tafakkur,
mushohada yo`li, eng oson va qulay bo`lgani taqlid yo`li va eng achchiq va mashaqqatli
bo`lgani tajriba yo`lidir, deb tajriba usuliga alohida e`tibor qaratishga udaydi.
Bundan o`n asr muqaddam ulug` yurtdoshimiz Abu Rayhon Beruniy ilmiy
eksperimetning misli ko`rilmagan usullarini ishlab chiqib, tabiiy fanlarda buyuk
kashfiyotlar qilishga musharraf bo`lgan edi. U dunyoda birinchi bo`lib, eksperiment
usulida sayyoramiz, hajmi, hamda vaznini o`ta aniqlik bilan belgilab berdi. Ayni chog`da,
tajribalar orqali okean ortida buyuk quruqlik (Amerika) yastanib yotganligini ham ilmiy
isbotladi. Yana bir buyuk millatdoshimiz Mirzo Ulug`bek , Nikolay Kapernikdan qariyb
bir asr muqaddam er kurrasi oliy ong sharofati bilan Quyosh sistemasiga kiruvchi osmon
jismlaridan biri ekanligini ilmiy kuzatish va eksperiment usulida kashf etib berdi.
Ijtimoiy eksperiment o`ziga xos ichki tizimga egadir. Eksperimentning tizim
yasovchi elementlari eksperimentator, eksperimental omillar, eksperimental vaziyat va
eksperimental ob`ektlardan iborat.
Eksperimentator, odatda, bir guruh yoki yakka kishidan
iborat bo`lishi, ular oldindan maxsus tayyorgarlik ko`rgan bo`lishi lozim.
Eksperimental
omillar deganda sotsiolog tomonidan maxsus uyushtiriluvchi, boshqariluvchi, harakat
sodir bo`layotgan jarayonga kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi ta`sir ko`rsatuvchi
holatlarni tushunamiz.
Eksperimental vaziyat esa muayyan tadqiqot o`tkazish uchun
maxsus hozirlanuvchi holatlardir,
eksperimental ob`yekt, o`z navbatida, tadqiqot
o`tkaziluvchi kishilar faoliyatlaridir.
Muayyan maqsadga erishish uchun o`tkazilayotgan har qanday tajriba ishlari
quyidagi to`rt muhim bosqich doirasida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.
Dastlabki bosqichda eksperimental ishning nazariy asoslari puxta va atroflicha mushohada
etilib, muayyan ilmiy-nazariy fikrlar ilgari suriladi.
Keyingi bosqichda tajriba o`tkazish
dasturi atroflicha aks ettiriladi.
Uchinchi bosqichda bevosita tadqiqot o`tkazish uchun
zarur bo`lgan shart-sharoitlar muxayyo etilib,
so`nggi bosqichda to`plangan ma`lumotlar
tahlil qilinadi, umumlashtiriladi, tegishli yo`riqlar va tavsiyanomalar ishlab chiqiladi.
Eksperimental ish olib borayotganda turli xil xato va kamchiliklarga yo`l
qo`ymaslik uchun bir qator ilmiy asoslangan talablarga rioya qilish muhimdir.
Birinchi
navbatda, eksperiment o`tkazish oldidan va jarayon kechayotgan chog`da muayyan
fanning eng ilg`or nazariyalariga mustahkam tayangan holda, ish ko`rish kerak.
Ikkinchidan, tajriba o`tkazish jarayonini asta-seki, muntazam va izchil ravishda
murakkablashtira borish maqsadga muvofiqdir.
Uchinchidan, eksperiment o`tkazilayotgan
ijtimoiy hodisaga keng jamoatchilik fikrii jalb etish, tajribali shaxslar maslahatiga qat`iy
amal qilib borish muhim ahamiyatga egadir. To`rtinchidan, eksperimental ishning
maqsadga to`g`ri yo`naltirilganligini ta`milash uchun tajribaga mutasaddi bo`lgan tadqiqot
guruhi bilan mustahkam aloqada faoliyat yuritish juda zaruriy shartlardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: